Jamiyat

23 iyun 2021, 12:52

JIDU va Yuridik universiteti rektorlari oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Komiljon Karimov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Xakimov vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

23 iyun 2021, 12:35

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 205 ta elektromobil import qilingan

2021 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 4,6 mln AQSh dollari sarflangan. Elektromobillarning 95% Toshkent shahriga olib kelingan.

23 iyun 2021, 12:21

Qashqadaryoda rahbar o‘z tashkilotiga qizni ishga olish uchun «birga bir kechani o‘tkazishni» taklif qilgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i muxbir qizni matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun o‘zi bilan «bir kechaga qolishni» taklif etgan. Muxbir qiz rahbar oldinroq ham shunga o‘xshash takliflar bildirganligini ta’kidlamoqda. Boshqarmadagi xodimlardan biri qizga tinch yurishini, rahbarning ukasi «katta joyda ishlashini» aytgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv bo‘layotganligini ma’lum qildi.

23 iyun 2021, 11:06

Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobilidan foydalanadi

Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasiga 86 ta yangi Cobalt avtomobili topshirildi.

23 iyun 2021, 10:30

Sanatoriy, pansionat va oromgohlarga faqat koronavirusga test topshirganlar qo‘yiladi

Endilikda fuqarolar sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga faqat PZR test topshirgan holdagina qabul qilinadi, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

23 iyun 2021, 00:26

«Bugungi sukunat orqali sohadagi barcha muammolarga e’tibor qaratishni istadik» — Kun.uz

Kun.uz 22 iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nar mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.

22 iyun 2021, 21:37

SSV dorixonalarni noqonuniy narkopreparatlar savdosi uchun qat’iy choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan dorixonalar litsenziyasi bekor qilinadi, deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bayonot poytaxtda shu kabi dori vositalarini sotish bo‘yicha qariyb 40 ta holat aniqlanganidan keyin e’lon qilindi.

22 iyun 2021, 20:41

Sabzi narxining yaqin kunlarda arzonlashishi kutilmoqda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi noqulay ob-havo tufayli yetilishi kechikkan «ertapishar» sabzi hosilini yig‘ib olish boshlanganini ma’lum qildi. «Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlash va uning narxi bosqichma-bosqich arzonlashishiga olib keladi», — deya qayd etdi vazirlik.

22 iyun 2021, 20:30

22 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jarimaga tortilgan Kun.uz va Azon.uz nashrlari rahbariyati, 50 yoshdan oshgan fuqarolar hamda OTM professor-o‘qituvchilarini emlash boshlanishi, koronavirus sababli O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarani yopilishi, Navoiyda to‘rt nafar tilla qazuvchi vafoti — “Gazeta.uz"ning 22 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

22 iyun 2021, 19:14

Uchtepada boshqa shaxsga tegishli armaturani $35,7 mingga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida o‘zning 50 tonna armaturasini boshqa bir fuqaroga sotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

22 iyun 2021, 19:00

«Agrobank» vakillari Visa-Humo kobeydjing kartasining afzalliklari haqida so‘zlab berishdi

«Agrobank» ATB kobeyjing kartasini ochgan mijozlar O‘zbekiston va dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

22 iyun 2021, 18:20

Niqobsiz shaxslar jamoat transportlari saloniga chiqarilmaydi

Respublika maxsus komissiyasi yo‘nalishli avtobus va metroga niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik bo‘yicha qarorni qabul qildi. Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa karantin choralariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi.

22 iyun 2021, 17:35

«Maqsad bizning ovozimizni o‘chirish bo‘ldi» — Azon.uz rahbariyati saytdagi maqolalar uchun jarimaga tortildi

Azon.uz nashri rahbariyati saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi maqolalar uchun jarimaga tortildi. Shuningdek, sud saytdagi ba’zi xorijiy xabarlarni «O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatini buzishi mumkin» deb topgan. Azon.uz bosh muharriri «Gazeta.uz»ga ushbu sud jarayonini «jurnalistik faoliyatga tajovuz» deya ta’rifladi. Uning aytishicha, Diniy qo‘mita tahririyatga diniy materiallarni mustaqil chiqarish uchun og‘zaki ruxsat bergan bo‘lgan. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.

22 iyun 2021, 16:03

Navoiyda to‘rt nafar tilla qazuvchi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib olish bilan shug‘ullangan to‘rt kishi «elektrodvijok»dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanib, vafot etgan. Yana uch nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

22 iyun 2021, 15:34

Surxondaryoda tez yordam mashinasini o‘tkazmagan YPX xodimlari lavozimidan ozod etildi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan «Yoshlar festivali» sababli YPX xodimlari yo‘lning harakatlanish vaqtincha cheklangan qismida chaqiruv bo‘yicha manzilga ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 21 iyun kuni ushbu xodimlar lavozimidan ozod etilgan.

22 iyun 2021, 15:03

Qashqadaryoda 2 nafar piyoda Nexia urib yuborishi natijasida halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Nexia 2 nafar piyodani urib yubordi. Piyodalar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi.

22 iyun 2021, 12:45

Kun.uz rahbari saytdagi diniy mavzuda e’lon qilingan maqolalar uchun jarimaga tortildi

Saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi materiallar uchun Kun.uz asoschilaridan biri va rahbari 12,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.

22 iyun 2021, 10:57

Koronavirus sababli O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarani yopdi

Afg‘onistonda epibemiologik vaziyatning keskinlashayotganligi sababli o‘zbek-afg‘on chegarasida fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.

22 iyun 2021, 08:03

Qanday uylar boshqaruvchi kompaniyalarga biriktiriladi?

O‘zbekistonning 15 ta hududidagi 1227 ta ko‘p qavatli uy, shu jumladan, Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita mavzeda joylashgan uylar boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi. Ular ochiq tanlov orqali tanlanadi. Hujjatning ayrim bandlari Uy-joy kodeksiga va «Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga zid bo‘lishi mumkin.

21 iyun 2021, 21:55

Andijonda Spark haydovchisi YPX xodimini kapot ustida sudrab ketdi

Andijonda Spark avtomashinasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmadi va uni kapot ustida 50−60 metrcha sudrab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting