Jamiyat

31 yanvar 2022, 22:00

31 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pekin qishgi Olimpiadasi ochilishida qatnashadigan Shavkat Mirziyoyev, UZIMEI`ni «byurokratik va noqulay», deb atagan Jahon banki eksperti, 100 maqsadni jamlagan Taraqqiyot strategiyasi, 2021 yilda import qilingan $588 mlnlik «inomarka» lar, shovqinga qarshi kurashni tartibga solishni taklif qilgan Adliya vazirligi, yangi tayinlangan hokimlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 31 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

31 yanvar 2022, 19:35

Toshkentdagi DXMlar ID-kartalarni rasmiylashtirishni boshladi

Endi ID-kartani ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari Toshkent shahrining tumanlari hamda Nurafshon shahridagi davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin.

31 yanvar 2022, 19:04

Muzey yashaydi. Poytaxtdagi parovozlar muzeyi rekonstruksiyasi qanday kechmoqda?

2021 yil iyun oyidan buyon Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Muzey rekonstruksiya paytida atayin tashrif buyuruvchilar uchun yopilmadi. «Gazeta.uz» muxbiri Natalya Silkina muassasa direktori bilan muzey fondini to‘ldirish, uning rekonstruksiyasi va kelajagi haqida suhbatlashdi.

31 yanvar 2022, 18:16 1

«UZIMEI byurokratik va noqulay tizim» — Jahon banki iqtisodchisi

Jahon banki iqtisodchisi Vinayak Nagaraj O‘zbekistonda UZIMEI mobil qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini «byurokratik, noqulay va fuqarolar uchun foydasiz», deb atab, u «O‘zbekistonni orqaga tortayotganini» ta’kidladi. Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev esa davlat organlari o‘z vazifasini bajara olmagani uchun ushbu tizimni «ikki karra telefon solig‘i» deb hisoblaydi. Bloger Shahnoza Soatova esa tizimning «beti qattiq» ekanligini aytdi. UZIMEI operatori tanqidlarga javob berishga harakat qilib ko‘rdi.

31 yanvar 2022, 18:13

Denov va Qiziriq tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryo viloyatining Denov va Qiziriq tumanlari hamda Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

31 yanvar 2022, 16:22

Zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solish taklif etilmoqda

Adliya vazirligining qayd etishicha, qonunchilikda yoqimsiz hidlar va ularni tartibga soluvchi normalar o‘z aksini topmagan, shu sababli atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar bilan bir qatorda, hid ta’sirining ruxsat etilgan maksimal darajasini huquqiy tartibga solish zaruriyati mavjud. Vazirlik ushbu masala yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, ularni ma’sul idoralarga kiritdi.

31 yanvar 2022, 15:30

Azamat Fayziyev Nurota tumaniga hokim bo‘ldi

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba bosh mutaxassisi Azamat Fayziyev Nurota tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi 27 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan edi.

31 yanvar 2022, 14:02

Adliya vazirligi shovqinga qarshi kurashni tartibga solishni taklif qildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda shovqinning salbiy ta’siriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Adliya vazirligi shovqinga qarshi takliflar ishlab chiqdi. Qolaversa, vazirlik avtomobil yo‘llarida ovoz balandligini o‘lchash asboblarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganishni ham taklif qilmoqda.

31 yanvar 2022, 13:32

Tadbirkorlar 5,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi yanvar oyining 25 kunida tadbirkorlar 4,9 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganini aniqladi. Bu 280 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng degani. Yetkazilgan zarar miqdori esa 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

31 yanvar 2022, 13:13

Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi

Prezident qarori bilan arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Bu holatla arizalar ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan sudga o‘tkaziladi. Qolaversa, ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdorlari jarimaga tortiladi.

31 yanvar 2022, 12:20

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet mazkur haftada respublika bo‘yicha asosan quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Dushanbadan payshanbaga qadar kunduzi iliq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Juma kuni esa harorat +11…+17 darajagacha ko‘tariladi.

31 yanvar 2022, 10:47

Yakshanba kuni qariyb 1100 kishida koronavirus aniqlandi

30 yanvar kuni 1089 kishida koronavirus qayd etildi, 203 kishida pnevmoniya aniqlandi. Kasallanish soni so‘nggi haftada kamayib bormoqda.

31 yanvar 2022, 10:47

O‘zbekistonda yagona energohalqa yaratiladi

Keng miqyosda yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilishlarning sabablaridan biri O‘zbekiston energetika tizimi 220−500 kVt kuchlanishli magistral liniyalarga to‘liq ulanmagani bo‘ldi, deya ta’kidlandi prezident qatnashgan yig‘ilishda. Shavkat Mirziyoyev energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va elektr ta’minotini avtomatlashtirish loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.

31 yanvar 2022, 10:14

Nogironligi bo‘lgan shaxslar shahar hayotining afzalliklaridan bahramand bo‘lolmaydi — hisobot

Jahon bankining yangi hisobotida O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan ko‘plab mumammolar — noqulay infratuzilma va savollarni tug‘diradigan statistika tizimi haqida so‘z yuritiladi.

30 yanvar 2022, 20:25

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Baliq yetishtiruvchilarning foyda, yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi, S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama to‘lanishi, hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga ham mas’ul bo‘lishi, 26 ta davlat tashkilotida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinishi va boshqalar — 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

30 yanvar 2022, 12:57

Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi — foto

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, marosimda Oliy Majlis palatalari, prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

30 yanvar 2022, 11:29

Islom Karimovning noyob fotosuratlari

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.

30 yanvar 2022, 10:23

Foto: Nukusda qor

28 yanvar, juma kuni respublikaning g‘arbiy viloyatlarida kuchli qor yog‘di. Nukus yo‘llarida muz qoplamasi hosil bo‘lgan, ammo obodonlashtirish xizmati xodimlari ob-havo o‘zgarishlariga tezda javob berishdi. Fotosuratchi Azamat Matkarimov qor bo‘roni vaqtida Qoraqalpog‘iston poytaxtini suratga oldi.

29 yanvar 2022, 19:53

Prezident Sergelidagi 300-maktab direktori Nigora Saidxodjayevani mukofotladi

Prezident Toshkentning Sergeli tumanidagi 300-maktab direktori Nigora Saidxodjayevani «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirladi.

29 yanvar 2022, 14:40

Maktablar ochiq qolishi kerak — UNICEF

UNICEF maktablar yopilishining uzoq muddatli oqibatlari qaytarilmas bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, barcha mamlakatlarni COVID-19 tarqalishiga qaramasdan, maktablarni yopmaslikka chaqirdi. “Maktablar ta’lim berishdan tashqari, zaif bolalar farovonligini ham himoya qiladi va boshqa ko‘plab muhim xizmatlardan foydalanishlarini ta’minlaydi”, deyiladi jamg‘arma bayonotida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting