Jamiyat

1 iyul 2021, 18:45

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin

Bosh prokuratura tomonidan “YER NAZORATI” telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘ladi.

1 iyul 2021, 17:02

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi

AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.

1 iyul 2021, 16:39

“Qamchiq"da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.

1 iyul 2021, 16:20

6−8 iyul kunlari issiq ko‘tarilishi kutilmoqda

6−8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

1 iyul 2021, 15:08

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyulda ochiladi

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi orqali avtotransport vositalari harakati 10 iyuldan sinov rejimida boshlanadi. Litsenziyali taksilar, sayyohlar avtobusi va chet ellik delegatsiyalar transportlarining kirishiga ruxsat beriladi.

1 iyul 2021, 13:05

Toshkentda $10 ming evaziga Pediatriya institutiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Toshkentning Mirobod tumanida o‘zini Oliy ta’lim vazirligi xodimi deb tanishtirib, abituriyentni 10 ming dollar evaziga Toshkent pediatriya institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.

1 iyul 2021, 12:11 1

Yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi

Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

1 iyul 2021, 11:54

Qashqadaryoda velosiped mingan bobo va nabira Nexia-3 urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoning Kitob tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi velosiped haydayotgan bobo va uning nabirasini urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchilarning ikkisi ham olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etdi.

1 iyul 2021, 10:57

Prezident yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator choralarni e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan biror kasb yoki hunarni egallash majburiy etib belgilanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kengash va idora rahbarlarigiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlanishi belgilanmoqda. Xalqaro nufuzli reytinglarda minggtalikka kirgan oliygohni tugatgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2021 yilning yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.

1 iyul 2021, 10:48

Avariyalar natijasida 5 oyda 770 kishi halok bo‘ldi

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 2960 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 2365 kishi jarohatlangan, 770 kishi esa vafot etgan.

30 iyun 2021, 23:36

Shaxsiy tajriba. Vaksinatsiya punktlarida koronavirusga qarshi qanday emlashmoqda?

Toshkentdagi bozorlar, supermarketlar, mahallalar va boshqa gavjum obyektlar hududida 46 ta koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina oldi. Koronavirusga qarshi qanday qilib emlanish kerakligi, buning uchun nimalar zarurligi va ekspertlar fikriga tayangan holda o‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi haqida.

30 iyun 2021, 20:58

Zaamin Ultra: O‘zbekistondagi ilk ultramarafondan — fotoreportaj

26−27 iyun kunlari Zomin milliy bog‘ida Zaamin Ultra sport, musiqa va san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Xorijda ishlab chiqilgan noyob medallar, birinchilikni qo‘lga kiritganlar, sevgilisining qo‘lini so‘ragan sportchi, chodirlarda o‘tgan maroqli lahzalar, marafonchilar uchun olib kelingan 80 tonnalik yuk va boshqalar — Zaamin Ultra marafonidan fotoreportaj.

30 iyun 2021, 20:30

30 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Deputatlar yangi qonun loyihasi haqida fikri, Navoiyda qoidabuzarliklarni suratga olgan fuqarolar taksichilar tomonidan kaltaklanishi, Jizzax shahrida Hindiston universiteti tashkil etilishi, Volgogradda 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilishi — “Gazeta.uz"ning 30 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

30 iyun 2021, 18:06

«Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarima odamlar uchun juda qimmat bo‘lishi kerak». Samarqand bosh rejasi haqida intervyu

Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarimalar qanday vazifani bajaradi, nima uchun jarimaning miqdori odamlar uchun juda qimmat bo‘lishi kerak va shaharlarda pullik avtoturargohlar nima uchun kerakligi haqida Samarqand bosh rejasini ishlab chiqayotgan rossiyalik mutaxassislarning «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida.

30 iyun 2021, 16:02

Pop tumanida piyoda Nexia avtomashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatining Pop tumanida Nexia rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

30 iyun 2021, 14:28

O‘zbekistonda yangi mehribonlik uylarini ochmaslik taklif etilmoqda

Toshkentda noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari yangi internat muassasalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va mavjud muassasalarni ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirishni taklif qilishdi.

30 iyun 2021, 13:17

Volgogradda 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «Gazel» ag‘darildi

Rossiyaning Volgograd viloyatida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «Gazel» zovurga ag‘darilib ketdi. 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

30 iyun 2021, 12:57

Jizzax shahrida Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Jizzaxda Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Hindistonda tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi.

30 iyun 2021, 12:50

Buxoroda 14 yoshli qizni zo‘rlab, ishqiy munosabatga majburlagan cho‘pon 3 yilga qamaldi

Buxoro viloyatida voyaga yetmagan 14 yoshli qizni zo‘rlab, keyinchalik uni qo‘rqitib, ishqiy munosabat qilishga majburlab kelgan 32 yoshli erkakka uch yil qamoq jazosi tayinlandi.

30 iyun 2021, 10:13

Navoiyda qoidabuzarliklarni suratga olgan fuqarolar taksichilar tomonidan kaltaklandi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bir necha taksi haydovchilari qoidabuzarliklarni suratga olgan 2 nafar fuqaroni kaltaklashdi. Taksichilar ularning suratga olgan telefonini tortib olishgan va Spark avtomashinasiga moddiy zarar yetkazgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting