9 avgust, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

21 iyul 2020, 20:03

Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishi nomiga kredit olib, o‘zlashtirib yubordi

Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishini xabardor qilmasdan, ular nomiga 200 mln so‘m kredit ajratib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.

21 iyul 2020, 18:26

Beruniyda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus-Toshkent yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida aholi ekinlarini sug‘orish uchun suv kelmagani sababli Nukus-Toshkent magistral yo‘lini yopib qo‘ydi. Tuman hokimi va boshqa mutasaddilar voqea joyiga kelib, masala qisqa vaqtda ijobiy hal etildi.

21 iyul 2020, 17:48

Fanlar akademiyasining ikki nafar olimi hayotdan ko‘z yumdi

Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Ashur Qodirov va taniqli olim, akademik Sattor Tursunmuhammedov olam o‘tdi.

21 iyul 2020, 16:50

Parkentda karantin qoidalarini buzganlarga 397,6 mln so‘mlik jarimalar yozilmagani aniqlandi

Parkent tumanida karantin qoidalarini buzgan 86 kishiga istisno tariqasida 397,6 mln so‘mlik jarimalar tayinlanmagani aniqlandi.

21 iyul 2020, 16:25

O‘zbekiston va Xitoy COVID-19 vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazishi mumkin

Xitoyning Sinopharm Group kompaniyasi koronavirus vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi. Yangi vaksina BAAda ham sinovdan o‘tkaziladi.

21 iyul 2020, 15:00

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi uchta OTM bilan memorandum imzoladi

Toshkent Davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) va Toshkent kimyo texnologiya instituti (TKTI) talabalarda kasbiy mahoratni oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi (O‘zMMU) bilan hamkorlik qiladi.

21 iyul 2020, 12:40

A. Navoiy nomli DAKT bosh rassomi hayotdan ko‘z yumdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydulla Botirov 57 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. U 10 yildan ortiq Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan.

21 iyul 2020, 11:44

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Qirg‘izistonda joylashgan bo‘lib, zilzila Farg‘onada 4 ball bilan sezildi.

21 iyul 2020, 09:34

31 iyul Qurbon hayitining birinchi kuni deb e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 31 iyul kuni Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lishini e’lon qildi.

20 iyul 2020, 18:00

Mashinasiz hovlilar. Bunga qanday erishish mumkin

Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?

20 iyul 2020, 17:57

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Kuchaytirilgan tartib davrida tez tibbiy yordam xodimlari maoshlariga oylik qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi. Unga ko‘ra, vrach xodimlar — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlari — 1,5 mln so‘m va haydovchilar — 1 mln so‘m oladigan bo‘ldi.

20 iyul 2020, 15:36

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi

Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni uch baravar ko‘payib, kuniga 6 mingtaga yetdi. Tez yordam mashinalari soni esa 178 dan 300 gacha oshirildi.

20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

20 iyul 2020, 14:40

Ish kunlari davomida issiq va quruq ob-havo kutiladi

Ish kunlari davomida O‘zbekistonda ob-havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat kunduzi 35−40 daraja, kechasi 20−25 daraja bo‘ladi. Respublikaning janubiy va cho‘l zonalarida havo harorati 42 darajaga yetadi.

19 iyul 2020, 14:53

Immunolog immunitetning koronavirusga qarshi kurashishi to‘g‘risida

Organizm koronavirusdan qanday himoyalanadi, ushbu jarayonga aralashish kerakmi, immunitetni kuchaytiradigan vositalar foydalimi va karantin cheklovlari muhimmi? Anhor.uz nashrining immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva bilan intervyusini taqdim etamiz.

19 iyul 2020, 12:56

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 99 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

18 iyul 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: karamdan tayyorlangan salatlar

Zira.uz karamdan tayyorlanadigan yetti xil foydali va mazali salat turini sizga taqdim etadi. Ularga ko‘katlar, makkajo‘xori, suxarik va turli xil ziravorlar qo‘shishingiz mumkin.

18 iyul 2020, 00:11

Rejissyor Sarvar Karimov otasining koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi

«Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang». Kinorejissyor Sarvar Karimov koronavirusga chalingan otasining vafot etganini ma’lum qildi. Uni bir hafta davomida «tez yordam»ga joylashtira olishmagan. Hozirda butun oilasi uyda COVID-19 dan davolanmoqda.

17 iyul 2020, 20:03 1

20 iyul-2 avgust oralig‘ida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi

Keyingi ikki hafta davomida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH, Isroil va Germaniyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 18 ta charter reysi tashkil etiladi.

17 iyul 2020, 19:01

Nurafshonda yo‘l chetidagi ko‘p yillik chinorlar kesib tashlandi

Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.