Jamiyat

14 sentabr 2021, 14:48

Yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Platforma orqali saylov uchastkasini aniqlash va saylovda ko‘ngilli yoki trener sifatida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

14 sentabr 2021, 14:12

Prezident seysmik xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Unda fuqarolarga ushbu sohadagi qonunchilik talablariga amal qilish va zilzilaga qarshi choralar ko‘rish majburiyatlari yuklangan.

14 sentabr 2021, 13:30

«Bizniki kabi jamiyatlarda juda g‘alati qarash bor: ayol kishi yo oilada, yo karerada muvafaqqiyatli bo‘la oladi». Viloyatlardan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (1-qism)

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbat uyushtirdi. Ular qanday maqsad bilan poytaxtga kelganligi, jamiyatda ayollar va qizlarga bo‘lgan munosabat, atrofdagi stereotiplar hamda tengdoshlari va yosh qizlarga qanday maslahatlar berishlari haqida so‘zlab berishdi.

14 sentabr 2021, 13:22

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov vafot etdi

Dushanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Milliy qo‘shiqchilik» kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda O‘lmas Rasulov 70 yoshida vafot etdi.

14 sentabr 2021, 13:15

«Milliy tiklanish» partiyasi TikTok`ni butunlay bloklashni taklif qildi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.

14 sentabr 2021, 12:53

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi. Uni o‘ldirganlikda boshqa sportchi gumonlanmoqda.

14 sentabr 2021, 12:36

O‘zbekistonda Madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent, Xiva va Nukusda madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda. Forum dasturidan Kamoliddin Bexzod miniatyuralari ko‘rgazmasi, Jamol Usmonov suratlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston qo‘lyozmalari, shuningdek, arxeolog Leon Barshchevskiy fotoko‘rgazmasi o‘rin olgan.

14 sentabr 2021, 11:57

Maktab o‘quvchilarining limondan tok olish tajribasini telekanal «kashfiyot» deb atadi

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Fakt 24» ko‘rsatuvida Namangandagi maktabda limondan elektr toki olish tajribasi ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda mazkur tajriba «kashfiyot» deya, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasi deb ataldi.

14 sentabr 2021, 10:55

Sirdaryodagi dalada yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor 5 kishi qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

14 sentabr 2021, 10:49

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

14 sentabr 2021, 10:29

Marhum olim Andrey Kubatin Xalqaro turkiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi

Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.

14 sentabr 2021, 10:02

Yanvar-avgust oylarida qariyb 175 ming nikoh holatlari qayd etilgan

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.

14 sentabr 2021, 09:47

Yil boshidan beri xorijda vafot etgan 323 nafar o‘zbekistonliklar jasadi olib kelindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekistonga 8 oy ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi qaytarildi. Agentlik shuningdek 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarning qaytarilishida ko‘maklashdi.

13 sentabr 2021, 22:01

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi — “Gazeta.uz"ning 13 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

13 sentabr 2021, 21:31

O‘zbekistonda 500 kishi jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj

Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.

13 sentabr 2021, 19:50

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda

Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

13 sentabr 2021, 14:31

O‘zbekiston AQShdan Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qildi

Dushanba kuni 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida Toshkentga olib kelindi. YUNISEF umumiy hajmi 3064 litr bo‘lgan 8 ta muzlatgich sotib oldi, bu vaksinaning butun hajmini -70 daraja haroratda saqlash uchun yetarli.

13 sentabr 2021, 13:01

Shaxsiy tajriba. “Zangiota-2” koronavirus bemorlari shifoxonasida davolanganim haqida

Koronavirus pandemiyasi chekinishni boshladi, ammo “Zangiota-2” yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar hayoti uchun kurash to‘xtagani yo‘q. Tibbiyot muassasasi ichki tuzilmasi qanday tashkil etilganligi, bu yerda davolanish qanday kechishi, klinika nima uchun milliy tibbiyotning qayta uyg‘onishi deb atalishi va shifokorlar bu yerda to‘plangan tajribalar bilan nima qilishlari haqida “Gazeta.uz” fotoreportajida.

13 sentabr 2021, 12:35

«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan boshlab Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi. 2022 yil 1 apreldan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, farmonga asosan hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi.

13 sentabr 2021, 11:50

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi «Mirnaya missiya» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting