Jamiyat

8 sentabr 2021, 18:57

“Qatar Airways” O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qatar aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Mvzkur havo qatnovini “Qatar Airways” aviakompaniyasining besh turdagi samolyotlari amalga oshiradi.

8 sentabr 2021, 18:12

Yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kuzatish va to‘lash bo‘yicha qo‘llanma

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni tekshirish, ularni 30% chegirma bilan to‘lash va kerak bo‘lganda shikoyat bildirish to‘g‘risida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.

8 sentabr 2021, 13:36

Paxta terimi uchun minimal tariflar e’lon qilindi

Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Terim otryadlari rahbarlariga mavsum yakuniga qadar 2 mln so‘mdan mehnat haqi beriladi.

7 sentabr 2021, 23:35

O‘zbekiston elektron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston tizimda profilatika ishlari olib borilayotgani sababli eletkron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi.

7 sentabr 2021, 22:12

7 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblashi, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilinishi, O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshishi — “Gazeta.uz"ning 7 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

7 sentabr 2021, 21:07

O‘zbekistonda mamlakatdagi zaxiralardan 69 foiz ko‘proq suv iste’mol qilinmoqda

O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish darajasi tahlikali darajaga chiqdi — mamlakat o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanmoqda, deya xabar qildi FAO.

7 sentabr 2021, 18:16

Toshkentda Leningrad blokadasiga bag‘ishlangan yodgorlik yaratilishi mumkin

Toshkent va Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Leningrad blokadasi bilan bog‘liq monumentlar yaratilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Sankt -Peterburg ma’muriyati.

7 sentabr 2021, 17:56

Toshkent metrosining yangi poyezdlaridan fotoreportaj

Seshanba kuni poytaxt metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida yangi metro poyezdlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri mazkur poyezdning vagonlarida bo‘lib, ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishdi.

7 sentabr 2021, 16:57

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.

7 sentabr 2021, 16:50

«O‘zbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» — Adliya vazirligi

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyg‘otish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan. «Insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baho berilishi lozim», — deya ta’kidladi vazirlik.

7 sentabr 2021, 15:56

O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshdi

sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, ularning 17,5 mln nafarini erkaklar, 17,4 mln nafarini ayollar tashkil etmoqda.

7 sentabr 2021, 15:23

Toshkent viloyati hokimligi hokim o‘rinbosarlari uchun Malibu va Tracker sotib oldi

Toshkent viloyati hokimligi «o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish va hududlarda tegishli ishlarni tashkil etish uchun» hokim o‘rinbosarlariga Chevrolet Malibu va Tracker avtomashinalarini sotib oldi.

7 sentabr 2021, 14:37

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarida 2757 kishi preparat bilan emlangan, ulardan 20 kishi (0,73%) koronavirus bilan zararlangan. Platsebo olganlar orasida 2763 kishidan 73 nafari (2,64%) koronavirus yuqtirgan.

7 sentabr 2021, 09:51

Toshkentdagi tirbandliklarga shaxsiy transport va taksilarning ko‘pligi sabab qilib ko‘rsatildi

O‘quv yilining birinchi kunida Toshkent ko‘chalarida uzundan-uzoq tirbandliklar kuzatildi. Poytaxt Transport boshqarmasi bunga yengil avtomobil va taksilar sonining oshgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bu holat avtobus va yo‘nalishli taksilar harakatiga ham ta’sir qildi.

7 sentabr 2021, 08:51

Tashabbusli budjet bo‘yicha qator loyihalar jamoatchilikda shubhalarni keltirib chiqardi

Qariyb 900 ta loyiha tashabbusli budjet bo‘yicha ovoz berishda g‘olib deb topildi, biroq ularning ayrimlari jamoatchilikda savollar va manipulyatsiyaga yo‘l qo‘yilgan, degan shubhalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Chilonzor tuman hokimligida oshxona qurish, sektor shtabini ta’mirlash va obodonlashtirish xizmati xodimlari uchun asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha loyihalar kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.

6 sentabr 2021, 22:21

«Lazgi — muhabbat va qalb raqsi» baleti — suratlarda

Nemis xoreografi Raymondo Rebek O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi davlat Akademik katta teatrida «Lazgi — muhabbat va qalb raqsi» baletini namoyish etdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu baletni jahon sahnalarida ham namoyish etish rejalashtirilmoqda. Lazgi baleti «Gazeta.uz» fotoreportajida.

6 sentabr 2021, 21:34

Prezident farmatsevtika tarmog‘idagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Taqdimotda 1,25 mlrd dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, taqdimotda mahalliy dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

6 sentabr 2021, 20:47

6 sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent shahar istirohat bog‘lariga tunu kun ishlashiga ruxsat berilishi, Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafigi, avtosanoat monopoliyasi haqidagi graffiti to‘liqligicha bo‘yab tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 6 sentyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

6 sentabr 2021, 18:53

O‘zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning ma’lum qilishicha, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida 21,2 milliondan ortiq saylovchi mavjud. Ularning qariyb 33 foizini (6,9 million) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

6 sentabr 2021, 18:45

Chilonzor metro yo‘nalishida yangi poyezdlar ishga tushirildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida yangi poyezdlarning uchta harakat tarkibi o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda harakatlanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting