Jamiyat

26 may 2018, 15:30

Sayyohlar Orolbo‘yi havosini o‘zlari bilan olib ketishi mumkin

Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida esdalik sovg‘asi sifatida Orolbo‘yi havosi qadoqlangan konserva bankalarini ishlab chiqarib boshlandi.

25 may 2018, 23:36

Notariuslar endi ma’lumotnoma so‘ramaydi

1 yanvardan notariuslar zarur ma’lumotlarni davlat organlaridan o‘zlari talab qilib oladi, fuqarolar shaxsi esa barmoq izlari orqali aniqlanadi.

25 may 2018, 18:55

Ramazon oyida iftorlikka tayyorlasa bo’ladigan yeguliklar

Zira.uz dan iftorlik uchun tayyorlasa bo’ladigan taomlar jamlanmasi.

25 may 2018, 15:19

YHQ buzilishi haqidagi videoregistrator yozuvlarini yuborganlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda videoregistratorlar yozuvlarini yig‘ishni markazlashtirish rejalashtirilmoqda. Qoidabuzarliklar tasvirlangan yozuvlarni yuborgan fuqarolar YHQ buzilishi sud orqali tasdiqlansa) rag‘batlantiriladi.

25 may 2018, 14:34

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga olib kirilayotgan 70 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qaytarildi

2018 yil boshidan buyon O‘zbekistonga olib kirilayotgan 70 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan xavfli zararli organizmlar aniqlangani sababli qaytarildi.

25 may 2018, 10:55

Toshkentda piyodalar svetoforlari taymerlar bilan ta’minlanadi

Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev tashabbusi bilan poytaxtda piyodalar svetoforlari teskari sanoqli svetoforlarga almashtirish boshlandi.

25 may 2018, 10:15

Toshkentda ilk bor Yosh yetakchilar xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yosh yetakchilarning birinchi xalqaro konferensiyasida 14 davlatdan 40 ga yaqin vakil qatnashadi.

24 may 2018, 23:04

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar va piyodalar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda «yo‘l bezoriligi» uchun jarima belgilanib, mast holda mashina haydaganlar ma’muriy qamoqqa olinadi. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalar shaxsini aniqlash va javobgarlikka tortish mexanizmlari ishga tushiriladi.

24 may 2018, 18:13

Piyodani o‘tkazib yubormagan barcha 15 haydovchi jazoga tortildi

Keksa yoshli erkak kishini ketma-ket o‘tkazib yubormagan barcha 15 haydovchi javobgarlikka tortildi.

24 may 2018, 17:40

Yagona maktab formasi savdosi iyuldan boshlanadi

Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi joriy etiladi. U Toshkent va Sirdaryodagi ikki maktabda sinovdan o‘tkazildi.

24 may 2018, 11:19

Bekobod tumanida o‘smirlar o‘rtasidagi mojaro o‘lim bilan yakunlandi

Bekobod tumanida kollej o‘quvchisi sobiq sinfdoshiga pichoq bilan besh marta tan jarohati yetkazib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.

24 may 2018, 10:05

Sirtqi ta’limda tahsil oluvchilar uchun masofadan o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab OTMlarning maxsus sirtqi bo‘limlari talabalari uchun masofadan o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

24 may 2018, 09:47

Video, foto: Birinchi «Toshkent-Xo‘jand» avtobus reysi

15 may kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent va Xo‘jand o‘rtasidagi birinchi avtobus reysi haqida video va fotoreportaj.

23 may 2018, 23:42

O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Samarqanddagi 62-sonli maxsus maktab-internatining sobiq direktori xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun ishdan bo‘shatildi.

23 may 2018, 23:18

Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartishlar kiritiladi

Hukumat shaharlarda ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni 60 km/s gacha pasaytirmaslikka qaror qildi. Avtomobillarda kunduzgi yurish chiroqlari va bolalar o‘rindiqlari — majburiy bo‘ladi.

23 may 2018, 17:59

IIBB YPX avtomobillari uchun yangi videoregistratorni sinovdan o‘tkazmoqda

Toshkent IIBB patrul avtomobili ichi va tashqarisidagi jarayonlarni yozib oluvchi videregistratorni sinovdan o‘tkazmoqda.

23 may 2018, 17:30

Maktablarda «so‘nggi qo‘ng‘iroq» yangicha shaklda o‘tkaziladi

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili tugashiga bag‘ishlangan tadbirlar 11 yillik ta’limga o‘tilgani munosabati bilan yangicha shaklda o‘tkaziladi.

23 may 2018, 16:51

O‘zbekiston qamoqxonalarning to‘lganlik darajasi bo‘yicha MDHda eng past o‘rinlarda

O‘zbekistonda qamoqxonalarning to‘lganlik darajasi 80 foiz, voyaga yetmaganlar uchun koloniyalarda — 20 foiz, dedi Akmal Saidov.

23 may 2018, 12:23

Chiroqchidagi xaroba maktab filiali boshqa binoga ko‘chirildi

Chiroqchi tumanidagi o‘qish uchun sharoitlari bo‘lmagan maktab filiali o‘quvchilari boshqa binoga joylashtirildi.

22 may 2018, 23:04

«Moviy gumbazlar» yaqinidagi xiyobon obodonlashtiriladi

Toshkentda «Moviy gumbazlar» restorani joylashgan xiyobon obodonlashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting