9 avgust, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

24 iyul 2020, 10:23

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi

Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.

24 iyul 2020, 10:19

Prezident 258 kishini pandemiyaga qarshi kurashdagi hissasi uchun mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.

23 iyul 2020, 21:43

Toshkent viloyatida COVID-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar uchun qo‘shimcha joylar tayyorlanmoqda

Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun sihatgoh, dam olish maskanlari, sog‘lomlashtirish lagerlari, kollejlar va litseylar yotoqxonalarida qo‘shimcha 12 mingdan ziyod zaxira o‘rni tayyorlanmoqda.

23 iyul 2020, 17:30

2020 yil boshidan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqdi

2020 yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Shulardan 120,5 ming nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoqqa olish va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.

23 iyul 2020, 16:44

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.

23 iyul 2020, 16:26

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xodimlar ishga qabul qilinadi

Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va boshqa mutaxassislar ishga olinadi. Ikki haftalik ish faoliyati uchun 10−25 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.

23 iyul 2020, 15:32

Yarim yilda O‘zbekistonga 1,2 mln chet ellik keldi

Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.

23 iyul 2020, 12:45

Narxni oshirgan taksi haydovchilari jazolandi

Toshkentda karantin vaqtida yo‘l haqlarini oshirgan 25 ta yuridik korxona jarimaga tortildi va 64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi.

23 iyul 2020, 11:49

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.

22 iyul 2020, 19:37

Koronavirus aniqlangan sobiq bosh prokuror o‘rinbosari vafot etdi

O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimov olamdan o‘tdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi.

22 iyul 2020, 19:18

Kam ta’minlanganlarga ajratilgan 82,2 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi

Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini mansabdor shaxslari kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam puli to‘lab bergan. Oqibatda 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan.

22 iyul 2020, 18:52

Andijon SEOM mansabdorlari 160 mln so‘mga yaqin byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi

Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.

22 iyul 2020, 18:13

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.

22 iyul 2020, 17:36

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 122 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 19 mingdan ortiq ajrim to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqib, ularning 11 mingga yaqinini qanoatlantirdi.

22 iyul 2020, 16:48

Koronavirusdan davolashda qo‘llaniladigan dori va tibbiy texnikalar importi qulaylashdi

Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazmasdan import qilinadigan hamda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon, biologik qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.

22 iyul 2020, 14:00

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

22 iyul 2020, 12:04

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.

22 iyul 2020, 11:37

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.

22 iyul 2020, 11:32

200 ga yaqin talabalar Rossiyadan olib kelindi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

21 iyul 2020, 21:30

Pandemiya davrida qaysi turdagi jinoyatlar soni oshgani ma’lum qilindi

Pandemiya davrini o‘z ichiga olgan yarim yil mobaynida O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvand vositalariing noqonuniy aylanishi, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi.