Jamiyat

31 iyul 2019, 20:19

O‘qishga kiritishni va’da qilgan universitet xodimi qo‘lga tushdi

Andijon davlat universitetining arxiv mudiri uch fuqarodan jami 12.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

31 iyul 2019, 18:35

Komil Allamjonov buzilishlar to‘g‘risida fikr bildirdi: «Berkitib yuradigan zamonlar o‘tdi»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistondagi buzilishlar va ularning OAVda yoritilishi masalalari bo‘yicha fikr bildirdi. U jiddiy qaralmasa, bu ketishda oqibati yomon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

31 iyul 2019, 14:39

Samarqand viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Samarqand viloyatining Samarqand va Jomboy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Avvalgi hokimlar prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida ishdan bo‘shatilgan edi.

31 iyul 2019, 13:53

Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasidagi armatura ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ziyod vaqt kerak bo‘ldi. Yong‘in texnologik jarayon buzilishi sababli elektr tarmog‘ida zo‘riqish vujudga kelgani natijasida paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

31 iyul 2019, 08:06

Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normalar qisqartiriladi

Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normani 250 kVt·soatgacha qisqartirish, me’yordan ortiqcha energiya iste’moli uchun oshiriluvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

31 iyul 2019, 07:19

Gaz va elektr energiyasi tariflari 15 avgustdan oshiriladi

15 avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, issiqliq ta’minoti, ichimlik suvi, shuningdek jamoat transportida yo‘l haqi tariflari oshiriladi.

30 iyul 2019, 21:24

Olovi yoqadiyu puli chaqadimi?

Yangiyo‘lda 20,9 sotixli issiqxonasini tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan tadbirkorning 49,5 mln so‘mlik zarar yetkazgani hisoblab chiqildi. Tadbirkorga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

30 iyul 2019, 21:17

Rishtondagi hasharni o‘rganish uchun Mehnat vazirligi uchta guruh tuzdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan shakllantirilgan uchta guruh Rishtondagi hashar jarayonida majburiy mehnatga jalb qilish holatini o‘rganadi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

30 iyul 2019, 14:40

Innovatsion rivojlanish vaziri Qoraqalpog‘istonda olim va tadqiqotchilar bilan uchrashdi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘istonda olim va tadqiqotchilar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

30 iyul 2019, 13:22

«Biz, rahbarlar, hammamiz kalondimog‘ bo‘lib ketgan ekanmiz» — Qashqadaryo hokimi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev rahbarlarning kalondimog‘ bo‘lib ketgani va xalqdan uzilganini tan oldi. Viloyat rahbari Yakkabog‘ tumanidagi hodisaga munosabat bildirdi.

30 iyul 2019, 13:06

Rishtondagi hasharga 13 mingdan ortiq kishi jalb qilindi, biroq bu — noqonuniy

Rishton tumanidagi obodonlashtirish va qurilish ishlariga Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 13562 nafar hasharchi jalb qilindi. Mehnat vazirligi buning noqonuniy ekanini ma’lum qildi.

30 iyul 2019, 12:07

Otabek Murodov ishi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga qarshi jinoyat ishi DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

30 iyul 2019, 11:56

Toshkentda ayol kishi ko‘prikdan o‘zini tashlashga harakat qildi

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Toshkentning «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlab yubormoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi.

29 iyul 2019, 21:20

Qurol to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Qurol to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjat olti oydan so‘ng kuchga kiradi.

29 iyul 2019, 19:56

Fermerlarni avtobusga qamab qo‘ygan IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Paxtani ko‘proq sug‘orib yuborgani uchun fermerlarni jaziramada avtobusga qamab qo‘ygan Kasbi tuman IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.

29 iyul 2019, 18:12

Prezident Samarqandda osma metro qurishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand va eshkak eshish kanalida tashkil etiladigan yangi turistik markaz o‘rtasida yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi.

29 iyul 2019, 16:50

Fuqarolarning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 161 fuqaroning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga nisbatan jazo choralari tayinlandi.

29 iyul 2019, 16:12

Toshkent viloyatida beshta hududda xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirilmoqda

Toshkent viloyatidagi beshta markaz xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun maxsus texnik qurilmalar bilan ta’minlandi.

29 iyul 2019, 14:16

Dam olish kunlari havo harorati bir oz tushadi

Hafta oxirida havo haroratining qisqa muddatga bir oz tushishi kutilmoqda. Dam olish kunlari shimolda +35, qolgan hududlarda +39 darajagacha issiq bo‘ladi.

28 iyul 2019, 23:49

Baxriddin Isamov sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda — Bosh prokuratura

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting