Jamiyat

10 avgust 2021, 20:48

10 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimi, Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlanishi, “UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlarining ochiq savdoda sotilishi — “Gazeta.uz"ning 10 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

10 avgust 2021, 18:38

“UZB”, “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin", — YHXBB boshlig‘i

YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Qo‘shimcha qilinishicha, “UZB” yoki “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan.

10 avgust 2021, 17:30

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan

2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.

10 avgust 2021, 17:13

Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

10 avgust 2021, 14:44

O‘zbekiston Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon forumini o‘tkazadi

Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi 12−13 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Unda SOVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan sharoitda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.

10 avgust 2021, 12:42

Chilonzorda «Gazel» Lacetti bilan to‘qnashdi

Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.

10 avgust 2021, 11:30

Jizzaxda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda

«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.

10 avgust 2021, 08:50

Homilador ayollar koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkinmi?

Koronavirus homilador ayollar uchun qanchalik xavfli? Homilador ayollar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

10 avgust 2021, 08:19

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.

10 avgust 2021, 02:41

Mashina boshqarayotganda telefondan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda

Adliya vazirligi haydovchilarga quloqchin va boshqa uskunalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Salonga monitor o‘rnatganlik uchun jarimani bekor qilish ham taklif etilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va texpasport olib yurmasdan avtomobildan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

9 avgust 2021, 23:32

«Hech qachon bunday adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman» — bosh vazir Olimpiada o‘yinlari haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.

9 avgust 2021, 19:25

«Odamlarning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak». Deputat — mahallalarni obodonlashtirish haqida

Deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi mahallalarni obodonlatirish borasida bekorda shikoyat qilmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, ayrim holatlarda qurilish ishlaridan keyin «mahallalar bor fayzu tarovatidan mahrum bo‘lmoqda».

9 avgust 2021, 18:24

Chorvoq atrofi hududlari o‘rmonlashtiriladi

Hukumat qarori bilan Chorvoq suv ombori atrofidagi va unga tutash hududlarda, o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari chorvachilikka taqiq qo‘yilgan holda o‘rmon fondiga o‘tkaziladi. 2023 yilgacha ushbu hudud o‘rmonlashtiriladi.

9 avgust 2021, 18:17

Xitoy-o‘zbek vaksinasi dozalari orasidagi interval qancha bo‘lishi kerak?

Koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dozalari orasidagi interval qancha bo‘lishi kerak? Koronavirusning «delta» shtammi qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev «Gazeta.uz»ning ushbu savollariga batafsil javob berdi.

9 avgust 2021, 17:59

Koronavirusdan tuzalgan odam vaksina olishi kerakmi?

Kasallik yoki vaksinadan so‘ng organizmda «antitanachalar» paydo bo‘lmasligi mumkin, lekin xotira hujayralari oldinroq virusga duch kelganligini eslab qoladi. Koronavirusdan tuzalgan odam nima sababdan emlanishi kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

9 avgust 2021, 16:36

OIV va Gepatit S tashxisi uchun mobil laboratoriya ishga tushirildi

«Chegarasiz shifokorlar» va OITSga qarshi kurashish markazi OIV, Gepatit S va teri-tanosil kasalliklari tashxisi uchun mobil laboratoriyani ishga tushirdi. U Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatadi.

9 avgust 2021, 15:18

Yangi o‘quv yilida maktablarda darslar gibrid shaklda davom ettiriladi

Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021−2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.

9 avgust 2021, 14:49

AQSh O‘zbekistonga qiymati $330 mingdan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi

AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan 240 ming dona tibbiy niqoblarning birinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur insonparvarlik yuki «Global Jewish Assistance and Relief Network» jamg‘armasi va Buxoro yahudiylari jahon kongressi tomonidan yetkazilgan.

9 avgust 2021, 13:17

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi

9 avgustdan boshlab bir hafta davomida O‘zbekistondagi barcha emlash punktlarida xitoy-o‘zbek vaksinasining faqat birinchi dozasi bilan emlash ishlari amalga oshiriladi. Shu muddat ichida ushbu vaksinaning ikkinchi va uchinchi bilan emlanilmaydi. Bu ish vaksinatsiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish va emlash bo‘yicha hisob-kitobni to‘g‘rilab olish uchun qilinganligi aytildi.

9 avgust 2021, 12:40

IIV Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinova ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga tuhmat qilish uchun tarqatilgan videoda rasmiy nikohdagi er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilindi. Ularning harakatida qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistning obro‘sini to‘kishga qilingan harakat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting