Jamiyat

10 iyun 2019, 10:29

Navoiyda shifokor haqorat qilingani yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlandi

Navbahor tumanida navbatchi shifokorga tahdid qilib, unga haqoratomuz so‘zlar aytilgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

10 iyun 2019, 10:02

Bolalarni maktabga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

9 iyun 2019, 21:32

Toshkentda keksa ayol va nabira hasharotlarga qarshi doridan zaharlanib vafot etdi

Toshkentning Chilonzor tumanida hasharotlarga qarshi dorilangan uydan keksa ayol va uning nabirasi o‘lik holda topildi.

9 iyun 2019, 16:46

Marg‘ilonda «TRZ» bozorining bir qismi yonib ketdi

Marg‘ilondagi «TRZ» nomi bilan mashhur bozorda yong‘in chiqdi. Olov 1575 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarga zarar yetkazdi.

9 iyun 2019, 11:29

Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda darsliklarni yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

9 iyun 2019, 11:25

114 dona uyali telefonni noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga 26 million so‘mlik 114 dona uyali yashirilgani fosh etildi.

9 iyun 2019, 11:07

Qoraqalpog‘iston press somon g‘aramida yuz bergan yong‘in natijasida bir kishi vafot etdi

Nukus shahridagi Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonidagi 1500 dona press somonlar g‘aramida yong‘in sodir bo‘lgani oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

9 iyun 2019, 10:53

Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar davlat granti asosida o‘qishga maqsadli qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi tashkil etildi.

8 iyun 2019, 22:15

Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupovga qiynoq qo‘llanilganini rad etdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan qiynoq qo‘llanilganini rad etdi. Ayblanuvchida qon-tomir kasalligi aniqlangan, biroq bu qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum qilindi.

8 iyun 2019, 17:38

Oqtepa Lavash mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Toshkentda 49 kishining ovqatdan zaharlanishiga sabab bo‘lgan Oqtepa Lavash mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

8 iyun 2019, 17:30

Toshkent kichik halqa yo‘lidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lida piyoda va yengil avtomobil yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

8 iyun 2019, 13:57

Jizzaxda mastlik oqibatida yuzaga kelgan janjal qotillik bilan tugadi

Sharof Rashidov tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida yuzaga kelgan janjal qotillik bilan yakunlandi.

8 iyun 2019, 13:40

Toshkentdagi 81 ta talab yuqori maktablarda korrupsiyani oldini oluvchi yangi qabul tizimi joriy etiladi

XTV Toshkentdagi 81 ta talab yuqori maktablardan boshlab korrupsiyani oldini oluvchi yangi qabul tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.

8 iyun 2019, 12:54

Farg‘onada maishiy texnika mahsulotlarini noqonuniy olib ketayotgan fuqaro to‘xtatildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari mashinaga tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 31,2 million so‘mlik 156 dona go‘sht qiymalagichlar ortilganini aniqlashdi.

8 iyun 2019, 12:41

IIV «O‘zbeklarni O‘zbekistonda qiynashyapti, diqqat qiling» nomli videomaterial yuzasidan rasmiy bayonot berdi

IIV ijtimoiy tarmoqlardagi «O‘zbeklarni O‘zbekistonda qiynashyapti, diqqat qiling» nomi bilan tarqatilgan videomaterialni o‘rganib chiqib, rasmiy bayonot berdi.

7 iyun 2019, 20:42

Nazoratsiz hayvonlarni tutish va saqlash sohasi isloh qilinadi

Prezident qarori bilan nazoratsiz hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq faoliyat tanqidiy o‘rganib chiqiladi.

7 iyun 2019, 19:14

Namanganda xolasining 50 000 000 so‘mlik tilla buyumlarini o‘g‘irlagan yigit jazoga tortildi

Sevgan qizining uyiga sovchilikka borishga ko‘nmagan xolasini jazolamoqchi bo‘lgan yigit ularning uyida 50 000 000 so‘mlik tilla buyumlarini o‘g‘irladi.

7 iyun 2019, 18:46

Qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni to‘xtatib qoldi.

7 iyun 2019, 18:18

2020-yil 1-yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi

Prezident qarori bilan 2019−2020-yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

7 iyun 2019, 18:07

Ota-onalar farzandlarini maktabga berishda nimalarga ahamiyat berishi kerak?

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 6−6,5 yoshdagi farzandlarini 1-sinfga berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ota-onalar nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting