Jamiyat

10 mart 2021, 17:32

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina olgan fuqarolarga sertifikat beriladi

Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarga vaksina olganligi to‘g‘risida sertifikatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Emlanadigan fuqarolarni elektron ro‘yxatga olish uchun emlash.uz sayti yaratildi.

10 mart 2021, 15:26

«Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q» — Inomjon Tog‘ayev

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori Inomjon Tog‘ayev amaldorlar va uning yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z munosabatini bildirdi. «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q», — dedi Inomjon Tog‘ayev. U «tanganing ikkinchi tomoni bor"ligiga e’tibor qaratdi.

10 mart 2021, 15:10

Rossiya O‘zbekistonga ko‘chma diagnostika klinikasini topshirdi

Ko‘chma diagnostika va davolash klinikasi Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. U birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, shuningdek xavfli infeksiyalar, shu jumladan OIV va COVID-19ni aniqlash uchun mo‘ljallangan.

10 mart 2021, 13:33

Hafta oxirida havo sovib, qor yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 13−14 martda respublikada yomg‘ir yog‘ib, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi. Havo harorati kechalari 10−15° sovuqgacha tushadi.

10 mart 2021, 13:33

«Nest One» turar joy kompleksida yong‘in codir bo‘ldi

10 mart kuni ertalab Tashkent City hududida qurilayotgan «Nest One» kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi. 2 kv.m maydonda penoplast yondi.

10 mart 2021, 12:31

20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida erkak 20 yoshli qizni unga turmushga chiqishga majburlamoqchi bo‘ldi. Mazkur shaxs tanishlari bilan birgalikda qizni majburan mashinaga o‘tqazgan va qiz roziligini berganidagina qo‘yib yuborgan.

10 mart 2021, 12:21

Jizzaxda daraxtlarning kesilganini yashirish uchun pora talab qilgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi

Jizzax viloyatida daraxtlarning kesilganini yashirish uchun fuqarodan 2 mln so‘m miqdorda pora talab qilishda ayblanayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi.

10 mart 2021, 11:14

Jizzaxda YTH oqibatida «Cobalt» yonib ketdi. 3 kishi vafot etdi

Jizzaxda «Cobalt» avtomashinasi «GAZ-31» bilan to‘qnashuvchi oqibatida yonib ketdi. «Cobalt» haydovchisi va yulovchisi kuyish jarohatidan xaloq bo‘ldi. «GAZ-31» haydovchisi ham ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan, yulovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

10 mart 2021, 10:16

O‘zbekistonda universal progressiv patronaj modeli joriy etilmoqda

YUNISEF SSVga patronajning universal-progressiv modeli bo‘yicha 50 ming nusxada qo‘llanma va kitobchalarni topshirdi. Nashrlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida homilador ayollar, yaqinda farzand ko‘rgan ayollar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmatlarni yaxshilashga qaratilgan.

10 mart 2021, 09:23

«Siz chiqib ketavering bu yerdan, ishlamaysiz boshqa» — Qudratilla Rafiqov Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari haqida

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari prezidentni aldayotganini aytdi. «Siz chiqib ketavering bu yerdan, ishlamaysiz boshqa», — dedi Qudratilla Rafiqov Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimovga qarata.

9 mart 2021, 17:56

Toshkent-Tbilisi-Toshkent aviaqatnovi tiklandi

30 martdan boshlab Toshkentdan Gruziyaning Tbilisi shahriga aviaqatnovlar tiklandi. Parvozlar haftasiga ikki 2 marotaba amalga oshiriladi.

9 mart 2021, 17:55 1

«Bu yerda gaplarimiz bor-da bizning, ruxsat hammalaringizga» — Kasaba uyushmalaridagi yig‘ilishdan OAV vakillari chiqarib yuborildi

Kasaba uyushmalari federatsiyasida bo‘lib o‘tgan videoselektordan OAV vakillari chiqarib yuborildi. «‘Televizorchik'lar ketsin, bo‘ldi. Bu yerda gaplarimiz bor-da bizning, iltimos sizlardan, ruxsat hammalaringizga. Bo‘ldi ketaversin», — dedi federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov. Shundan so‘ng, federatsiya matbuot xizmati rahbari jurnalistlarga «material efirga berilishi oldidan ularga ko‘rsatilib, ruxsat olish kerakligini uqtirgan». Yig‘ilishda Senat raisi va prezident maslahatchisi ham qatnashgan.

9 mart 2021, 15:59

Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi ushlandi

Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi. Unga nisbatan «jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

9 mart 2021, 15:11

Mahkumlarning Ombudsman va Biznes ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini ko‘zdan kechirish taqiqlanishi mumkin

Mahkumlarning Ombudsman va Biznes ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin. Qolaversa, oluvchiga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuborilishi belgilanmoqda. IIV tegishli buyruqqa o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda.

9 mart 2021, 15:09

Hafta davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

Haftaning o‘rtalaridan boshlab mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ammo juma kuni aksariyat hududlarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi.

9 mart 2021, 14:55

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar fuqaro jabrlandi

Toshkent shahrida «Cobalt» yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgan yana bir «Cobalt» avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH natijasida 4 nafar fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

9 mart 2021, 12:34

Qizlar ta’limiga sarmoya kiritish iqtisodiyotni mustahkamlaydi — YUNISEF

Qizlar ta’limi va ayollarning ish bilan ta’minlanishiga sarmoya kiritish iqtisodiyotni mustahkamlaydi va imkoniyatlardagi farqni kamaytiradi, deyiladi YUNISEF bayonotida.

9 mart 2021, 09:27

Qibraydagi «Qonli ariq» bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Qibray tumanidagi «Qonli ariq» voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan «Obod Savdo Biznes» MCHJga qarashli qushxona rahbariyati fevralda ogohlantirilgan bo‘lgan. Ular bir qator qonunni buzgani aniqlanib, qonni ariqqa oqizish to‘xtatildi. Muammoni hal etish uchun esa korxona rahbariga 5 kun muddat berildi.

9 mart 2021, 09:00

O‘zbekiston hududlari Mirzohid Shavkatov kamerasida

Mirzohid Shavkatov bir necha yil davomida mamlakatning turli xil hududlarida o‘zbekistonliklarning hayotini suratga olgan. Shaharlar uning yodida qanday qolganligi va Toshkent, Navoiy va Nukus shaharlarining umumiy jihatlari haqida “Gazeta.uz” uchun fotolar jamlanmasida.

8 mart 2021, 11:10

1920−1990-yillarda O‘zbekistonda 8-mart bayramining nishonlanishi

XX asrning boshida ayollar erkaklar bilan teng ish haqi to‘lanishi va ovoz berish huquqiga ega bo‘lish uchun kurashni boshlashdi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p davlatlarda Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarni tabriklash kuni bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, ayollar huquqlari va imkoniyatlari masalasi aktualligicha qolmoqda. “Gazeta.uz” kinofotofonohujjatlar arxividan 1920−1990-yillarda 8-martning nishonlanishiga oid suratlarni taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting