Jamiyat

12 mart 2021, 16:38

Buxoro viloyatida vaksinalarni saqlash uchun sovutish ombori ochildi

YUNISEF Buxoro viloyatiga vaksinalarni saqlash uchun sovutish omborlarini topshirdi. Bir yil ichida O‘zbekistondagi yana to‘rtta omborxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

12 mart 2021, 15:00

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo harorati keskin pasayishi va ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Respublika hududlarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

12 mart 2021, 14:49

Turkiyada 15 martdan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun elektron anketalar joriy etiladi

2021 yil 15 martdan boshlab Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin maxsus elektron so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Yo‘lovchilar to‘ldirilgan so‘rovnomani bosib chiqarishi yoki mobil qurilmaga yuklab olib, jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga taqdim etadilar.

12 mart 2021, 14:43

Mingbuloqda 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Mingbuloq tumanida «G» MCHJ rahbari va boshqalar 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni talon-toroj qilgani aniqlangan. Ular soxta hujjatlarni tuzib, mablag‘larni naqdlashtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

12 mart 2021, 14:33

2020-yilda IIV xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan, shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri hisobot berdi. Po‘lat Bobojonovning aytishicha, 2020-yilda ichki ishlar xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan. Shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Huquqbuzar qonun himoyachilariga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanayotgani aytildi.

12 mart 2021, 12:26

YUNESKO O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirishga $435 ming ajratadi

YUNESKO tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 435 ming AQSH dollari ajratiladi. 2 yillik loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilar jalb etiladi.

12 mart 2021, 11:51

«Uzcard» kartalari orqali endi transport to‘lovini amalga oshirish mumkin

Endilikda ATTO kartalaridan tashqari «Uzcard» kartalari orqali jamoat transportlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

12 mart 2021, 11:44 1

2021 yilda yana 5 kunni dam olish kuni etib belgilash taklif etilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 14 may va 31 dekabr kunini qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, 15 may, 21 iyul, 22 iyul kunlari barcha xodimlarga dam olish kunlari sifatida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

12 mart 2021, 09:40

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov vafot etdi

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi.

11 mart 2021, 17:54

Otabek Sattoriy ishida jabrlanuvchi o‘z ixtiyori bilan arz qilganini aytdi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga qarshi arz qilgan dehqon bozori rahbari, uni hech kim ariza berishga majburlamaganligini va o‘z ixtiyori bilan shunday yo‘l tutganini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi tasvirga olishda aynan nimadan qo‘rqqani, tovlamachilik sodir bo‘lishga undovchi aynan qaysi kamchilik yashirilgani bo‘yicha savolga aniq javob bermadi.

11 mart 2021, 17:27

Qurilish vazirligi Qashqadaryoda noqonuniy tarzda qurilayotgan binolar haqida ma’lumot berdi

Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Qurilayotgan binolarda, asosan, hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash va texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi holatlari kuzatilgan.

11 mart 2021, 16:45

Yangiyo‘lda tadbirkordan pora talab qilgan kadastr tuman bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yangiyo‘l tumani kadastr agentligi boshlig‘i v.b. tadbirkorning ishini bitirib berish evaziga 10 tonna sement talab qilgan. Uni 10 mlnga baholab, shundan 500 dollarini olgan vaqtida ushlandi.

11 mart 2021, 16:09 31

2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilinadi

2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilmoqda. Hozircha qabullar Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida mavjud Prezident maktablariga bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida shu yili 10 ta prezident maktabi bunyod etilishini aytgan edi.

11 mart 2021, 15:16

«O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endi to‘siqlar yo‘q» — Ruslan Kazakbayev

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev AKIpress’ga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohadagi munosabatlar, suv masalasi va davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risida co‘z yuritdi.

11 mart 2021, 14:25

13-mart — shanba kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi

Shanba kuni umumaxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Ushbu xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ish beruvchilar tomonidan Hasharga xodimlarini majburiy jalb qilish taqiqlanadi, aks holatda mutasaddilar jazolanadi.

11 mart 2021, 12:43

Shartnomalarga rioya qilinishi kerak: Adliya vazirligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yaxshilashni taklif qilmoqda

1 maydan boshlab banklarga yetkazib berilayotgan mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek 50 foiz va undan ortiq davlat ulushiga ega kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarda 15 foiz miqdorida avans to‘lash talabini bekor qilishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan. Jismoniy shaxslarga chet el valyutasida kredit berish va to‘lash huquqi berilishi mumkin.

11 mart 2021, 12:22

Ehtiyojmand oilalarning yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi

1 apreldan boshlab «temir», «yoshlar» va «ayollar» daftarlariga kiritilgan ehtiyojmand oilalar yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

11 mart 2021, 11:38

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’limi uchun test fanlari bloklarini aniqladi. Mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 etib belgilandi.

11 mart 2021, 00:12

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida

Inomjon Tog‘ayev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida gaz va elektr ta’minotidagi noreal qarzdorlik, uni aholiga to‘latish holatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, «bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan». Shuningdek, Tog‘ayev ASKUE tizimi haqida gapira turib, «bu onlayn so‘zi nomiga bor», dedi.

10 mart 2021, 18:46

1-sentabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi

Hukumatning tegishli qarori bilan 1-sentabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshgan avtomobillar 2 yilda 1 marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti ham bekor qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting