Jamiyat

12 may 2019, 07:12

OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori qo‘lga olindi

OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. O‘zini DXX xodimi deb bildirib, odamlardan yolg‘on yo‘li bilan pul olgani xabar qilindi.

11 may 2019, 16:07

Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklari va ko‘mir to‘g‘risidagi maqolaga javob berdi

Energetika vazirligi «Gazeta.uz» issiqxona xo‘jaliklarining ko‘mirga o‘tkazilishiga qarshi yozgan maqolaga javob qaytardi. Vazirlik O‘zbekiston uchun gazdan yoqilg‘i emas, balki xom ashyo sifatida foydalanish foydaliroq ekanini qayd etdi.

11 may 2019, 14:40

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

11 may 2019, 13:54

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

11 may 2019, 12:31

Qo‘qonda maktab o‘quvchilarining janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Qo‘qon shahrida yashovchi ikki 8-sinf o‘quvchisi o‘zaro janjallashib, bir-biriga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.

11 may 2019, 11:21

Koreyadan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kelgan fuqarolar to‘xtatildi

«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Seuldan uchib kelgan fuqarolarda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan tovar-moddiy boyliklari borligini aniqlashdi.

11 may 2019, 10:57

Qarshining logotipi tasdiqlandi

Qarshi hokimiyati shahar logotipini tasdiqladi, unda sardoba — suv ombori tasvirlangan.

11 may 2019, 00:19

O‘zbekistonda avval bloklangan saytlar ochildi

Komil Allamjonov BBC Uzbek, Amnesty International, Voice of America, «Farg‘ona» agentligi, Uzmetronom va boshqa avval bloklangan saytlarga kirishga qo‘yilgan cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi.

10 may 2019, 22:26

Botanika bog‘ida dam olish kunlari ham xalq sayillari davom etadi

Shanba va yakshanba kunlari Toshkent botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushi yillari harbiy texnikalari va qurol-yarog‘lari ko‘rgazmasi davom etadi.

10 may 2019, 21:51

Adliya vazirligi fuqarolarning mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha aksiya e’lon qildi

O‘zbekiston Adliya vazirligi uylarning noqonuniy buzilishi, tovon pulining to‘lanmasligi va ko‘chmas mulk sohasidagi boshqa qonunbuzarliklarda fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha aksiya e’lon qildi.

10 may 2019, 19:27

Olmazor tumanida «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi

Olmazor tumanidagi «Damashi» kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yida «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi.

10 may 2019, 18:31

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyni buzishda yuzaga kelgan mojaro yuzasidan IIV bayonot berdi

Izboskan tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyni buzish bo‘yicha sud ijrosini ta’minlash jarayonida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi.

10 may 2019, 17:30

Eng kamida 11 marta uch egizlarga prezident sharafiga ism qo‘yilgan

Bir yarim yil ichida 11 marta yangi tug‘ilgan uch egizlarga O‘zbekiston prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgan. Oilalarga avtomobillar sovg‘a qilindi.

10 may 2019, 16:41

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish anketasi soddalashtiriladi

IIV xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun anketaning yangi shakli loyihasini taqdim etdi. Anketada ish joyi yoki mahalla qo‘mitasidan muhr talab qilinmaydi.

10 may 2019, 16:25

Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari normalar va qoidalar tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya normalari va qoidalari tasdiqlandi.

10 may 2019, 16:11

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mobil kutubxona dasturi yaratildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kitoblarni QR-kodlar yordamida maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o‘qish imkoniyati yaratildi.

10 may 2019, 15:59

Qariyb 170 mln so‘mlik kompyuter qurilmalarini noqonuniy olib kirgan shaxs qo‘lga olindi

Zangiota tumanida 169,3 mln. so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tib, boshqa bir fuqaroga 105,0 mln. so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi.

10 may 2019, 15:48

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Seuldagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

10 may 2019, 15:32

Ommaviy ijroga mo‘ljallangan asarlar uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

10 may 2019, 13:31

BMT terroristlarning boshqa davlatlarga ko‘chishiga qarshi kurash strategiyasini taqdim etdi

Terroristlarning boshqa davlatlarga ko‘chishiga qarshi kurash bo‘yicha BMT dasturi chegara punktlari, jumladan aeroportlarda nazorat, tekshiruv va ko‘zdan kechirish jarayonlarini kuchaytirishga chaqiradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting