9 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

28 iyun 2020, 19:42 1

Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor miokard infarktidan vafot etdi. U Yuqorichirchiq karantin markazida faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Bu mamlakatda COVID-19 ga chalingan tibbiyot xodimlari orasidagi birinchi o‘lim holatidir.

28 iyun 2020, 13:19

«Tarbiya» darsligining nashr etilishi Kolorpak ga ishonib topshirildi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab maktablarning 1−9-sinflarida yangi «Tarbiya» fani joriy etilmoqda. 6 million nusxada yangi darslik va 2 million nusxada informatika darsligini nashr etishda Kolorpak kompaniyasi bosh pudratchi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda bizga nima ma’lum va nima uchun o‘quv yili boshlanishiga 2,5 oy qolganda boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnoma o‘zgartirildi.

28 iyun 2020, 10:30 1

Koronavirus bemorlari soni 7725 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 7725 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

27 iyun 2020, 15:07

«Jurnalist ketaveradi, lekin muammo qolib ketyapti» — Komil Allamjonov

«Har bitta odam matbuotda qilgan xatosi uchun ishdan ketsa, ertaga kelgan odam ham huddi shunday xatoni qilmaydi deb ishonch bilan ayta olmaymiz» — Komil Allajonov nima uchun matbuotga chiqib ketgan audiolar uchun mansabdor shaxslar jazolanmayotganligi, hokimlarning ishiga qanday mezon bilan baho berish kerakligi va ular matbuot bilan qanday ishlashi kerakligi to‘g‘risida shaxsiy fikrlarini bildirdi.

27 iyun 2020, 10:57

O‘zbekiston shaharlarida zilzila sezildi

O‘zbekistonning bir qator shaharlarida epitsentr markazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila sezildi. Yer osti silkinishlarining kuchi 2 dan 3 ballgacha bo‘lgan.

26 iyun 2020, 21:08 1

Prezident OAV xodimlarini tabrikladi va professionallikka chaqirdi

Aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmog‘i yengil bo‘lgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda, deyiladi Prezidentning OAV xodimlari bayrami munosabati bilan tabrigida. Davlat rahbari, shuningdek, ayrim jurnalist va blogerlarda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirayotganini ta’kidladi.

26 iyun 2020, 18:49

Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida Nexia avtomobili yo‘lini boshqa bir Nexia bilan to‘sib, talonchilik sodir etgan shaxslar ushlandi. Bosqinchilar orasida ayol kishi ham bor.

26 iyun 2020, 17:27

Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi

Toshkentda yanvar-may oyilarida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilib, respublikada salbiy birinchi o‘rinni egalladi.

26 iyun 2020, 16:35

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardobaga gumanitar yordam ko‘rsatdi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumaniga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi.

26 iyun 2020, 14:12

Dam olish kunlari havo salqinroq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida havo salqinroq bo‘ladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +27…+32 darajagacha tushadi.

26 iyun 2020, 14:04

Shuhrat G‘aniyev: Pora olganimda shuncha muddat viloyat hokimi bo‘lib ishlamas edim

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev matbuot anjumanida jurnalistlarning pora olish, maddohlik, ishsizlik, So‘xdagi holat to‘g‘risidagi savollariga javob berdi.

26 iyun 2020, 11:12

«Bizga maslahatchilar kerak, jazolovchilar emas» — Toshkentlik restoratorlar

Umumiy ovqatlanish sohasi birgina Toshkent shahrining o‘zida yuz minglab odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Sektor karantin davrida katta yo‘qotishlarga duch keldi, karantin shartlari yumshaytirilganidan so‘ng esa ishni qayta yo‘lga qo‘yish va mijozlarni qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmadi. Poytaxtlik restoratorlar nazorat organlari tomonidan karantin talablarining erkin tarzda talqin qilinayotgani va hukumat bilan do‘stona munosabatda bo‘lish istaklari borligi haqida «Gazeta.uz» bilan bo‘lgan suhbatda aytib berishdi.

26 iyun 2020, 10:54

Ombudsman Akmal Saidovning tanqidiga javob qaytardi

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning direktori Akmal Saidov Andijondagi qiynoq masalasida Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ushbu holat haqida xabar tarqagach, tashkilot uni o‘rganib, alohida nazoratiga olganligini hamda bu paytda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz jim turganiga ishora qildi.

25 iyun 2020, 21:08

Xususiy klinikalar COVID-19 testini o‘tkazishni boshlamoqda

Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ularning shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.

25 iyun 2020, 17:53

Yangiyo‘ldagi qog‘oz ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Yangiyo‘l tumanidagi Global Comsco Daewoo qog‘oz ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Korxona ichidagi 5 ming kv. m maydonda yong‘in kelib chiqqan, jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushgani yo‘q.

25 iyun 2020, 17:17

1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zini o‘zi band qiluvchilarni ro‘yxatga olish osonlashadi, ko‘p qavatli bino quruvchilariga bojxona imtiyozlari beriladi, tug‘ilish va o‘lim haqidagi ma’lumotlarning elektron almashivi majburiy bo‘ladi, noshirlik uchun litsenziya bekor qilinadi — 1 iyuldan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.

25 iyun 2020, 15:57

Sergelidagi metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi

Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.

25 iyun 2020, 15:55

Xotin-qizlar uchun ajratilgan qo‘shimcha grantlarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi

Xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xotin-qizlarga oliy ta’lim muassalariga tavsiyanoma asosida kirish uchun Respublika bo‘ylab qo‘shimcha 940 ta grant joyi ajratildi.

25 iyun 2020, 14:55

FVV tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishidan ogohlantirdi

FVV respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi.

25 iyun 2020, 14:37

Marg‘ilonda Cobalt urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

Marg‘ilonda Cobalt qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.