Jamiyat

1 fevral 2021, 10:27

Xitoy vaksinasi sinovlarida qo‘shimcha 4 ming kishi qatnashadi

Xitoy vaksinasining O‘zbeikstonda olib borilayotgan uchinchi sinov bosqichlarida ko‘ngillilar soni 9 ming kishigacha oshirildi. Bunga sabab, ikkinchi va uchinchi doza emlash bosiqichida ishtirokchilar soni kamayishi mumkinligi, hamda koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish murakkablashayotgani ekanligi aytilmoqda.

30 yanvar 2021, 22:36

O‘zbekistonda jami 27,5 ming mahkum jazo o‘tamoqda — IIV

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakili Jamshid Sultonov O‘zbekistonda jami 27,5 ming mahkum jazo o‘tayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, probatsiya nazoratida 57 ming 36 nafar shaxs nazorat turgani ham ochiqlandi.

30 yanvar 2021, 19:01

O‘zbekistonda ilk bor COVID-19`ning «britancha shtammi» qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda COVID-19`ning «britancha shtammi» 10 yoshli qizchada aniqlanganini ma’lum qildi. SSV aholini xushyorlikka chaqirmoqda.

30 yanvar 2021, 17:01

Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Olmazor tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq, ushbu lavozimni egallab turgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyatiga hokim bo‘lgan edi.

30 yanvar 2021, 15:26

Moratoriy davrida 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani aniqlandi

Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yilda noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlanganini ma’lum qildi. Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxs bo‘lgan.

30 yanvar 2021, 14:47

Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib Ulug‘bek Uzoqov tayinlandi. U 2016−2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan. 2018 yildan hozirga kunga qadar Do‘stlik tumani hokimi sifatida ishla kelayotgan edi.

30 yanvar 2021, 12:58 1

Abdumajid Mullajanov Olmazor tumaniga hokim bo‘ldi

2019 yildan shu kunga qadar Olmazor tumani bo‘yicha IIOFM boshqarmasi boshlig‘i Abdumajid Mullajanov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. U Baxtiyor Rahmonovning o‘rnini egalladi.

30 yanvar 2021, 12:06

Islom Karimovning siz ko‘rmagan 19 ta fotosurati

30 yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbarining 19 ta fotosurati bilan bo‘lishamiz.

30 yanvar 2021, 10:00

Nima tayyorlaymiz: qarsildoq sneklar

Eng qarsildoq, mazali va eng asosiysi tabiiy sneklar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

30 yanvar 2021, 00:25

Doniyor Kadirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Kadirov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi. U mazkur lavozimda boshqa ishga o‘tkazilgan Ulug‘bek Tashxodjayevning o‘rnini egalladi.

29 yanvar 2021, 23:22

O‘zbekiston bir qator davlatlar bilan aviaqatnovga qo‘yilgan cheklovni 1-martga qadar uzaytirdi

O‘zbekiston va sakkizta davlat — Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika o‘rtasidagi xalqaro aviareyslarga cheklov yana bir oyga cho‘zildi.

29 yanvar 2021, 22:27

Vazir Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi

Prezident farmoni bilan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

29 yanvar 2021, 19:00

«TEMIRYO'L SUG’URTA» ga Standard&Poor's agentligi tomonidan xalqaro reyting berildi

«TEMIRYO'L SUG’URTA» 2002 yildan buyon o‘z faoliyatini amalga oshirib keladi va xalqaro reytingga ega bo‘lgan O‘zbekistonning birinchi nodavlat sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaga Standard&Poor's agentligi tomonidan «B+» darajada baholandi. «TEMIRYO'L-SUG'URTA» universal sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, u sizga bozorda talabgir majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarining barcha turlarini taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).

29 yanvar 2021, 17:36

Ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar garajlari uchun soliq to‘laydi

Davlat soliq qo‘mitasi vakili jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘lashini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turargoh uchun alohida kadastr hujjati ham rasmiylashtiriladi.

29 yanvar 2021, 17:26

Sud «Universam» binosi joylashgan yerni tortib olish bo‘yicha Toshkent hokimi qarorini bekor qildi

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi Yunusobod tumanidagi 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan yerni («Universam») olib, «Urban Developers»ga berish to‘g‘risidagi Toshkent hokimi qarorini haqiqiy emas deb topdi.

29 yanvar 2021, 17:25

Maktab ta’limini takomillashtirish bo‘yicha g‘oyalar portali ochildi

XTV maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar va takliflar portalini ishga tushirdi. Portalda ta’lim sifatini oshirish, inklyuziya, innovatsiya, maktab infratuzilmasi va boshqalarga oid g‘oyalarini taqdim etish mumkin.

29 yanvar 2021, 16:49

Dam olish kunlari havo qizishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 darajaga yuqori bo‘ladi.

29 yanvar 2021, 16:10

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga OTMga kirish imkoniyati beriladi

Qamalguniga qadar OTMda ta’lim olgan fuqarolar endilikda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, jazoni o‘tash davrida OTMga kirish imkoniyati ham berilishi va ularga alohida jazoni o‘tash tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan.

29 yanvar 2021, 16:06

The Guardian: 7 nigeriyalik O‘zbekistonga futbol o‘ynash uchun aldov yo‘li bilan olib kelingan

The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, nigeriyalik 7 nafar yosh yigit o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs tomonidan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingan. Ularga professional futbolda faoliyat boshlashlari uchun yordam berish va’da qilingan.

29 yanvar 2021, 13:08

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Nurota tumanida «Cobalt» yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Tirik qolgan bir nafar fuqaro turli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting