Gulistonda 25 avgustgacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining tamal toshi qo‘yildi.
Toshkent dunyoning yashash uchun eng qulay 231 ta shahri o‘rtasida 203-o‘rinni egalladi.
Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 40 nomdagi o‘zbek hamda jahon adabiyoti namunalarining audiokitob shaklidagi variantlari yaratildi.
Jamshid Kenjayevning o‘limida aybdor deb topilgan Sh.Qilichov 18 yilga, S.Kamoldinov, A.Hamrayev va J. Yorqulov 5 yil ozodlikdan mahrum etildi.
Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand temiryo‘l vokzali va Jartepa nazorat o‘tkazish punktida axborot markazlari tashkil qilinadi.
Rembrandtning asarini 50 ming AQSH dollariga sotib olgan va uni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi.
Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Naslli va sport otlariga «Ot pasporti"ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston aeroportlari Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish uchun yopildi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markaziga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Toshkent viloyatida «Yangiobod» turbazasining olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud boshlandi. Majmua vakillari viloyat hokimi qarori qonuniy kuchga emasligi tan olinishini talab qilmoqda.
Prezident qarori bilan sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligining bir qator vazifalarini, jumladan diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashni Milliy gvardiyaga berish taklif qilinmoqda.
Umumta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21 martda boshlanib, 27 martda yakunlanadi.
Odam papillomasi virusiga qarshi vaksina O‘zbekiston milliy emlash kalendariga kiritildi.
Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xalq ta’limi vazirligi tekshiruvidan so‘ng poytaxtdagi maktabning o‘g‘il va qiz bolalar kiyinish xonalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olib tashlandi.
Alisher Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi, Mansur Hoshimov raisning birinchi o‘rinbosari va yana ikki kishi rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezidentining farmoyishiga asosan Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Pokiston havo hududi yopilgani sababli «O‘zbekiston havo yo‘llari» xarajatlari ikki barobarga oshdi. Bu chiptalar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting