O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov Islom Karimov Asakadagi pritsep zavodini Janubiy Koreyaning Daewoo shirkatiga qanday sotgani haqida gapirib berdi.
Arxitektor Peter Knox poytaxtning 30 ta me’moriy ob’ekti to‘g‘risidagi «Toshkent nemis arxitektori nigohida» kitob-fotoalbomini taqdim etdi.
Prezident qarori bilan telekommunikatsiya infratuzilmalari bo‘lmagan jamoat va turar joy binolarini qurish va foydalanishga topshirish taqiqlandi.
Paxtaobod tumanida prokuratura ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilinishi uchun 27 500 dollar taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi.
Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisiga nisbatan sud xodimini tepkilagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda noqonuniy qurilgan 159 ta obyektda qonunbuzarliklar aniqlanib, 18 tasida yuqori qavatlarni buzish ishlari boshlandi.
Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun anketaning yangi shakli 4 sahifa o‘rniga 1 sahifadan iborat bo‘lib, ish joyi yoki mahalladan tasdiqlash talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Guliston shahrida yashovchi 24 yoshli A.B. ismli ayol qizini 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtlarida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan notariuslar faoliyatida «SMS xabar» elektron tizimi joriy etilmoqda.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi.
Bekoboddagi chiqindixonada ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari va ichki ishlar vazirining birini o‘rinbosari hodisa joyiga yetib bordi.
Yer usti metrosi qurilayotgan poytaxtning Sputnik mavzesida ikki qavatli yog‘och uylarni buzish ishlari boshlandi. Ularda hali ham odamlar yashamoqda.
Sankt-Peterburgdagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlauvda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.
«Matbuot tarqatuvchi» kompaniyasining Xorazm filiali rahbari obunadan tushgan 562,3 mln so‘mni talon-taroj qilganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u pullarni qarindoshlariga tegishli kompaniyalar hisob raqamlari o‘tkazgan.
Bojxona xodimlari deklaratsiyada ko‘rsatilgan «CD 3» va «Books» tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan marixuana moddasi borligini aniqladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylandi.
Toshkentdagi Kinochilar uyi va o‘tmishga aylangan boshqa ob’ektlar muhofaza qilinganida va konseptual o‘zgartirilganida, noyob sayyohlik markazlariga aylangan bo‘lar edi. Yens Yordan kolonkasi.
Xorazmda o‘n uch yildan beri cho‘zilib kelayotgan mojaro qonuniy va mantiqiy yakunini topdi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishloqlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab xonadonlarga og‘ir shikast yetdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting