Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayol 26 yoshli A.I. tomonidan rashk oqibatida o‘ldirilgan.
Avazbek Madaminov Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan suhbatida tavakkalchilikka asoslangan teleshoularni tartibga solish masalasi muhokama qilindi.
Hukumat majburiy maktab formasini joriy etishni 2024−2025-o‘quv yiligacha kechiktirdi.
Milliy gvardiya Toshkentda besh nafar ayolning qo‘lga olinishiga ularning prezident kortejini to‘xtatmoqchi bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatdi. OAVda ular Xotin-qizlar qo‘mitasi qabuliga borganida ushlangani haqida xabar berilgan edi.
«Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari umumiy qiymati 73,4 million so‘mlik meva hamda tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishini to‘xtatishdi.
Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Chortoq tumanida yashovchi M.T. ismli ayol Chig‘atoy mahallasida yashovchi M.N. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal sabab unga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Toshkent IIBB ko‘cha o‘rtasiga qoldirib ketilgan «Kaptiva» avtomobiliga buyum bilan chiziq tushirgan IIO xodimiga nisbatan tekshiruv boshladi.
Xalq ta’limi vaziri Toshkentdagi 81 ta maktabga qabul shakli o‘zgarayotganiga izoh berdi. Qabul bepul bo‘lishi, qo‘shimcha kvota faqatgina mikrohudud bo‘yicha barcha bolalar qamrab olinganidan so‘ng ajratilishi ma’lum qilindi.
Qashqadaryoda Xonoboddagi Harbiy-Havo Kuchlari harbiy qismi tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan harbiy aviatexnika muzeyi ochildi.
Samarqanddagi viloyat Perinatal markazida vafot etgan qiz farzandi o‘rniga o‘g‘il chaqaloqning jasadi berib yuborilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi ovqatdan zaharlandi.
Termiz dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan ko‘rgazmali batalon taktik o‘quvi shartli jang mashg‘uloti namoyishi bilan yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Milliy universitetida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi. OTMning mamlakat oliy ta’limi bayroqdori maqomini qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
«Malibu» berishini va’da qilib, 20 000 000 so‘m va 200 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmagan ayol ushlandi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari xususiy telekanallarda xorijiy, asosan turk seriallari namoyishi ustidan shikoyatlar soni ortganini xabar qildi. U kanallar faoliyatidagi qoidabuzarliklarni ham ko‘rsatib o‘tdi.
«Toshissiqquvvati» Chilonzor tuman xodimasi iste’molchilarning 27 mln so‘mlik to‘lovlarini o‘zlashtirib yubordi.
Toshkent farmatsevtika institutida 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining talon-taroj qilingani aniqlandi. 13 kishi, jumladan sobiq rektorlar va prorektorlar javobgarlikka tortildi.
Nurafshon shahrida yashovchi to‘rt farzandi bor ayol eri bo‘laturib o‘zidan 17 yosh kichik yigit bilan nikoh o‘qitib, uni o‘z erini o‘ldirishga undadi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting