Jamiyat

30 oktabr 2021, 12:54

IDga aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

DXX «Islom davlati» bilan aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxsni O‘zbekistonga qaytardi. Uning Suriya va Iroqdagi janglarda hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan birida teraktga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgani xabar qilindi.

30 oktabr 2021, 10:52

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

2 noyabrdan boshlab Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi. Parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

30 oktabr 2021, 10:33

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi

Toshkentning Chilonzor tumanida prezident tashrifi arafasida 55 tup daraxtning tubiga parvarishlangandek ko‘rinishi uchun polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgan. Daraxtlarda qurish alomatlari mavjud. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi rahbari obodoshlashtirish uslubini «kolxozcha» deb atadi.

30 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva

Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

29 oktabr 2021, 21:33

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda qalbaki pul ishlab chiqarishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan umumiy qiymati 19,6 mln so‘mlik 196 dona 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalar olib qo‘yildi.

29 oktabr 2021, 16:13

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud

O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

29 oktabr 2021, 15:33

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

29 oktabr 2021, 15:18

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi

Respublika maktablarida 4 noyabrdan 10 noyabrgacha kuzgi ta’til e’lon qilindi.

29 oktabr 2021, 15:00

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi

“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.

29 oktabr 2021, 14:26

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.

29 oktabr 2021, 12:23

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

O‘zbekistonda juma kuni bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 0…+3 darajagacha pasayishi va ba’zi hududlarda yog‘incharchiliklar bo‘lishi mumkin.

29 oktabr 2021, 11:17

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi

Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

29 oktabr 2021, 10:03

Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi

Hukumat qarori bilan maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari xodimlariga oylik tarif stavkasi 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi. Ovqatlanish uchun kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji uchun har choraklik mukofot to‘lanadi.

29 oktabr 2021, 09:30

Yaponiya granti O‘zbekistonda bolalarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sharoitida himoya qilishga yo‘naltiriladi

Afg‘oniston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarga umumiy yordam doirasida Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdoridagi grant ajratilgan. YUNISEF tomonidan mazkur mablag‘ favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

28 oktabr 2021, 16:58

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma berilishi, ayrim MFYlar xodimlarining oylik maoshi 35 foizga oshirilishi, oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblarning yagona bazasi yaratilishi — 1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

28 oktabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

28 oktabr 2021, 15:34

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.

28 oktabr 2021, 15:22

Talabalar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent davlat texnika universiteti yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.

28 oktabr 2021, 14:50

O‘quv muassasidagi zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi

Oliy ta’lim vazirligi xodima va talaba qizlardan o‘quv muassasalarida sodir etilgan tegajog‘lik, tazyiq, zo‘ravonlik va turli nojo‘ya xatti-harakatlar tahdidiga uchraganligi haqida 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qilishni so‘ramoqda.

28 oktabr 2021, 13:13

O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi

O‘zbekistonda 2020/2021 — o‘quv yili boshida 571,5 ming nafar talaba OTMlarda ta’lim olmoqda. Ulardan 311,5 ming nafari yigitlar, 260 ming nafari qizlarni tashkil etgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting