Jamiyat

25 mart 2020, 14:08

Karantin qoidalariga rioya qilmagan 67 kishi javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.

25 mart 2020, 13:19

«Ijtimoiy fikr»: respondentlarning 75,4 foizi koronavirus haqida yetarlicha xabardor

«Ijtimoiy fikr» so‘rovi respondentlarining 75 foizdan ziyodi koronavirus to‘g‘risida to‘la darajada xabardor, qariyb 94 foizi infeksiya yuqish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega.

25 mart 2020, 13:06

Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmaganlarga vaqtincha ma’muriy chora ko‘rilmaydi

24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish idoralari fuqarolar qabulini to‘xtatdi. Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

25 mart 2020, 12:05

«Bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emas» — Nurmat Otabekov

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan og‘rigan 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi — pnevmoniya alomatlari kuzatilayapti, bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. U bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emasligini ta’kidlab o‘tdi.

25 mart 2020, 11:59

SSV: Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan fuqaro yurak xurujidan vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 25 mart kuni Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan 63 yoshli fuqaroning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qildi.

25 mart 2020, 11:30

O‘zbek olimlari koronavirusni aniqlash uchun test sistemasini ishlab chiqishdi

Mahaliy test tizimi JSST tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Natijalarni 5−6 soat ichida bilib olsa bo‘ladi.

25 mart 2020, 11:19

Sirdaryodagi YTHda bir kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatdi Cobalt va «KAMAZ» to‘qnashuvi natijasida yengil avtomobil yo‘lovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

24 mart 2020, 17:33

DXM, FHDYO va notariuslarda fuqarolarni qabul qilishning yangi tartiblari joriy etildi

FHDYO bo‘limlari va notariuslar kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina aholini qabul qilishi belgilandi. Qolgan holatlarda Adliya vazirligi va uning hududiy idoralari fuqarolar murojaatlarini elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali qabul qiladi.

24 mart 2020, 17:29

AQSH O‘zbekistonga koronavirusni aniqlovchi test tizimlarini yetkazib beradi

Amerikaning Genscript kompaniyasining COVID-19 virusini aniqlovchi ekspress-test namunalari mahalliy muqobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.

24 mart 2020, 13:30 1

Fuqarolarni charter reyslar orqali O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi

Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Moskva, Istanbul, Seul va boshqa shaharlardan charter reyslari amalga oshiriladi.

24 mart 2020, 12:59

Yunusobodliklar uchun elektr energiyasining bazaviy me’yori bekor qilinmoqda

Karantin munosabati bilan Toshkentning Yunusobod tumani aholisi uchun elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorini joriy etish tajribasi bekor qilinishi kutilmoqda.

24 mart 2020, 11:16

Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.

24 mart 2020, 11:03

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.

24 mart 2020, 10:17

Har bir viloyatda uchtadan karantin bazalari tashkil etiladi

Toshkent va viloyatlardagi sanatoriya hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida 3 tadan karantin bazalari tashkil etiladi (Qoraqalpog‘istonda — 4 ta).

23 mart 2020, 17:37

Fotoreportaj: Bo‘shab qolgan Toshkent

Jamoat transporti va umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilganidan keyingi Toshkent qiyofasi — “Gazeta.uz” fotomuxbiri obyektivida.

23 mart 2020, 10:00

Viloyatlar va Toshkent o‘rtasida avtobuslar harakatini cheklash rejalashtirilmoqda

24 martdan boshlab Toshkent va viloyatlar o‘rtasida jamoat transporti harakatini cheklash rejalashtirilmoqda.

22 mart 2020, 15:44 1

Ijtimoiy masofalanish (social distancing) nima?

Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ijtimoiy masofalanish (social distancing) — koronavirus tarqalishining oldini olishda eng muhim chora. Ijtimoiy masofalanish nima va unga qanday rioya qilish kerak?

22 mart 2020, 12:25

25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar jarimaga tortiladi

Jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar 23-martdan ogohlantiriladi, 25-martdan esa jarimaga tortiladi.

21 mart 2020, 20:59

Karantindan qochgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan bir erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

21 mart 2020, 16:01

Fuqarolardan dachalarga bormay turish so‘raldi

IIV fuqarolardan koronavirusga chalinish xavfi borligi uchun Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi dacha uchastkalariga bormay turishni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting