Jamiyat

14 oktabr 2019, 18:07

«Investitsiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi

3 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi.

14 oktabr 2019, 17:53

Senat sudyalik maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi

Senatorlar O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi. Konstitutsion sud sudyalari olcha rangdagi, qolganlar — to‘q ko‘k rangdagi mantiyalarni kiyishadi.

14 oktabr 2019, 17:27

Rossiya O‘zbekiston maktablarida rus tili ta’limini yaxshilashga yordamlashadi

XTV O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘rgatish darajasini yaxshilash borasida Rossiya bilan hamkorlik qilmoqchi.

14 oktabr 2019, 16:24

Hafta davomida quruq ob-havo hukmronlik qiladi

Seshanba kunidan quruq va mo‘’tadil iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25 darajagacha ko‘tariladi.

13 oktabr 2019, 16:43

«O‘ztransgaz» 188,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi

«O‘ztransgaz» Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 188,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

12 oktabr 2019, 17:24

Toshkentning bosh rejasi 2020 yilda tayyor bo‘ladi

Toshkentning bosh rejasini 2020 yilda jamoatchilikka taqdim etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov.

12 oktabr 2019, 17:14

O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi qanday bo‘lishi senatorlar tomonidan tasdiqlandi

Senatning majlisida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

12 oktabr 2019, 17:01

Ravshan Umarov Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ravshan Umarov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi.

12 oktabr 2019, 16:55

Qashqadaryoda seyfdan 70 ming dollar pul va tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi

Yakkabog‘ tumani Jambul mahallasida yashovchi fuqaroning uyidan jami 807 million so‘mlik mol-mulkni o‘margan uch nafar shaxs ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

12 oktabr 2019, 16:43

Gaz quvurlaridan foydalanish muammolari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuboriladi

Tabiiy gaz quvurlari tizimi va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi ahvoli yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalasi ma’qullandi.

12 oktabr 2019, 16:22

Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda bosh rolni o‘ynaydi

Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlanadi va kartina Fransiya hamda O‘zbekiston telekanallarida orqali namoyish etiladi.

12 oktabr 2019, 16:06

Mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz

Senat majlisida aksariyat viloyatlarda mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning ko‘pchiligi sanitariya talablariga javob bermaydigan turar joylarga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

12 oktabr 2019, 15:50

To‘rtko‘lda qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan aroqlar savdosiga chek qo‘yildi

To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 106 mln so‘mlik aroq va mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 19 turdagi anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi.

12 oktabr 2019, 15:31

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorida jarima to‘lashi mumkin

Senat raisi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina OAV xodimlari, blogerlar ko‘tarayotganini, bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayotganini bildirdi.

12 oktabr 2019, 15:25

Toshkentda ilk bor «Magic Tashkent» shou festivali tashkil etildi

Toshkent shahar hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan «Magic Tashkent» shou festivali bo‘lib o‘tdi.

12 oktabr 2019, 15:18

Bo‘z tumani nomi Bo‘stonga o‘zgartirildi

Senatorlar Andijon viloyatining Bo‘z tumani nomini Bo‘ston tumani deb o‘zgartirish taklifi bo‘yicha masalani ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

12 oktabr 2019, 14:35

Yashil yo‘lakdan dron olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

11 oktabr 2019, 21:06

Samarqandda uchta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi

Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.

11 oktabr 2019, 17:48

Uchta tuman yer osti suvlaridan tejab foydalanishga o‘tadi

Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.

11 oktabr 2019, 14:10

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida bosh shifokor va 4 xodim vazifasidan ozod qilindi

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting