Jamiyat

18 sentabr 2020, 12:32

Hafta yakunida havo salqinlashadi

Kelgusi kunlarda Volga mintaqasidagi sovuq havoning Markaziy Osiyo tomon yo‘nalishi sabab havoning biroz sovishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18 sentabr 2020, 12:27

O‘zbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi

Jahon bankining 2020 yil uchun e’lon qilingan inson kapitali indeksida ilk bor O‘zbekiston ham qatnashib, 62 foizlik natija bilan MDH davlatlari orasida Belarus (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog‘istondan (63 foiz) keyingi o‘rinni egalladi.

18 sentabr 2020, 11:05

Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlari soni 30 million kishidan oshdi

Dunyo mamlakatlari bo‘ylab koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingan bemorlar soni 30 million kishidan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

18 sentabr 2020, 10:55

JIDU va Vestminster universitetining Toshkentdagi filialiga yangi rektorlar tayinlandi

Komiljon Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga, Baxrom Mirkasimov esa Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga rektor etib tayinlandi.

17 sentabr 2020, 21:51

Xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlar 14 kunlik karantinga olinmaydigan bo‘ldi.

17 sentabr 2020, 20:54

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi

Urganchda xalqaro Binary (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. Filialda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.

17 sentabr 2020, 18:32

Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘tashadi

Pandemiya davrida «qizil», «sariq» hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yo‘lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqidagi test natijasini ko‘rsatishi va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashishi shart qilib qo‘yildi. «Yashil» hudud mamlakatlaridan kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).

17 sentabr 2020, 16:47

Jizzaxda vafot etgan o‘quvchi qizning o‘lim sababi haqida ma’lumot berildi

Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisining dars vaqtida to‘satdan vafot etgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qizning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

17 sentabr 2020, 16:10

«Ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emas» — senator artistlar haqida

Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.

17 sentabr 2020, 14:52

Qanday holatlarda fuqarolarni tasvirga tushirish va undan foydalanish mumkin: qoida va istisnolar

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilishga qaratilgan alohida modda kiritilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, har qanday fuqaroning foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi kerak bo‘ladi. Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov fuqaro tasviridan foydalanishga rozilik olish talab etilmaydigan istisno holatlar bo‘yicha izoh berdi.

17 sentabr 2020, 14:47

Xonanda o‘z to‘yida niqob taqmagani uchun 1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.

17 sentabr 2020, 13:10

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi

17 sentyabr kuni ertalab Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in chiqdi.

17 sentabr 2020, 12:54

Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlariga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ko‘plab tumanlarida yashovchi aholi elektr energiyasi o‘chirilganidan shikoyat qildi. Qarzdorlik uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan, bir necha soat davomida tarmoqqa ulanmagan. «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, bir vaqtning o‘zida ommaviy o‘chirish va qayta ulash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimiga yuklanish ortishi natijasida tizim qayta ulanishni 4−5 soatga kechikib amalga oshirgan.

17 sentabr 2020, 12:35

Sevishganlar bir-birini pichoqladi, qiz shifoxonada vafot etdi

Namanganda 5 yildan buyon sevishib kelayotgan ikki yosh ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish maqsadida bir-birini pichoqladi. Qiz vafot etdi, yigit shifoxonada.

17 sentabr 2020, 12:30

1 trln so‘mni naqdlashtirib, 30 mln dollarni xorijga chiqargan jinoiy guruh fosh etildi

1 trln so‘m mablag‘ni naqdlashtirgan, 30 mln dollarni chet elga chiqarib yuborgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi. Aniqlanishicha, jinoiy guruh 300 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni sohta rahbarlarning hisobiga tushirgan va keyinchalik ushbu mablag‘lar sherik banklarda naqdlashtirilgan. Har bitta operatsiyada o‘rtacha 500−600 ming dollardan naqdlashtirilgan.

17 sentabr 2020, 11:58

IIB xodimlari kaltaklab o‘ldirgan fuqaroning xotini ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi

Chiroqchi tumanida IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchilarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so‘radi. «Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim qaytib kelmaydi», — dedi marhumning xotini. Sud jarayoni davom etmoqda.

17 sentabr 2020, 10:54

Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida, 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Holat sababi hozircha noma’lum.

16 sentabr 2020, 23:51

«Migratsiya, bu — eksport, ishchi kuchi eksporti» — Mehnat vazirligi

Mehnat vazirligi nima uchun O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishlashga jo‘natishdan avval majburiy o‘qitishga qaror qilingani, shuningdek, qonuniy va noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berdi. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, hozirda Rossiyada 600 ming o‘zbekistonlik hujjatlarsiz ishlamoqda, 421 ming kishi esa deportatsiya qilinib, RFga kirishga taqiq olgan.

16 sentabr 2020, 18:51

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi olamdan o‘tdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

16 sentabr 2020, 18:28

Mehmonxonalarda ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etildi

Mehmonxonalar, sanatoriylar, dam olish maskanlari va boshqa shu kabi muassasalar xizmatlaridan foydalanadigan barcha fuqarolar joylashish vaqtidan boshlab, qancha muddat bo‘lishidan qat’i nazar E-Mehmon tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting