Jamiyat

17 iyun 2020, 19:48

Samarqanddagi baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 200 kv m maydonda saqlanayotgan ikkilamchi xom ashyo va dastgohlar yongan, 800 kv m maydondagi tayyor mahsulotlar va uskunalar esa saqlab qolingan.

17 iyun 2020, 19:30

O‘z yurtiga qayta olmayotgan xorijliklar hikoyasi

Koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralarning yopilishi va aviaqatnovlarning to‘xtatilishi sababli o‘z yurtiga qaytolmay, O‘zbekistonda qolgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari o‘z hikoyalarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishishdi. Qahramonlarimiz turli xil hissiyotlarni boshdan kechirishgan: kimdir o‘z taqdirini uchratgan bo‘lsa, kimdir farzandining tug‘ilishini o‘tkazib yuborgan.

17 iyun 2020, 17:24

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 200 mlrd so‘m ajratildi

“Sardoba” suv ombori talofatidan zarar ko‘rgan hududlarda ta’mirlash ishlari uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Qurilish vazirligi ushbu mablag‘ qanday ishlatilishi borasida hisobot berdi.

17 iyun 2020, 15:45

O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 12 mamlakat harbiylari, jumladan, O‘zbekiston vakillarining ham qatnashadi. Ayni paytda xorijlik harbiylar Moskvaga yetib borgan.

17 iyun 2020, 14:44

Karantin sababli prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga karantin davrida saralash imtihonlarini o‘tkazish va Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga belgilangan sanalarda kela olmasliklari sabab qilib ko‘rsatildi.

17 iyun 2020, 13:18

Termiz kirib-chiqish uchun yopilib, bir qator yumshatishlar bekor qilindi

Surxondaryoda karantin vaqtida to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi oqibatida 250 dan ortiq kishi karantinga olindi. Termiz ham kirib-chiqish uchun yopildi.

17 iyun 2020, 10:37

O‘zbekistonda «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» tashkil etildi

Jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib, uning asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

16 iyun 2020, 20:04

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

16 iyun 2020, 18:06

Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi

Shuhrat Sattorov Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi.

16 iyun 2020, 17:07

O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi

21 iyun kuni O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.

16 iyun 2020, 16:21

Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori etib tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi. U madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

16 iyun 2020, 15:17

O‘zbekiston shaharlarida yana zilzila sezildi

Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Bir kun ichida ikkinchi marta yer osti silkinishlari qayd etildi.

16 iyun 2020, 13:56

Samarqand viloyat IIB YHXB noqonuniy jarimaga tortilgan haydovchiga tovon to‘laydigan bo‘ldi

Samarqand viloyat IIB YHXB asossiz jarimaga tortilgan oqdaryolik haydovchi foydasiga 1,5 mln so‘m ma’naviy zararni to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, dastlab to‘langan davlat boji va pochta xarajati ham IIB YHXBdan undiriladigan bo‘ldi.

16 iyun 2020, 13:00

Kamoliddin O‘rinboyev Davlat konservatoriyasi rahbari bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Yoshlar simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Kamoliddin O‘rinboyev Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi.

16 iyun 2020, 11:03

Shifokorlarning farmatsevtik tashkilotlardan manfaatdor bo‘lish holatlariga chek qo‘yiladi

Tibbiyot xodimlarining bemorlarga dori vositalarini tayinlashida farmatsevtik tashkilotlardan manfaatdor bo‘lish holatlarining oldi olinadi. Shu maqsadda, tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatiga qator cheklovlar qo‘yiladi.

16 iyun 2020, 06:56

Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Tojikistonda joylashgan bo‘lib, markazda magnituda 5,5 ni tashkil etdi.

15 iyun 2020, 23:28

Yangi hafta bir oz salqin bo‘ladi

Sinoptiklar yaqin kunlarda havo harorati bir oz tushib, +30…+35 daraja atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

15 iyun 2020, 21:38

Deputat: Bo‘lib o‘tgan holatlar IIV rahbariyatining iste’fo vaqti kelganini ko‘rsatmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Andijonda IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa olingan fuqaroning o‘limi yuzasidan munosabat bildirar ekan, IIV rahbariyatining iste’fo vaqti kelganini ta’kidlab o‘tdi.

15 iyun 2020, 18:49

«Huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozim» — Yuksalish

«Yuksalish» umummilliy harakati Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari orqali olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini va ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

15 iyun 2020, 18:33

Siyosiy partiyalar Andijondagi holat yuzasidan munosabat bildirishdi

“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting