Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa qayiqsoz va uning dengiz fojiasi haqida film suratga olindi. Unga Nozim To‘laxo‘jayev rejissyorlik qilgan.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi.
Hafta davomida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havoning ancha ilishi kutilmoqda, kechasi sovuq tushadi, kunduzi esa harorat +7… +12 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2019 yil davomida 650,3 ming kishi yoki 2 foizga ko‘payib, 33,9 million kishiga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus infeksiyasi sababli Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligida qo‘shinlar jangovar shayligi to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi mehnat shartnomalarini YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi boshlandi.
Chiroqchi tumanida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs tergov payti vafot etdi. Prokuratura IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
«Hokim topshirig‘i bilan yurgan» hamda jurnalistga o‘shqirgan shaxs ishdan bo‘shatildi. Mutasaddilar masalaga oydinlik kiritdi.
Jizzax viloyatida 8, 12 va 14 yoshdagi uch aka-uka is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi, ularning onalari kasalxonaga yotqizildi.
Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga yetkazildi. Marhumlar ishlagan «Grinvud» o‘rmon kesish kompaniyasi direktori esa qo‘lga olindi.
Milliy bog‘ hududida attraksionlar, Misr piramidalari ko‘rinishidagi kinoteatr va 20 metr tunnelli okeanariumni o‘z ichiga olgan Magic City oilaviy bog‘ qurilmoqda. Ochilish sentyabrga mo‘ljallangan. «Gazeta.uz» muxbiri loyiha taqdimotida ishtirok etdi.
Navoiy davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,7 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi.
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li, Ahmad Donish va Yangi Sirg‘ali ko‘chalari bu yil rekonstruksiya qilinadi. Birinchi ikkita ko‘chada velosiped va piyodalar yo‘laklari barpo etiladi.
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishi o‘qish davri kamayishini aytgandi. Ushbu yangilik qaysi yo‘nalishlarga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv xonalaridan birida zilzila paytida shift tushib ketgan. Qurilish vazirligi holat yuzasidan axborot berdi.
Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.
Aktyor Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. U «5-studiya» bilan mehnat faoliyatini davom ettiradi.
Mart oyidan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi. Safar besh soat davom etadi.
Fuqarolarning shikoyatlaridan so‘ng Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi litsenziyasining amal qilishi vaqtincha to‘xtaldi. Agentlik 10 kun muddatda fuqarolar oldida majburiyatini bajarishi lozim.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting