Jamiyat

3 fevral 2020, 09:41

Chet eldagi fuqarolarga xorijga chiqish pasportini berish tartiblari tasdiqlandi

Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi belgilandi.

2 fevral 2020, 16:09

Pekin aeroportida qolib ketgan talabalarga yordam beriladi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi parvoz bekor qilinganligi sababli Pekin aeroportida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlik talaba bilan bog‘landi.

2 fevral 2020, 15:49

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jamshid Karimov IIV YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

2 fevral 2020, 09:46

4-fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatiladi

Uzbekistan Airways 4-fevraldan Pekin va Urumchiga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 23:39

YHXBBga 138 ta yangi xizmat avtomobili topshirildi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga zamonaviy uskuna va anjomlar bilan jihozlangan 138 ta avtomobil topshirildi.

1 fevral 2020, 17:33

Metro fojiasi bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi

Metroning Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan fojia bo‘yicha maxsus komissiyaning qisman xulosasi e’lon qilindi. Vafot etganlarning oilalariga qariyb 262 mln so‘m bir martalik nafaqa belgilangan.

1 fevral 2020, 13:22

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtoyo‘lda Cobalt Damas bilan to‘qnashdi. Besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

31 yanvar 2020, 19:13

Toshkentdagi «Lafarga» qabristoni atrofidagi voqealar tafsiloti

Bolalar bog‘chasi oldida samosval tashib keltirgan tuproq uyumidan suyaklar chiqdi. Tuproq «Lafarga» qabristoniga yaqin joydan olib kelingan edi. Suyak parchasi ekspertizaga topshirildi. Qabristondagi eski masjid o‘rniga yangisi qurilayotgani, bu ishlar qabristonga ta’sir qilmasligi ma’lum qilindi.

31 yanvar 2020, 15:14

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylandi.

31 yanvar 2020, 14:58

O‘rtachirchiq tumani hokimining o‘rinbosari maktablar faoliyatiga asossiz aralashganligi uchun «hayfsan» oldi

O‘rtachirchiq tumanidagi 6 ta umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotiga xalal bergan holda tekshiruv o‘tkazgan tumani hokimi o‘rinbosari Farhod Sultonovga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

31 yanvar 2020, 14:19

Dam olish kunlari havo haroratining 15 darajagacha ilishi kutilmoqda

Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq bahoriy ob-havo hukmronlik qiladi, kunduzgi harorat +10…+15 darajani tashkil etadi.

31 yanvar 2020, 12:11

Maydon paranoyyasi

O‘zbekistonliklardan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni kutishmoqda, ammo vositalarni berganlari yo‘q. Notijorat tashkilotlar haqiqiy faoliyat erkinligiga ega bo‘lishlari kerak, deb hisoblaydi Nikita Makarenko.

30 yanvar 2020, 23:04

Vazir Xitoydan keluvchilarning kirishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sababli Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan kirib kelishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi.

30 yanvar 2020, 16:56

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqdi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Chiroqchi IIBda bir kishini kaltaklaganidan keyin iste’foga chiqdi.

30 yanvar 2020, 15:04

IIBda odam o‘limi hodisasi Bosh prokuror nazorati ostiga olingan

Chiroqchi IIB xodimlarining gumondorni o‘lgunicha kaltaklanishi va jinoyatni yopishga urinishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov harakatlari bosh prokuror nazoratiga olindi, deya xabar qildi Senat.

30 yanvar 2020, 10:14

«Qamalib qolsam bir oyga bormay o‘lib ketsam ­kerak», deb o‘ylardim — Said-Abdulaziz Yusupov

Jurnalist va OAVni rivojlantirish jamg‘armasining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov qamalgandan keyingi kechinmalari to‘g‘risida maqola yozdi. Maqola JIEBB muassisligidagi gazetada e’lon qilindi.

30 yanvar 2020, 10:01

Sud maktab direktorlariga tayinlangan ma’muriy jazoni bekor qildi

Xo‘jayli tuman ma’muriy sudi paxta terimi vaqtida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib jarimaga tortilgan to‘rtta maktab direktorlariga tayinlangan jazoni bekor qildi.

30 yanvar 2020, 09:49

Xitoyning koronavirus tarqalgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba bor — Senat

Senat Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba borligini ma’lum qildi.

29 yanvar 2020, 17:41

Abdulla Aripov koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov koronavirusning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Chegarada sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda, tibbiy muassasalarda zaxira o‘rinlari va dori-darmonlar tayyorlab qo‘yildi.

29 yanvar 2020, 17:19

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga safarlardan saqlanishni tavsiya qildi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga yangi turdagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli Xitoyga har qanday sayohatlardan saqlanishni tavsiya qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting