28 yanvar, seshanba

Jamiyat

Madina va Azizbek — 2017 yilda eng ommabop bolalar ismlari 

2017 yilda tug‘ilgan go‘daklarga Madina va Azizbek ismlari eng ko‘p qo‘yildi. Mamlakatda 14382 ta juft, 138 ta uchlik va bir holatda to‘rtlik egizak tug‘ildi. Eng og‘ir chaqaloq vazni — 9,87 kg.

IIV YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjalga izoh berdi 

IIV yo‘l-patrul xizmati xodimlari va mast holatdagi Nexia avtomobili haydovchisi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videorolikka izoh berdi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashda qatnashgan fuqarolar rag‘batlantiriladi 

Jinoyatga tayyorgarlik to‘g‘risidagi ishonchli xabar uchun fuqaro pul mukofoti olishi mumkin.

Harbiy poligon qurilishi bilan bog‘liq firibgarlikka barham berildi 

Korxona direktori Samarqand viloyatida harbiy poligon qurilishi tenderida qatnashishga yordamlashaman deb 50 ming dollar talab qildi.

Poytaxt aeroportidagi taksichilar faoliyati tartibga solinadi 

Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent aeroporti havo bandargohidan chiqishdagi taksichilar faoliyatini tartibga solishga kelishib oldi.

Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari Vatanga olib kelindi 

Rossiyada is gazidan zaharlanib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Vatanga olib kelindi.

IIVda ilk bor guvohlik beruvchi va jabrlangan bolalar uchun maxsus xona tashkil etildi 

Ichki ishlar vazirligida YUNISEF ko‘magida bolalarga do‘stona muhit yaratilgan tergov harakatlari xonasi ochildi.

Toshkentda ikki ayol avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi 

Toshkentning Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi 

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv fevral-martda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston aholisi soni 32,6 milliondan oshdi 

Yil davomida O‘zbekiston aholisi 533,4 ming kishiga ko‘payib, 32,6 milliondan oshdi.

Shvetsiyaning Danfo kompaniyasi hojatxonalar tarmog‘i operatori bo‘lishi mumkin 

Shvetsiyaning avtomatlashtirilgan Danfo hojatxonalarini ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari tarmog‘i operatori bo‘lishi mumkin.

MTV rahbari ikkita bolalar bog‘chasi faoliyatida kamchiliklarni aniqladi 

Maktabgacha ta’lim vaziri poytaxtdagi ikkita bolalar bog‘chasi faoliyatida qator kamchiliklarni aniqladi.