7 avgust, juma COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

27 iyul 2020, 12:21

O‘zbekiston aholisi yarim yilda 286,5 ming kishiga o‘sdi

O‘zbekiston aholisi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 286,5 ming kishiga o‘sgan. Mamlakatda bu vaqt oralig‘ida 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.

27 iyul 2020, 11:36

Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirildi

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.

27 iyul 2020, 11:07

Ichki ishlar mulozimi «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga beshtadan bayonnoma tuzishni buyurdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.

26 iyul 2020, 19:42

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qo‘llanma

5 avgustga qadar talabalar o‘qishlarini boshqa OTM yoki fakultetga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etamiz.

26 iyul 2020, 15:32

Karantin 15 avgustga qadar uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Qurbon hayiti kuni va dam olish kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi, aholining «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya qilishi tavsiya etildi.

25 iyul 2020, 14:02

26 iyulda Istanbulga qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways 26 iyul kuni Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reysini amalga oshiradi.

25 iyul 2020, 13:56

Qurbon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.

25 iyul 2020, 13:42

«U ham tan olinishga loyiq» — COVID-19dan vafot etgan SEOM xodimining opasi

62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.

25 iyul 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: 7 ta noodatiy desert retseptlari

Zira.uz sizga zefir, keyk-popslar, «Ptiche moloko», «Bashorat qiluvchi pechene» va yana boshqa noodatiy desertlar ro‘yxatini taqdim etadi.

24 iyul 2020, 22:39

Mo‘ynoqda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi loyihaga qo‘l urildi

Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» MCHJ tashkil etilib, qisqa vaqtda ming nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.

24 iyul 2020, 22:18

Sardobada 18 yoshli fuqaro Captiva ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi

Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

24 iyul 2020, 21:19

Jizzaxda yana ikkita YTH: 5 yoshar qizcha va 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.

24 iyul 2020, 18:21

Jizzaxda yuk avtomashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

24 iyul 2020, 18:20

Yarim yil ichida 14−17 yoshli o‘smir qizlar orasida 84 ta tug‘ruq qayd etildi

Yanvar-iyun oylari davomida 14−17 yoshli o‘smir qizlar orasida 84 ta tug‘ruqlar qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.

24 iyul 2020, 16:09

Dam olish kunlari havo issiq va quruq bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi. Kunduzgi harorat 37−40 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Janubda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

24 iyul 2020, 15:37

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi

Litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 1 yanvarga qadar bir qator qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

24 iyul 2020, 14:34

Gulistondagi YTHda bir kishi vafot etdi

Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

24 iyul 2020, 13:58

Toshkent tumanlari hokimlari xalqdan uzr so‘rashdi

Toshkent shahri tumanlari hokimlari COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va oxirgi paytda tumanda qilinayotgan harakatlar haqida ma’lumotlar berish, aholini hamjihatlikka chaqirish maqsadida efir orqali halqqa yuzlanishdi. Ayrim hokimlar COVID-19 oqibatlari uchun xalqdan uzr so‘rashdi.

24 iyul 2020, 13:54

Reyting bo‘yicha maosh

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab o‘qituvchilariga bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichiga qarab maosh to‘lanadi. Bu qaror hozirgi ta’lim tizimini qay darajada inobatga oladi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida Komil Jalilovning maqolasida o‘qing.

24 iyul 2020, 10:23

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi

Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.