Jamiyat

7 avgust 2020, 20:19

«Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov» — Abdulaziz Kamilov

Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.

7 avgust 2020, 19:06

COVID-19 bemorlari tibbiy xizmatlar sifati haqida shikoyat qilishlari mumkin

Toshkent hokimiyati sogboling.uz saytini ishga tushirdi. Sayt yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda, shikoyat qilishlari mumkin.

7 avgust 2020, 18:13

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.

7 avgust 2020, 17:16

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi

2020−2021 o‘quv yili uchun qabul test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanib, 14 kun davomida o‘tkaziladi. Hozirda barcha binolar va stadionlarni jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

7 avgust 2020, 16:40

“Bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechadi” — dotsent

Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova gripp bilan og‘riyotgan bemor qat’iy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqtirmasligini ma’lum qildi. Agarda bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, uning immuniteti pasayib, bu pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

7 avgust 2020, 16:30

Shifokor koronavirusli pnevmoniyani davolash va to‘g‘ri nafas olish haqida

Koronavirusli pnevmoniya oddiy pnevmoniyadan qanday farq qiladi, u qanday davolanadi, kompyuter tomografisining ahamiyati nimada, nafas olish bo‘yicha qanday mashqlar qilish mumkin? Anhor.uz nashrining koronavirus bemorlarini davolovchi ftiziatr Nadejda Shklovets bilan intervyusini taqdim etamiz.

7 avgust 2020, 15:01

Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

Shanba va yakshanba kunlari aksariyat viloyatlarda harorat biroz pasayib, kunduzi 33−38, kechasi 20−25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.

7 avgust 2020, 13:37

Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident mutasaddilarga chekka hududlarni ham internet bilan ta’minlash hamda talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklarini ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

7 avgust 2020, 13:30 1

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Sentabrdan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Oktabr oyida 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiyaning yumshashiga qarab an’anaviy tizimga yana qaytish ehtimoli bor.

7 avgust 2020, 13:09

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi» — Senat raisi

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur», — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norbayeva.

7 avgust 2020, 13:02 1

Tanzila Norbayeva «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qildi

Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.

7 avgust 2020, 11:45

Bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

7 avgust 2020, 10:53

Ishsizlarga ajratilishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m talon-taroj qilindi

Chilonzor tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori til biriktirib, ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishini ko‘zg‘atdi.

6 avgust 2020, 23:13

Yil oxirigacha 4200 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadagi qurilishlarga ishga joylashadi

Yil oxiriga qadar Rossiyadagi yirik qurilish maydonchalarida 4200 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis rasman ish joyiga ega bo‘ladi.

6 avgust 2020, 22:48

Olmazor tumanida ayol kishi simyog‘ochdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida ayol kishi o‘zini voltli elektruzatish tarmog‘i ustuni tashlamoqchi bo‘ldi. IIBB va yong‘in-qutqarish qismi xodimlari uni pastga tushirishdi.

6 avgust 2020, 21:55

Qariyb 2000 o‘zbekistonlikni Rossiyadan olib kelish boshlandi

O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.

6 avgust 2020, 18:11

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

12−13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlanadigan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi taklifiga muvofiq tayyorlangan BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasi muhokama qilinadi.

6 avgust 2020, 17:31

Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi

Toshkentning Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahallani Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Tuman hokimi Farhod Abdullayev ular bilan uchrashuvda poytaxt va viloyat chegaralarining o‘zgarishi hozirda loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani shahar hokimi bilan muhokama qilishga va’da berdi.

6 avgust 2020, 16:41

Toshkent shahri va viloyati hududida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Mirzo-Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini viloyat hududiga o‘tkazish va Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylantirish mo‘ljallangan.

6 avgust 2020, 14:31

Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan veb-sayt ishga tushirildi

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bank Finlit.uz axborot-ta’lim veb-saytini ishga tushirdi. Unda iqtisod, bank va moliya sohasiga tegishli maqolalar, o‘quv materiallari e’lon qilinadi, interaktiv xizmatlar va loyihalar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtirib boriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting