Jamiyat

10 dekabr 2020, 11:57

2021 yil uchun abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Davlat test markazi 2020−2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qildi.

10 dekabr 2020, 11:42

O‘zbekistonga AQSHdan 6 nafar xalqaro professor o‘qituvchilar keladi

O‘zbekistonga 6 nafar amerikalik professor o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda. Ular Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.

10 dekabr 2020, 11:00

Buxoroning yana bir tumani aholisi gaz ta’minotidagi uzilishlar sababli yo‘lni to‘sdi

Buxoroning yana bir tumanida gaz ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholi avtomobil yo‘lini to‘sdi. Uzilishlarga gaz bosimi uch baravariga tushib ketganligi sabab bo‘lganligi aytildi.

9 dekabr 2020, 23:08

Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Buxoro viloyati aholisi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi. O‘tgan yili ham turli hududlar aholisi gaz va elektr energiyasi taqchilligi sababli yo‘llarni yopib qo‘yishgan edi.

9 dekabr 2020, 18:44

«Gazeta.uz» — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tanlovining g‘oliblaridan biriga aylandi

«Gazeta.uz» nashri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tanlovi doirasida «Korrupsiyaga qarshi targ‘ibotda eng faol ommaviy axborot vositalari» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

9 dekabr 2020, 18:18

Uchta viloyatda pensiya pullarining o‘z egalariga yetib bormagani aniqlandi

Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida «Halq banki» sayyor kassalari xodimlari pensiya to‘lovi ro‘yxati chiqarilganiga qaramasdan, pullarni o‘z vaqtida nafaqaxo‘rlarga yetkazib bermagani aniqlandi. Pensiya bir necha oy davomida sababsiz yetkazib berilmagan. Hozirda to‘lovlar kechikishiga sababchi bo‘lgan shaxslar ishdan bo‘shatilgan.

9 dekabr 2020, 18:09

Toshkent shahridagi yana 2 ta koronavirusni davolashga ixtisoslashgan markazlar yopildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markaziga va «Universal» sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatildi.

9 dekabr 2020, 17:39

O‘zbekistonda ilk bor elektron apostil joriy etiladi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Apostil qo‘yishni elektron ko‘rinishga o‘tkazish belgilanmoqda. Apostilni maxsus elektron dasturi orqali himoyalangan elektron hujjat shaklida qo‘yish taklif etilmoqda.

9 dekabr 2020, 16:31

Talablarni bajarmagan barcha gaz quyish shahobchalari o‘chiriladi — Energetika vaziri o‘rinbosari

Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Narmatov gaz hajmini o‘lchagichlarni ulanish nuqtasiga olib chiqishi kerak bo‘lgan, lekin bu talabni bajarmagan AGTKSHlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi, Prezident qaroridagi punktlarni bajarmagan shahobchalar o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi.

9 dekabr 2020, 15:55

Aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi

9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash kabi choralar qo‘llash taklif etildi.

9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

9 dekabr 2020, 15:37

Madaniyat vazirligi Toshkent kurantlaridagi tasmalarni olib tashlashni talab qildi

Madaniy meros ob’ektlari reyestriga kiritilgan Toshkent kurantlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bilan kelishilmasdan tasmalar bilan bezatilgani ma’lum qilindi.

9 dekabr 2020, 15:35

Mo‘ynoq tumani ekologiya inspektori YTH oqibatida vafot etdi

Mo‘ynoq tumani ekologiya inspeksiyasi hodimlari reyd paytida avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida inspektor Sh. Torejanov og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi.

9 dekabr 2020, 13:16

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori

Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

9 dekabr 2020, 13:00

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?

Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.

9 dekabr 2020, 12:52

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasining bosh ofisi ochildi. Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqalar ishtirok etdi.

9 dekabr 2020, 12:08

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

9 dekabr 2020, 11:17

Boshqalarga achinishni bilmaydigan qatlam keng bo‘lsa, buning oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi — siyosatshunos

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonda «Mehr-3» aksiyasiga salbiy munosabatlar hayratlanadigan darajada ko‘pligiga e’tibor qaratib, jamiyatda boshqalarga achinishni bilmaydigan, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni inkor etadigan qatlam keng bo‘lsa, buning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari yaxshi bo‘lmasligini ta’kidladi.

8 dekabr 2020, 21:54

So‘rovnoma: 2020 yil nimasi bilan yodingizda qoldi

Ko‘pchiligimiz uchun o‘tib ketayotgan yilning voqealari kutilmagan, sinovlari esa og‘ir bo‘ldi. «Gazeta.uz» o‘z o‘quvchilaridan 2020 yil voqealariga o‘z munosabatlarini, taassurotlarini yoki hikoyalar bilan bo‘lishishlarini so‘ramoqda. So‘rovnomadan so‘ng biz ba’zi hikoyalarni e’lon qilamiz.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting