Jamiyat

5 dekabr 2020, 16:43

Tuman hokimlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan oldi

4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.

5 dekabr 2020, 15:30

Kadastr agentligi rahbarlarining 61 foizi attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi

Noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, rahbarlarning 61 foizi undan o‘ta olmagan.

5 dekabr 2020, 13:31

O‘zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi tashkil etildi

4 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

5 dekabr 2020, 11:12

Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar tayinlandi

Oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi.

5 dekabr 2020, 10:30

Qanday foydali yeguliklar tayyorlash mumkin: to‘g‘ri ovqatlanish uchun retseptlar

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga oid retseptlar to‘plamini taqdim etadi.

4 dekabr 2020, 19:30

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi

O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.

4 dekabr 2020, 18:30

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin

Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.

4 dekabr 2020, 18:07

Qashqadaryo viloyatida nosoz yo‘l sabab ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida «Matiz» avtomashinasi nosoz yo‘lni aylanib o‘tish chog‘ida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Mazkur YTH oqibatida ikki kishi vafot etgan.

4 dekabr 2020, 16:31

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayib, havo harorati odatdagidan biroz past bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 4−7 daraja iliqqacha ko‘tarilib, kechalari 4−7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17−20 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

4 dekabr 2020, 16:29

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. Preparat namunalari O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun yetkazildi.

4 dekabr 2020, 16:01

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Fayzulla Mamanov Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

4 dekabr 2020, 13:58

«Pulimiz bor, hududlarda ham, tarmoqlarda ham imkoniyatimiz bor, lekin loyiha yo‘q» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident mamlakatdagi ilm-fan sohasidagi yutuq va kamchiliklar haqida nutq so‘zlab, OTMlarda ilmiy tadqiqotlar darajasi o‘ta past, ilm va innovatsiya masalalari bo‘yicha mas’ul prorektorlar umuman ishlamayotganini qayd etdi. Bundan tashqari, hududlardagi suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi.

4 dekabr 2020, 12:25

Rossiyaga olib borilgan quruq mevalarda zararli organizm aniqlandi

O‘zbekistondan Rossiyaga yetib borgan 1 tonna quritilgan o‘riklar orasida karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm — kapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangan. Ushbu partiya Rossiya fitosanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi o‘zbekcha sertifikat bilan Rossiyaga olib kirilgan. Kapr qo‘ng‘izi O‘zbekistonda rasmiy ravishda yo‘q qilingan ob’ekt hisoblanadi.

4 dekabr 2020, 10:01

Andijonlik blogerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi

Andijon viloyati prokuraturasi bloger Otabek Nuritdinovga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini bekor qildi. Avvalroq Andijon shahridagi 25-maktab direktori o‘rinbosari Gulchehra Mirzayevaning shikoyatidan so‘ng ish ochilgan edi.

3 dekabr 2020, 19:20

G‘ildirakdagi karantin

Natasha va Lyuda — Smolensk viloyatidan bo‘lgan opa-singillar. 2019 yilda ular ishdan bo‘shash uchun ariza yozib, iti Yuni o‘zlari bilan olib, Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p oylik velosayohatiga chiqdilar. Ularni barqaror ish joyini velosiped egariga, issiq orom ko‘rpalarni sayyohlik chodiriga almashtirishga nima majbur qildi va uyni yo‘lda his qilish nima ekanligi haqida — “Gazeta.uz” materialida.

3 dekabr 2020, 16:55

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, u blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin olib borishlariga ta’qiqlar qo‘yilmasligini va bunday vaziyatlarda ximoya choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

3 dekabr 2020, 16:31

2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

3 dekabr kuni qabul qilingan prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yilda 2−3 sentyabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

3 dekabr 2020, 16:02

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashadi. O‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

3 dekabr 2020, 15:53

Sodiq Safoyev: «So‘z erkinligi bo‘lmaganida, pandemiya davrida ahvolimiz ancha murakkab bo‘lardi»

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirus pandemiyasi davridagi so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. «So‘z erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat ko‘rsata olmaydi», — deya ta’kidladi u.

3 dekabr 2020, 15:24

Yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting