Jamiyat

28 mart 2022, 16:37

O‘zbekistonda qaysi hokim o‘z qarorlarini tez-tez bekor qilib turadi?

28 mart holatiga e-qaror.gov.uz elektron tizimida 221 ta viloyat, tuman, shahar hokimiyatlari qabul qilgan 76 mingga yaqin hokim qarorlari haqida ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hokimiyatlar bir yil ichida kuniga o‘rtacha 177 ta qaror qabul qilgan. Qarshi shahar hokimi esa o‘rtacha har ikki kunda o‘zi tomonidan qabul qilingan bitta qarorni bekor qiladi.

28 mart 2022, 16:22

Shveysariya kompaniyasi suvni virus va bakteriyalardan 99,99 foizgacha tozalaydigan texnologiyalarni taklif qildi

Shveysariya kompaniyasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslar, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif berdi. Ekoqo‘mita hamkorlik imkoniyatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

28 mart 2022, 15:56

Surxondaryodagi chegara bojxona postida kartoshka orasidan 154 kg «gashish» topildi

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan 22 tonna kartoshka orasiga 154 kg «gashish» yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasi kartoshkalar ko‘rinishida qadoqlangan.

28 mart 2022, 15:16

Xarkovda o‘zbek diasporasi rahbari aholi uchun bepul tushliklar tarqatmoqda

Bir necha haftlardan beri o‘qqa tutilayotgan Ukrainaning Xarkov shahrida mahalliy aholi “Navro‘z” o‘zbek oshxonasi restoranida bepul tushlik olishlari mumkin. Bu — restoran egasi va Xarkovdagi o‘zbek diasporasi rahbari Shahobiddin Yusupovning tashabbusi. “Gazeta.uz” uning hamkasbi, restoran boshqaruvchisi Meydan Muxamedyarov bilan suhbatlashdi.

28 mart 2022, 14:41

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan Lacetti tezkor tadbir davomida to‘xtatildi (video)

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimlarining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmasdan, qochishga urindi. Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Haydovchini ushlash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

28 mart 2022, 11:54

«Inson huquqlari uyi» tashkil etildi

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» tashkil etildi.

28 mart 2022, 11:50

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Mart oyi oxirigacha respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat seshanba kuni ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat janubda +25 darajagacha ko‘tariladi.

28 mart 2022, 11:35

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.

28 mart 2022, 11:25

Namangandan Olmaotaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.

28 mart 2022, 10:59

Surxondaryoda tadbirkor 220 ming dollar kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Muzrabot tumanida korxona rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun ajratilgan 220 ming dollar kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Uning asl bahosi 737,8 mln so‘m bo‘lgan bino narxini sun’iy ravishda oshirib, uni 2,5 mlrd so‘mga garov ta’minoti sifatida qo‘ygani ham aniqlandi.

28 mart 2022, 10:14

O‘zbekistonga 2,1 mlndan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi yana 2,1 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

28 mart 2022, 01:16

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

Keksa yoshdagilar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi, ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi, UzAuto Motors avtomobili faqat xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi, noqonuniy daraxt kesish holatlarini suratga olib yuborganlarga pul to‘lanadi, nogironlik nafaqasi va pensiyasi oshiriladi, farzandini xususiy bog‘cha va maktabga berganlar daromad solig‘idan ozod etiladi — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

27 mart 2022, 15:24

Samarqand viloyatida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida MCHJ rahbari jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, pulning 100 ming dollarini olayayotgan vaqtda ushlandi.

27 mart 2022, 15:12

DBQ rahbariyati va qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga ikkita o‘rinbosar, beshta hududiy bojxona boshqarmasi hamda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga rahbarlar tayinlandi. Shuningdek, oltita hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

27 mart 2022, 13:54

Sirdaryoda DSB boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan olgan porasini qaytarayotganda ushlandi

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 14,5 ming dollar pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganida ushlangan.

26 mart 2022, 16:12

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.

26 mart 2022, 13:54

Toshkentda kuzatilayotgan shamol tufayli haydovchilardan mashinalarini daraxt tagida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol sababli haydovchilardan avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

26 mart 2022, 13:16

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi

Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

26 mart 2022, 12:46

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.

26 mart 2022, 11:49

Farg‘ona viloyatida uchta shahar hududini kengaytirish taklifi bildirildi

Farg‘ona viloyatida tumanlar yerlari hisobidan shaharlar hududini kengaytirishga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlaridan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan bir qismini Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting