Jamiyat

19 mart 2022, 09:44

Toshkentda motor moyi omborxonasi yonib ketdi

Yashnobod tumanidagi «Orient Logistics Center» korxonasining motor moyi mahsulotlari omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatida binoning 2000 kv. metr maydonidagi moy mahsulotlari zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

18 mart 2022, 22:00

18 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan Shavkat Mirziyoyev, 2025 yilgacha QQS va bojxona bojidan ozod qilingan import tibbiy jihozlar, ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilgan poliklinikalar, Ohangaronda 20 ming dollar pora olayotganda ushlangan hokimlik xodimi, ayrim shifokorlarga belgilanadigan 100 foizgacha oylik ustama, Samarqand aeroporti ochilgani, Navro‘zda qor yog‘ishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

18 mart 2022, 18:46

Samarqand xalqaro aeroporti foydalanishga topshirildi

Juma kuni Samarqand xalqaro aeroportining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Majmua soatiga 800 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi va «Ochiq osmon» rejimida ishlaydi. 2022 yilda aeroportdan Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul, Olmaotaga, 2023 yildan boshqa shaharlarga parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

18 mart 2022, 17:47

Navro‘z bayrami kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Navro‘z bayrami kuni respublikaning to‘rtta hududidan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi kuchsiz sovuq saqlanib turadi. Kunduz kuni harorat biroz ko‘tariladi. 23 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda.

18 mart 2022, 16:29

Poliklinikalar faoliyati soat 20:00 gacha uzaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilishini ma’lum qildi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

18 mart 2022, 16:19

Ohangaronda hokimlik xodimi 20 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimligi xodimi fuqaroga auksion savdosida 500 gektarlik yaylovni 35 ming dollarga evaziga olib berishni va’da qilib, pulning 20 ming dollarini olayotganda ushlandi.

18 mart 2022, 15:49

Vodiydagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

Respublikada kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sababli vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati soat 18.00 dan vaqtincha to‘xtatiladi.

18 mart 2022, 15:23

Bolalar tilanchiligi bizning umumiy fojiamizdir — bolalar ombudsmani

Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova bolalarni ekspluatatsiya qilishni zamonaviy qullik va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik deb baholadi. Ombudsman fuqarolarni yo‘llarda tilanchilik qilayotgan bolalarga pul bermaslikka chaqirdi.

18 mart 2022, 15:14

Talabalarning aylanma varaqani to‘ldirish amaliyoti bekor qilindi

OTMni tugatgan yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarning aylanma varaqani to‘ldirish amaliyoti bekor qilindi. Endilikda bu jarayon onlayn tarzda amalga oshiriladi.

18 mart 2022, 14:47

Shifokorlarni litsenziyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident xorij tajribasi asosida klinikalarni emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish kerakligini ta’kidladi. «Bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, tibbiyot xodimlarini malaka oshirishga majburiy yuborish talab etilmaydi», — dedi u. Qolaversa, yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi «elektron sog‘liqni saqlash» tizimi yaratiladi.

18 mart 2022, 14:26

Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi

Bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) jasadi Toshkentdagi uyida qotillik alomatlari bilan topildi. Prokuratura hodisani tergov qilmoqda.

18 mart 2022, 14:24

Tibbiyot OTMlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5−6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali yiliga 7 mingga yaqin talaba ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

18 mart 2022, 12:05

Sovuq harorat tufayli agrarchilarga yordam berish bo‘yicha tezkor guruhlar tuzildi

Respublika bo‘yicha mevali bog‘ va tokzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlarini sovuq urishidan asrash bo‘yicha tezkor guruhlar tuzildi. Ular soha olimlari bilan birgalikda agrarchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.

18 mart 2022, 11:58

2025 yilgacha «Tez yordam»dagi «Damas"lar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

2022−2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha «Damas» va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Jumladan, reanimatsiya mashinalari ham olib kelinadi. Buning uchun 65 mln dollar jalb qilinadi.

18 mart 2022, 11:31

Pensiyadagi shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev pensiyaga chiqqan shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bu dastlab Sirdaryoda, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etiladi. Buning uchun alohida klinika ochish talab etilmaydi, shifokor o‘z uyi yoki ijaraga olgan binosida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

18 mart 2022, 10:56

Toshkentda 6 ta mashina ustiga daraxt qulab tushdi

Toshkentning Uchtepa tumanida daraxt qulashi natijasida 6 ta mashinaga shikast yetdi. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

18 mart 2022, 10:15

1 apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanmoqda

1 apreldan Nukusdan Qozog‘istonning Beyneu shahriga (Mang‘istau viloyati markazi) yo‘lovchi poyezd harakati tiklanmoqda. Poyezdlar haftasiga uch marotaba har ikkala tomondan harakatlanadi. Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda.

18 mart 2022, 10:07

“Prava"ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi, ularni yangilash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin

19-martdan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati vaqtincha to‘xtatildi. Davlat xizmatlari agentligi buni texnik va profilaktika choralari bilan izohladi. Bundan tashqari, eski guvohnomalarni yangisiga almashtirish muddatini 2023-yil oxirigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

17 mart 2022, 22:00

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligini tan olishini aytgan Abdulaziz Kamilov, Qashqadaryoda yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani, dori vositalarini reklama qilishi taqiqlangan mashhurlar va shifokorlar, qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zararning qoplab berilishi, asosiy stavkani 17 foizgacha ko‘targan Markaziy bank va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

17 mart 2022, 18:22

Mart oyida ilgari kuzatilmagan jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomg‘irlar yog‘di — O‘zgidromet

O‘zgidromet mart oyidagi kuchli va davomiy yog‘ingarchiliklar ilgari kuzatilmagani, jumladan, respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta ko‘p bo‘lganini ma’lum qildi. Yog‘ingarchiliklar 2−4 kunlik tanaffuz bilan oy oxirigacha davom etishini kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting