Jamiyat

29 aprel 2020, 17:55

IIV karantinga oid savollarga javob berdi

Ichki ishlar vazirligi karantinga oid savollarga javob qaytardi. Xususan, hunarmandchilik, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyatlarini yuritayotgan tadbirkorlar shaxsiy transport vositasini xaydashga ruxsatnoma olish imkoniyati, avtomaktablarda onlayn dars joriy etish masalasi va boshqa savollarga javob berildi.

29 aprel 2020, 16:55

3 oyda 115 nafar amaldor jinoiy javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

3 oy davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning eng ko‘pi — 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.

29 aprel 2020, 14:40

Milliy identifikatsiya tizimini yaratish rejalashtirilmoqda

Yaqin vaqtlarda yaratilishi rejalashtirilayotgan Milliy identifikatsiya tizimi davlat tashkilotlari va banklarga tashrif buyurgan fuqarolar shaxsini hujjatlarni tekshirmasdan aniqlash imkonini beradi. Mobil telefon raqami orqali ham shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.

29 aprel 2020, 13:46

Toshkent bosh rejasi konsepsiyasi: uy-joy qurilishi, ijtimoiy soha, metropoliten va aeroport

Uy-joy qurilishini past qavatli turar joylarni buzish hisobiga amalga oshirish, uzluksiz harakatlanish magistrali uzunligini 353,6 km yetkazish, aeroportni shahardan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtirish — Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalaridan.

29 aprel 2020, 13:18

2041 yilgacha Toshkent aholisi 3,3 mln kishiga, hududi 41,5 ming gektarga oshishi kutilmoqda

Binolar o‘rtacha qavatliligini oshirish, ekologik zararli ob’ektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish, shahar muhitini gumanizatsiyalash, shahar ob’ektlariga yetib borish vaqtini qisqartirish va boshqalar — Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi bo‘yicha prezident qarori loyihasidan o‘rin olgan takliflar.

29 aprel 2020, 12:48

Turkiya kompaniyasi bilan Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyasi ishlab chiqildi

Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

29 aprel 2020, 11:16 1

Abituriyentlar uchun test sinovlari soddalashtiriladi

DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.

28 aprel 2020, 17:32

Buxoroda kuchli shamol natijasida jarohatlanganlar soni 41 kishiga yetdi

Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa ob’ektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi — dastlabki ma’lumotlar.

28 aprel 2020, 12:19

Buxoroda kuchli shamoldan jarohatlanganlar soni oshdi, bir kishi halok bo‘ldi

Buxoroda soniyasiga 25 metrgacha esgan kuchli shamol oqibatida jarohat olganlar soni 31 kishiga yetdi, bir kishi elektr simi uzilishi natijasida tok urib vafot etdi. Boshqa zararlar ham bor.

28 aprel 2020, 11:10

138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan

27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlangan. 138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan.

28 aprel 2020, 08:05

Buxoroda kuchli shamol natijasida 7 kishi jarohatlandi

Buxoro viloyatida kuchli shamol tufayli yetti kishi jarohat oldi. Turar va noturar joylarga zarar yetdi, daraxtlar qulagan. Toshkent va poytaxt viloyatida ham kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.

27 aprel 2020, 19:15

Deputatga hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganlik deputatga hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shahar kengashi deputatlik daxlsizligidan mahrum etishga avvaliga rozilik bildirib, keyin rad etdi. Viloyat prokuraturasi taqdimnoma kiritganidan keyin viloyat kengashi shahar kengashi qarorini bekor qildi.

27 aprel 2020, 19:12

Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi

29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.

27 aprel 2020, 14:24

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 131,6 ming kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yanvar-mart oylarida 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga ko‘payib, 34,03 mln kishini tashkil etdi.

27 aprel 2020, 13:33

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

28 va 29 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kuni havo harorati +20…+25 darajagacha tushadi. 30 apreldan yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnatiladi va dam olish kunlariga qadar davom etadi.

27 aprel 2020, 13:14

Turizm xizmatlarini ko‘rsatish sertifikatlari muddati 6 oyga uzaytiriladi

2020 yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 6 oyga uzaytiriladi.

27 aprel 2020, 09:12

Davlat organlarida davlat tilida ish yuritish fuqarolar huquqini poymol qilmaydi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi davlat organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilinmaslik uchun jarima taklifi O‘zbekistonda millatlar va elatlar huquqlarini poymol etmasligini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tildan foydalanishga nisbatan qandaydir cheklovlarni joriy etmaydi.

26 aprel 2020, 19:18

Yana 58 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, 4 ta yangi holat qayd etildi

Buxoroda — 50 nafar, Toshkentda — 8 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 765 nafarga yetdi. Yangi tasdiqlangan COVID-19 holatlari esa 4 taga oshib, 1869 taga yetdi.

25 aprel 2020, 16:56 2

Davlat tilida ish yuritmagan mansabdor shaxslar jarimaga tortilishi mumkin

Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarni javobgarlik belgilashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

24 aprel 2020, 17:06

DMC tibbiy xizmatlar uchun xayriya aksiyasini boshladi

Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi bemorlarni klinikaga bepul olib kelish, diagnostika va konsultatsiyalarga chegirmalar taklif qiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting