Jamiyat

14 iyul 2020, 16:53

Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi yangi darslik ishlab chiqildi

Chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Qo‘llanma audiolar va qo‘shimcha materiallar bilan boyitilgan bo‘lib, boshlang‘ich A1 darajani egallash imkonini beradi.

14 iyul 2020, 14:32

Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklandi — Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.

14 iyul 2020, 14:06

Rossiyadagi o‘zbekistonlik ishchilar zavodda tartibsizlik uyushtirishdi

Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar uch oydan beri oylik maoshi berilmaganligi sababli tartibsizliklar uyushtirishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisani nazoratga olib, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashini ma’lum qildi.

14 iyul 2020, 13:20

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, markazda magnituda 5,1 ni tashkil etdi.

14 iyul 2020, 12:20

Koronavirusga test qayerda topshiriladi — ro‘yxat (viloyatlar bo‘yicha)

Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.

14 iyul 2020, 09:56

Aktyor Abdurayim Abduvaxobov olamdan o‘tdi

«Shum bola» va «Suyunchi» filmlarida bosh rollarni ijro etgan aktyor Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan o‘tdi.

13 iyul 2020, 19:29

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayapti?

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayotganiga izoh berildi. Xususan, ayrim bandlar davlat manfaatlari va xavfsizligiga aloqador bo‘lgani uchun oshkor qilinmasligi aytildi.

13 iyul 2020, 17:25

Ehtiyojmand oilalar karantin vaqtida qayerga murojaat qilishlari kerak?

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 100 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan iborat ro‘yxatni shakllantirdi. Ro‘yxatga kiritilmagan, biroq oziq-ovqat, dori-darmonga ehtiyoji bo‘lgan oilalarga 1197 va 71−203−01−21 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.

13 iyul 2020, 15:43

“Niyatimiz bu tanqidchidan qutilish deyish — bu paradoks” — Xushnudbek Xudoyberdiyev

O‘zA direktorining o‘rinbosari va taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlanishini uni “zararlantirish” uchun harakat deb o‘ylamasligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, bunga OAV sohasiga “yangi qon” olib kirish sifatida qarash kerak.

13 iyul 2020, 15:04

COVID-19 bilan kasallangan «yengil» bemorlarni uyda davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.

13 iyul 2020, 13:37

Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 10 yilga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat suv xo‘jaligi sohasida 10 yilda qator ko‘rsatkichlarini yaxshilab, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etadi. Konsepsiya ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Shuningdek, Suv kodeksi ishlab chiqiladi.

13 iyul 2020, 12:58

O‘zbekistonda hafta davomida haroratning yuqori bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududida hafta oxirigacha chilla davriga xos juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi 37−40 daraja, kechasi 21−24 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida 42 darajagacha ko‘tariladi.

13 iyul 2020, 11:30

Uyda tayyorlaymiz: Merengali (bezeli) pishiriqlar

Yumshoq, yengil va qarsildoq merengali pishiriqlar — Zira.uz tanlovi.

13 iyul 2020, 10:33

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.

12 iyul 2020, 17:13

Jarqo‘rg‘onda sudyalar xalq oldida obro‘sizlantirildi, sud xodimi esa do‘pposlandi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

11 iyul 2020, 16:52

Navoiyda o‘smir 5 yoshli qizchani o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 16 yoshli o‘smir amaksining 5 yoshli o‘gay qizini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, uning onasiga tan jarohati yetkazgan. Ayol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

11 iyul 2020, 16:26

Adliya vaziri maslahatchisi koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Adliya vaziri maslahatchisi va bloger Shahnoza Soatova o‘zini va oila a’zolarini koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U yarim kun SES eshigi oldida turib, test topshirolmay qaytganini, test bo‘lmaganligi uchun tez yordam va poliklinika uni koronavirusga chalinganligini tan olmayotganligini aytgan. Bloger sog‘liqni saqlash vazirligidan o‘zini o‘zi davolash bo‘yicha yo‘riqnomalarni chiqarib, tarqatishni talab qilgan.

11 iyul 2020, 15:13 1

Komil Allamjonov 12 kundan beri koronavirusdan davolanayotganini ma’lum qildi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi. Allamjonov unda yengil formali koronavirus kechayotganini, uydan turib 12 kundan beri davolanayotganini va hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

11 iyul 2020, 14:05 2

1 avgustga qadar har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 13 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi. Dam olish kunlari aholiga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish tavsiya etildi.

11 iyul 2020, 13:21

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting