Jamiyat

31 mart 2022, 21:27

O‘zbekistonda Ramazon oyi 2 apreldan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Ramazon oyining boshlanishi 2 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Prezident muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

31 mart 2022, 20:58

Buxoroda kuchli shamol va yog‘ingarchilikni prognoz qilishda ko‘maklashuvchi meteolokator o‘rnatildi

O‘zgidromet tomonidan Kogon tumanida kuchli shamol va yog‘ingarchilikni prognoz qilishda ko‘maklashuvchi meteolokator o‘rnatildi. U 200 km radiusda mavjud va kutilayotgan ob-havo xodisalari to‘g‘risida, jumladan bulutlar oqimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar miqdori va turi, uning davomiyligi haqida ma’lumot beradi.

31 mart 2022, 20:18

Toshkentda isitish mavsumi yakunlanmoqda

Toshkentda iliq kunlar boshlangani munosabati bilan 1 apreldan issiqlik ta’minoti o‘chiriladi.

31 mart 2022, 16:58

“Guliston neft bazasi"da qariyb 3,2 mlrd so‘mlik kamomad, 2,7 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlandi

“Guliston neft bazasi"da 24,7 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlikning 9 mlrd so‘mi “umidsiz” qarzdorlikka aylangani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, jamiyatda 3,2 mlrd so‘mlik kamomad hamda 2,7 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuvi holatlari ham aniqlandi.

31 mart 2022, 16:05

Diyor Imomxo‘jayev 4 yilga PFL bosh direktori bo‘ldi

2020 yildan beri Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga tashkilotga bosh direktor etib saylandi.

31 mart 2022, 15:54

YPX xodimini xizmat faoliyati jarayonida s’yomka qilishga qarshiman — Svetlana Artikova

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova ham yo‘lovchi, ham «pogonli shaxs» sifatida YPX xodimlarini xizmat vaqtida tasvirga olishga qarshi ekanini ma’lum qildi.

31 mart 2022, 14:13

Tibbiyot xodimlariga hijob va boshqa diniy liboslarda yurishga taqiq olib tashlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tibbiyot xodimlariga hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishga taqiq olib tashlandi.

31 mart 2022, 12:31

Olmaliqda MCHJ rahbarining 219,2 mln so‘mlik nasoslarni yaroqsizga chiqarib, o‘zlashtirgani aniqlandi

Olmaliqda korxona rahbari tekshirish uchun berilgan 219,2 mln so‘mlik 30 ta nasos agregatini yaroqsizligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalarni rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani aniqlandi.

31 mart 2022, 12:18

Ramazon oyi qachon boshlanadi?

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining tarovih namozlarida xatm qilinadigan Qur’oni karim taqsimoti jadvalida tarovih namozlari 1 apreldan boshlanishi ko‘rsatilgan. Bu — Ramazon oyi 2 apreldan kirib kelishini anglatadi. Biroq O‘zbekistonda Ramazon oyi qachon boshlanishi haqida rasmiy xabarlar e’lon qilingani yo‘q. Qoraqalpog‘istonda esa Ramazon 2 apreldan boshlanishi rasman ma’lum qilindi.

31 mart 2022, 11:22

Davlat ekologiya qo‘mitasi barcha avtomobillarni elektromobillarga almashtirishni rejalashtirgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi 10 ta elektromobil xarid qildi va kelajakda barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirishni rejalashtirmoqda.

31 mart 2022, 10:06

O‘zbekistonda Markaziy Yevroosiyo mintaqasida birinchi bo‘lib Space Technology Conference o‘tkaziladi

«O‘zbekkosmos» may oyida Toshkentda Markaziy Yevroosiyo mintaqasidagi birinchi Space Technology Conference o‘tkazadi. Unda kosmik faoliyat sohasidagi yetakchi kompaniyalar — Maxar, SpaceX, Viasat (AQSh), Airbus (Fransiya) va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

31 mart 2022, 09:45

Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi

Prezident tashabbusi bilan Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Unda universitet, IT-park, turar-joy binolari, maktab, bolalar bog‘chasi va sport majmuasi bo‘ladi.

30 mart 2022, 23:43

Zangiota tumani hokimining sobiq o‘rinbosari qidiruvga berildi

Zangiota tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari qidiruvga berildi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

30 mart 2022, 23:10

XTV 9 va 11-sinflar uchun imtihon fanlarini tasdiqladi

Xalq ta’limi vazirligi 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatini e’lon qildi.

30 mart 2022, 22:00

30 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaga taklif qilgan Rejep Tayyip Erdog‘an, tergov vaqtidagi qiynoq uchun zararni davlat to‘lab berishi, imtihon qoidalarini buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi mumkinligini, Samarqandda o‘zini yotoqxonaning 9-qavatidan tashlab, joniga suiqasd qilgan talaba qiz, kontaktsiz to‘lov kartalarini taqdim etgan Uzcard, Sirdaryoda aniqlangan noqonuniy mayning ferma va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 30 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

30 mart 2022, 20:13

Qozog‘istonga poyezdlar qatnovi tiklanishi kechiktirildi

Qozog‘iston karantin cheklovlari tufayli Nukus-Beyneu va Olmaota-Toshkent yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakatini qayta tiklash muddatini kechiktirdi.

30 mart 2022, 18:29

Toshkentda mozaikalarni tozalash boshlandi

Toshkentdagi uylardan biridagi sement qoplangan mozaikani tozalash boshlandi. Hokimlik bayonotiga qaramasdan, mozaikalarni baribir bo‘yash rejalashtirilgan edi. Biroq jarayon jamoatchilik aralashuvi sababli to‘xtatib qolindi.

30 mart 2022, 18:05

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan foydalanishni yaxshilash rejalashtirilmoqda

Hukumat Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan foydalanishni tubdan yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Ko‘llardagi ekologik vaziyat monitoringini o‘tkazish, ularga tashlanayotgan kollektor-drenaj suvlar sifatini o‘rganish, qirg‘oqlarda o‘rmonzorlar barpo etish belgilandi. Dekabrda bo‘lib o‘tgan Senat yig‘ilishida ko‘llar tizimidagi suv hajmi kamayib, ekologik muammolar ortib borayotgani qayd etilgan edi.

30 mart 2022, 14:54

Samarqandda talaba qiz o‘zini yotoqxonaning 9-qavatidan tashlab yubordi

Samarqand davlat universitetining kechki bo‘limida tahsil olgan qiz o‘zini yotoqxonaning 9-qavatidan tashlab yubordi. OTM prorektori talabaning universitet o‘qituvchilari va talabalari bilan hech qanday nizoli vaziyati bo‘lmaganini ma’lum qildi.

30 mart 2022, 13:05

Qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi mumkin — DTM rahbari

DTM rahbari Majit Karimov joriy yilgi test sinovlarini o‘tkazishdagi muhim o‘zgarishlarni sanab o‘tdi. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil 2 mln nafarga yaqin talabgor test sinovidan o‘tkazilishi prognoz qilinmoqda. Ayni paytda uchta viloyatda test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan binolar qurilmoqda. Shuningdek, u qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi mumkinligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting