Jamiyat

17 dekabr 2020, 14:50

Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollar ko‘chani to‘sib qo‘yishdi

Nukusda yozda, karantin vaqtida jamoat ishlariga jalb qilingan ayollar ish haqlarini ololmagani uchun shahar markazidagi ko‘chani to‘sib qo‘ydi.

17 dekabr 2020, 13:38

Qoraqalpog‘istondagi 15 ta maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi

YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.

16 dekabr 2020, 22:57

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi

Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.

16 dekabr 2020, 22:01

Yil boshidan 106 nafar fuqaro is gazi va gaz chaqnashidan vafot etgan

O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

16 dekabr 2020, 19:35

Prezident bayram oldidan narxlar qimmatlashuvining oldini olishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.

16 dekabr 2020, 19:26

O‘zbekistondagi to‘rtta OTM QSning eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi

Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti kiritildi.

16 dekabr 2020, 18:31 1

Prezident gaz eksportini qisqartirib, aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishni buyurdi

Bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud, deya ta’kidladi prezident. Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berib, buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilishini aytdi.

16 dekabr 2020, 18:15

«3 yilda o‘ttiz yillik qoloqlikni bartaraf etib bo‘lmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Qish mavsumida uzluksiz elektr ta’minoti uchun qo‘shimcha ravishda 10−12 million kilovatt-soat ishlab chiqarish zarur, dedi prezident bo‘lib o‘tayogan yig‘ilishda. Davlat rahbari 10 kun ichida yetishmayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyruq berdi.

16 dekabr 2020, 17:00

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» hamda «Rangsiz tushlar» filmlarining katta premeralari bo‘lib o‘tadi

17 dekabr kuni Oskar-2020 mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan rejissyor Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» badiiy filmi namoyish etiladi. Shuningdek, 23 dekabr kuni rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» badiiy filmining ham katta premerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

16 dekabr 2020, 15:17

G‘uzor tumanining sobiq hokimi sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan ketganini rad etdi

G‘uzor tumanining sobiq hokimi Sa’dulla Boboqulov va Qashqadaryo hokimligi hokim sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan bo‘shatilganini rad etdi. Sa’dulla Boboqulov sudya mojaroga sabab bo‘lgan dehqon bozori raisining o‘g‘li bilan birga o‘qigani va bir kvartirada yashaganini aytdi.

16 dekabr 2020, 14:45

Toshkentda ichimlik suvi va kanalizatsiya tariflari keskin oshirilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJning hozirgi kunda amalda bo‘lgan tarifini oshirish taklif qilinmoqda. Qayd etilishicha, «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd so‘m, hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

16 dekabr 2020, 13:05

1 yanvardan «faralar»ni yoqib yurish talabi bo‘yicha YHXBB bayonot berdi

Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chirog‘ini yoqib yurish tartibi 1 yanvardan kuchga kiradi. Ushbu tartibni bekor qilish bo‘yicha bir guruh deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati kiritilgani ma’lum qilindi.

16 dekabr 2020, 11:26

Qaror loyihasi: Jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafar jurnalist va/yoki bloger kiritiladi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, davlat organlari jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafar jurnalist va/yoki blogerning kiritilishi belgilanmoqda. Shuningdek,tanqidiy materiallarga bir kun ichida javob beriladi, har bir rahbar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi.

15 dekabr 2020, 21:49

Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga yuborildi

Yangi Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi. Yangi krossover 2019 yilda taqdim etilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar faqat Xitoy va Braziliyada sotilayotgan edi.

15 dekabr 2020, 21:25

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston 2025-yil IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi munosabati bilan Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi. “Toshkentda o‘tadigan 2025-yilgi yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish Yangi O‘zbekiston uchun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri”, — deya ta’kidladi Otabek Umarov.

15 dekabr 2020, 18:15

Talabalar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

15 dekabr 2020, 18:14

«Chegara bilmas muxbirlar»: dunyo bo‘ylab 387 nafar jurnalist qamoqda qolmoqda

Global miqyosda 387 nafar jurnalist o‘z kasbiy vazifalarini bajargani uchun qamoqda qolmoqda. Ularning 61 foizi atigi beshta davlatda hibsga olingan. Pandemiyani yoritgani uchun qamalgan jurnalistlarning 14 nafari hamon panjara ortida qolmoqda.

15 dekabr 2020, 18:07

So‘x voqealarida ayblanayotganlar tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini aytmoqda

14 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudida So‘x voqealari yuzasidan sud jarayonida 5 nafar sudlanuvchi so‘roq qilindi. Ular tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini, ba’zilari esa to‘polonlarda qatnashmaganligini ta’kidladi. B.Shodiyev tergov paytida boshiga qop kiygizib, beldan pastki qismiga urishganini aytdi. Sudlanuvchi Sh. Olimov ayblov varaqasiga qo‘l qo‘yib bermasa, «podvalga tushasan» deb qo‘rqitishganini ta’kidladi.

15 dekabr 2020, 17:45

UZB, ZDF raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortiladi — IIV

Matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov UZB, ZDF va boshqa raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortilishini ma’lum qildi. U shuningdek, YPX xodimlari vazirlik va davlat idoralariga tegishli avtomashinalarda qoida buzilganida nega to‘xtatilmasligiga ham oydinlik kiritdi.

15 dekabr 2020, 17:23

«IIV xodimlarini ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda tasvirga olish mumkin» — Shohrux G‘iyosov

15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov IIV xodimlarini ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda tasvirga olish mumkinligini aytib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting