Jamiyat

19 noyabr 2021, 12:47

«Pastkash erkaklari bor huquqni himoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli» — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputat ayol Feruza Babasheva atrofida bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi. U ayolning bir erkak bilan birgalikdagi fotosuratlari va videosining ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketganini keskin qoralab, «kim va nima bo‘lishidan qat’i nazar, odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmasligini» ta’kidladi.

19 noyabr 2021, 11:59

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi

Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida kardiologiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.

19 noyabr 2021, 11:16

Ota-onalar uchun Bebbo ilovasi ishga tushirildi

YUNICYeF O‘zbekistonda ota-onalar uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligi va rivojlanishining barcha jihatlari bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan ta’minlab beruvchi Bebbo mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilovada emlashlar, tibbiy ko‘riklar va bola hayotining boshqa muhim bosqichlarini ham qayd etib borish mumkin.

19 noyabr 2021, 10:53

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechasi -2 daraja sovuq, kunduz kuni +14…+17 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

19 noyabr 2021, 10:48

SSV shifoxonalardagi tozalik holatini alohida nazoratga oldi

SSV ishchi guruhi tibbiyot muassasalarining ishida kamchiliklarni aniqladi: uzun navbatlar, ortiqcha qog‘ozbozliklar va sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilmaslik. Vazir Behzod Musayev barcha muassasalarning sanitariya-gigiyenik holatini zudlik bilan yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.

19 noyabr 2021, 10:41

Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etiladi

Prezident milliy teleradiokompaniya tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — Nurafshon TV`ni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Telekanalning asosiy vazifalari islohotlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish, hududning tarixi, madaniyati, san’atini keng targ‘ib qilish etib belgilandi.

19 noyabr 2021, 10:11

O‘zbekistonda emlanishdan bosh tortgan 26 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatildi. Yana 2 225 ta xolatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obyektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.

19 noyabr 2021, 00:21

Qarzga olingan 57 mln so‘mni «1xbet»da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osdi

«1xbet» qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan FarDU o‘qituvchisi tanishidan olgan 57 mln so‘mni yutqazib qo‘yganidan so‘ng qabristonda o‘zini osib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

18 noyabr 2021, 21:50

Farg‘ona tumanida ota-o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona tumanida 62 yoshli ota va 31 yoshli o‘g‘il o‘z uylarida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

18 noyabr 2021, 21:30

18 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, haydovchilik guvohnomasi va “texpasport” ni almashtirish muddati uzaytirilishi, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 18 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

18 noyabr 2021, 19:51

Majburiy va ixtiyoriy asosda genom bo‘yicha ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qilganlar, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar va boshqalarning genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilandi. Hukumat Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

18 noyabr 2021, 19:23

Iroq, Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlar fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga havo tranziti vaqtincha cheklandi

17 noyabrdan Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga aviatranziti vaqtincha cheklandi.

18 noyabr 2021, 17:42

Ayoliga zo‘ravonlik qilayotganlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva ta’kidlashicha, ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar qonunchilikda belgilanganiga qaramay yetarli emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, yordamga muhtoj ayollarni «Ayollar daftari»ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim.

18 noyabr 2021, 16:56

Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Hududlar kesimida shoxobchalarning ishlash vaqti (jadval).

18 noyabr 2021, 16:42

Foto: «Yovvoyi tabiatning komik surati 2021» g‘oliblari

Har yili o‘tkaziladigan yovvoyi hayvonlarning kulgili holatlari aks etgan fotosuratlar tanlovi natijalari e’lon qilindi. «Xalq tanlovi» mukofoti boshiga barg urilgan kaptar suratiga berildi. Boshqa g‘oliblar fotosuratlarini taqdim etamiz.

18 noyabr 2021, 14:44

Toshkent viloyatida emlanishdan bosh tortgan 3,2 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi

Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.

18 noyabr 2021, 13:00

Xalqaro Lactel brendi O‘zbekiston bozoriga chiqdi

Lactel brendi o‘zining sut mahsulotlari bilan mashhur bo‘lib, ularni ishlab chiqarish uchun tabiiy sifatli xom ashyolardan foydalanadi.

18 noyabr 2021, 12:31

Toshkentdan Istanbulga reys bir sutkadan ko‘proq vaqtga kechiktirildi

Turkish Airlines`ning Toshkentdan Istanbulga chorshanba kuni parvozi ob-havo sharoiti tufayli 5 soatga kechiktirildi. So‘ng ekipaj smena tugashi sababli parvozni bekor qildi. Samolyot payshanba kuni soat 9:00 da parvozni amalga oshirishi kerak edi, biroq bir oilaning uchishdan bosh tortgani sababli reys yana 2 soatga kechiktirildi.

18 noyabr 2021, 12:30

Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

Andijon neft bazasida 24,3 mlrd so‘m, Jizzax neft bazasida esa 35 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik, qolaversa, ishdan bo‘shatilgan shaxslarga oylik to‘lash, mukofot pullari va kompensatsiyalar noo‘rin hisoblangani aniqlangan edi. Jamiyatlar rahbarlari ishdan olinib, jinoyat ishi ochilgandi. Bosh prokuratura hujjatlar sudga yuborilganini ma’lum qildi.

18 noyabr 2021, 09:56

Haydovchilik guvohnomasi va «texpasport» ni almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat eski haydovchilik guvohnomalari va ro‘yxatga olish guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini 2022 yil oxirigacha uzaytirdi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 31 martgacha almashtirilishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting