Jamiyat

22 oktabr 2022, 08:26

Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash yuz berdi: uning to‘lqini binolardagi oynalarni sindirdi

Tunda Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Hech kim jabrlanmagani aytilmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan video va fotolardan portlash to‘lqini binolardagi oynalar va konstruksiyalarga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.

21 oktabr 2022, 22:23

21 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidentiga kuchuk sovg‘a qilgan Gurbanguli Berdimuhamedov, harorat yana pasayishi, rahbarlarni ogohlantirgan prezident, Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ayolni jarohatlagan miltiq va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

21 oktabr 2022, 19:50

Teatrga ajratilgan mablag‘larning 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga o‘tkazildi

Toshkent shahar hokimi mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Davlat musiqali komediya teatriga ajratilgan mablag‘lardan 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar bo‘limiga o‘tkazildi.

21 oktabr 2022, 19:04

«Toshkentdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlarga moslashtirilmagan» — Senat

Poytaxtdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlar to‘siqsiz foydalanishiga moslashtirilmagan. Metro bekatlarining ko‘plarida panduslar yo‘q, borlarida ham 45 gradus qilib o‘rnatilgan. Nogironlarning 93 foizi yerusti jamoat transportini qoniqarsiz deb baholadi. Senatorlar shaharsozlarni tanqid qildi.

21 oktabr 2022, 18:54

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Ta’til 9 noyabrgacha davom etib, darslar 10 noyabrdan boshlanadi.

21 oktabr 2022, 18:48

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.

21 oktabr 2022, 18:40

Termizning sobiq hokimi va o‘rinbosarlari davlat va jamiyatga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan — Bosh prokuratura

Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

21 oktabr 2022, 18:17

Samarqandda $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbar aniqlandi

Nurobod tumanida xususiy korxona rahbari $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Namangan va Andijonda esa jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘i boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.

21 oktabr 2022, 17:43

Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i va bug‘doy yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

21 oktabr 2022, 17:12

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi

Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.

21 oktabr 2022, 16:10

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlandi

Prezident qarori bilan 1 yanvardan Kadastr agentligining o‘zi hududiy tuzilmalar faoliyatini tashkil etadi. Hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar aralashishi yoki ta’sir o‘tkazishi qat’iy taqiqlanadi.

21 oktabr 2022, 15:28

Hafta oxirida harorat yana pasayadi

O‘zgidrometning xabar berishicha, shanba kuni havo iliq, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Yakshanbadan ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

21 oktabr 2022, 15:15

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

22 oktabr soat 12:00 dan 23 oktabr soat 24:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayadi va vaqtincha ta’minotdan uziladi. Mahallalar ro‘yxati.

21 oktabr 2022, 15:00

Diplomat University hujjatlarni qabul qilishni davom etmoqda

Diplomat University xususiy oliygohi 2022−2023 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish muddatini 28 oktabrgacha uzaytirdi.

21 oktabr 2022, 12:00 1

Tilimizda og‘riq bormi?

«Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra professor Baxtiyor Mengliyev 21 oktabr sanasiga bag‘ishlangan maqolani taqdim etdi. Unda muallif bugungi kunga kelib yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritgan. Uning fikricha, o‘zbek tilini Internet tiliga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashabbus darajasida qolmoqda.

21 oktabr 2022, 11:00

22−26 oktabr kunlari 4 ta hududda yomg‘ir yog‘adi

22−26 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

20 oktabr 2022, 23:41

SES xizmatiga tegishli avtomobil haydovchisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi

Toshkentda xavfli harakatlangan avtomobil Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarining o‘rinbosariga biriktirilgan, deya ma’lum qildi SES matbuot xizmati. Haydovchi oila a’zolaridan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli qoidabuzgani aytilmoqda. U bilan “tushuntirish-targ‘ibot ishlari” olib borildi.

20 oktabr 2022, 22:00

20 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaygani, Jizzaxda teplovoz bilan to‘qnashgan yuk avtomobili, mamlakatda sil kasalligini davolash samaradorligi ortgani, jarimaga tortilgan SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

20 oktabr 2022, 19:52

Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hibsga olindi

Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

20 oktabr 2022, 18:02

SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol buzgani uchun jarimaga tortildi

Payshanba kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lda mashinalarga halaqit berib, huquqbuzarlik sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. IIBB YHXB surishtiruv olib borib, mashina xaydovchisiga 3 mln so‘m jarima qo‘lladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting