Jamiyat

23 aprel 2021, 15:31

O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan — Tanzila Narbayeva

2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

23 aprel 2021, 15:08

Dam olish kunlari ob-havo iliq va quruq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 23−25 daraja, ba’zi joylarda esa 8−30 darajagachani tashkil etadi.

23 aprel 2021, 14:42

O‘zJOKUda o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limda davom ettiriladi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limda davom ettiriladi. Darslar onlayn shaklda davom etadi va hozirda yotoqxonada turadigan talabalarga 24 apreldan uyga ketishga ruxsat beriladi.

23 aprel 2021, 14:27

2020 yilda 500 nafardan ortiq voyaga yetmaganlar o‘z joniga qasd qilgan

O‘zbekistonda 2020 yilda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, qasddan odam o‘ldirish 13,1 foizga, qasddan og‘ir shikast yetkazish 13 foizga, nomusga tegish 27,7 foizga, talonchilik 43,1 foizga, bosqinchilik 18,5 foizga, tovlamachilik 35,5 foizga, o‘g‘rilik 52 foizga ko‘paygan.

23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

23 aprel 2021, 12:57

Toshkent shahrining Sergeli tumanida vaqtincha issiq va ichimlik suvi bo‘lmaydi

Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

23 aprel 2021, 12:34

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit Nexia boshqarib yuk avtomobiliga urildi

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit Nexia boshqarib yuk avtomobiliga urilgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

23 aprel 2021, 12:11

Nigina O‘ktamova boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Nigina O‘ktamova Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo‘ldi. Polshadagi musobaqada O‘zbekistonni taqdim etgan sportchilar oltita medal bilan taqdirlandilar.

23 aprel 2021, 12:06

O‘zbekistonga qalbaki avtoraqamlar olib kirilayotgani aniqlandi

Yuk mashinasi haydovchisi bir nechta soxta «chiroyli» avtomobil raqamlarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi. Ulardan ikki jufti bir xil ekanligi aniqlangan.

23 aprel 2021, 11:33

«Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini 24 soat ishlashiga ruxsat berish kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev hududlar markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishini ma’lum qildi. Mustaqillik bayramiga qadar viloyat va shahar markazlarida 3−4 ta, Toshkentda 10 ta ko‘chalar shunday markazlarga aylantiriladi. Ularning 24 soat ishlashiga ruxsat beriladi.

23 aprel 2021, 10:25

COVID-19 ga qarshi yarim milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar soni yarim milliondan oshdi. So‘nggi kunlarda emlanish darajasi pasaygan. Bunga Ramazon oyida ro‘za boshlanishi sabab bo‘lishi mumkin.

23 aprel 2021, 09:55

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.

22 aprel 2021, 23:10

O‘zbekiston qamoqxonalarida besoqolbozlikda ayblangan 49 nafar shaxs saqlanmoqda — OAV

Hozirda O‘zbekistondagi jazoni ijro etish koloniyalarida Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozliq) bilan ayblangan 49 nafar shaxs saqlanmoqda. So‘nggi 5 yil ichida 44 kishi besoqolbozlik bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Ushbu mahkumlar bilan doimiy ravishda psixologik ishlar individual tarzda olib borilishi aytilmoqda.

22 aprel 2021, 18:50

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat — u qanday bo‘lishi kerak?

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati va tamoyillari nimadan iborat? Nima uchun uni xayriyaga tenglashtirish mumkin emas va jamiyat uchun foydali bo‘lgan loyihalarini amalga oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li qanday? Bu haqida Malika Sharipova va Dilmurod Yusupovning maqolasida.

22 aprel 2021, 18:20

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida

O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.

22 aprel 2021, 17:02

Royal Flight aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.

22 aprel 2021, 15:51

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini murakkablashtirish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini taqdim etdi. «Davlat ehtiyojlari» tushunchasidan voz kechish, yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, jarayonlarni murakkablashtirish va «misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari» ni o‘rnatish taklif etilmoqda.

22 aprel 2021, 15:36

Namanganda 8 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatida Damas rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

22 aprel 2021, 14:25 4

Yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar — prezident yangi farmonni imzoladi

1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.

22 aprel 2021, 14:17

Toshkentda ichki ishlar xodimlari kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib makulatura to‘plab yurgan erkak va ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting