Jamiyat

28 oktabr 2020, 12:38

Poytaxt chorrahalaridagi kameralar 1,1 mlrd so‘m evaziga qayta ishga tushirilishi mumkin

Poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi kutilmoqda.

28 oktabr 2020, 12:09

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi

Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.

28 oktabr 2020, 10:49

O‘zbekiston musulmonlar idorasi payg‘ambarga xos «bosiqlik va zukkolik"ka chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi musulmonlarning hissiyotini haqoratlashga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakatlarga nisbatan «tajovuzkorona emas, balki payg‘ambarga xos bosiqlik va zukkolik» bilan munosabat bildirishga chaqirdi.

28 oktabr 2020, 01:20

Buxoroda UzAuto Motors mashinalarini olib ketayotgan avtotransport vositasi YTHga uchradi

Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.

27 oktabr 2020, 23:28

Andijonda avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarida gaz ta’minoti vaqti cheklandi

Andijon viloyatida avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalariga gaz yetkazib berish muddati cheklandi. Gaz shoxobchalarga soat 06:00 dan 16:00 gacha yetkazib beriladi.

27 oktabr 2020, 23:20

5 ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi

Tanlov asosida saralab olinadigan beshta oliy ta’lim muassasasiga tajriba tariqasida kontrakt asosidagi talabalar sonini belgilash va imtihonlarni mustaqil o‘tkazishga ruxsat beriladi.

27 oktabr 2020, 17:24

Toshkent hokimi prezidentga Nukusning markaziy qismi loyihasini taqdim etdi

Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etgan Nukus markaziy qismining istiqbolli loyihasi bilan tanishdi. Ko‘chalarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘llar va bog‘lar yaratish, turar joy binolari, IT-parklar va boshqa ob’ektlar qurilishi rejalashtirilgan.

27 oktabr 2020, 16:28 1

Prezident bir podyezdli uylarning namunaviy loyihasini tasdiqladi. Yangi uylar 33 foizga arzonroq bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 20 xonadonga mo‘ljallangan besh qavatli bitta podyezdli turar-joy binosining namunaviy loyihasini tasdiqladi. Bunday uy-joylar mamlakatning aholisi zich joylarda quriladi. Bu uylar avval qurilganlariga qaraganda 33 foizga arzonroq bo‘ladi, dedi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov.

27 oktabr 2020, 15:52

«Ko‘ksaroy qarorgohi» direksiyasi tashkil etildi

Prezident Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi «Ko‘ksaroy qarorgohi» davlat muassasasi tashkil etildi. Direksiya hududini obodonlashtirish uchun avtotransport va maxsus texnika xaridiga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi.

27 oktabr 2020, 13:01

Ikkita shakar ishlab chiqaruvchi korxonada ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

Apreldan shakar importiga bojxona to‘lovlari va aksiz solig‘i stavkalari nolga tenglashtirilishi oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar «Angren shakar» va «Xorazm shakar» faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 2000 dan ortiq ishchi daromadsiz qolishi mumkin.

27 oktabr 2020, 12:50

Yil boshidan beri O‘zbekiston aholisi 477,5 ming kishiga ko‘paydi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning doimiy aholisi 477,5 ming kishiga yoki 1,4 foizga o‘sdi va 34,38 million nafarga yetdi.

27 oktabr 2020, 09:58

O‘zbek kibersportining o‘g‘loni. O‘zbekiston kibersportida birinchi medal va birinchi doping-test tarixi

2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.

27 oktabr 2020, 00:00

Keles yo‘li rekonstruksiya uchun vaqtinchalik yopildi

Keles yo‘li (Toshkent xalqa yo‘li) ko‘prikdan 9-maktab oldigacha bo‘lgan yo‘l qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Xaritada haydovchilar harakatlanishiga qulay bo‘lishi uchun ikkita yo‘l ko‘rsatilmoqda.

26 oktabr 2020, 21:11

1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar, keksalar uchun turizm oyligi, bekor bo‘layotgan imtiyozlar, mobil operatorlari uchun imtiyozlar — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

26 oktabr 2020, 19:14 1

9 oyda qariyb 20 ming oilaga darz ketdi

2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 970 ta bekor qilingan oilaning 49,8 foizi farzandsiz, 50,2 foizi esa bir va undan ko‘p farzandli hisoblanadi. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

26 oktabr 2020, 18:55

Amir Temur qabrining ochilishi — «O‘zarxiv» ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi

«O‘zarxiv» agentligi Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrining ochilishi aks etgan ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi.

26 oktabr 2020, 18:36

9 oy davomida O‘zbekistondan 1,6 mln fuqaro chet elga ketgan

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,4 mln kishini, chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni esa 1,6 mln kishini tashkil etdi. Ushbu davrda chet elga ketganlarning 87,2 foizi o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida bo‘lgan.

26 oktabr 2020, 17:05

Mahalliy remdesivir dori vositasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazildi. SSV 39 mingta dozasini sotib oldi

Jurabek Laboratories remdesivir preparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kompaniyadan qariyb 12 milliard so‘mga 39 ming doza sotib oldi. «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kompaniya vakili ushbu dori qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkazilgani, ularning umumiy dori vositasi nima uchun Amerikaning Gilead patent qonunchiligini buzmasligi va JSST remdesivirning samarasizligi haqida bayonot berganini so‘zlab berdi.

26 oktabr 2020, 16:32

«Biz vaksinani olib kelishimiz kerak bo‘lsa, albatta sinovini o‘tkazishimiz kerak» — Ibrohim Abdurahmonov

Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.

26 oktabr 2020, 16:16

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratladi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting