Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 16 ta zamonaviy avtomobil topshirildi. Ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlangani monitoringini yuritish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.
Reper Morgenshtern “Merin” nomli Mercedes-Benz mashinasini yangi egasiga topshirish maqsadida Toshkentga keldi. Instagramdagi tanlovda uning avtomobilini buxorolik Azim Abdullayev yutib olgan edi. Hozircha ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan masala — bojxona to‘lovi qanchaga tushgani ma’lum emas.
Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlangan.
Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi oqibatida 30 kv. metr maydon yonib zararlangan. Xonadondagi uch kishi turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qashqadaryolik erkak turmush o‘rtog‘ini boshqa kishidan homilador bo‘lganlikda ayblab, qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani pichoqlab o‘ldirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov UzAuto Motors`ga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan fikr bildirdi. U Jahon savdo tashkilotiga a’zolik orqali raqobat muhitini shakllantirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi. “Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm… Kimlardir mashhurroq bo‘lgandir, O‘zbekiston yutmadi”, — dedi u.
Mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida murojaatlarni onlayn qabul qilish va ularga tezkor huquqiy maslahat uchun qulay bo‘lgan platformasi ishga tushirildi. Platformada soha mutaxassislari fuqarolarga onlayn konsultatsiyalar berib borishadi.
Davlat test markazi 2020−2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekistonga 6 nafar amerikalik professor o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda. Ular Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.
Buxoroning yana bir tumanida gaz ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholi avtomobil yo‘lini to‘sdi. Uzilishlarga gaz bosimi uch baravariga tushib ketganligi sabab bo‘lganligi aytildi.
Buxoro viloyati aholisi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi. O‘tgan yili ham turli hududlar aholisi gaz va elektr energiyasi taqchilligi sababli yo‘llarni yopib qo‘yishgan edi.
«Gazeta.uz» nashri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tanlovi doirasida «Korrupsiyaga qarshi targ‘ibotda eng faol ommaviy axborot vositalari» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida «Halq banki» sayyor kassalari xodimlari pensiya to‘lovi ro‘yxati chiqarilganiga qaramasdan, pullarni o‘z vaqtida nafaqaxo‘rlarga yetkazib bermagani aniqlandi. Pensiya bir necha oy davomida sababsiz yetkazib berilmagan. Hozirda to‘lovlar kechikishiga sababchi bo‘lgan shaxslar ishdan bo‘shatilgan.
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markaziga va «Universal» sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatildi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Apostil qo‘yishni elektron ko‘rinishga o‘tkazish belgilanmoqda. Apostilni maxsus elektron dasturi orqali himoyalangan elektron hujjat shaklida qo‘yish taklif etilmoqda.
Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Narmatov gaz hajmini o‘lchagichlarni ulanish nuqtasiga olib chiqishi kerak bo‘lgan, lekin bu talabni bajarmagan AGTKSHlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi, Prezident qaroridagi punktlarni bajarmagan shahobchalar o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi.
9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash kabi choralar qo‘llash taklif etildi.
2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.
Madaniy meros ob’ektlari reyestriga kiritilgan Toshkent kurantlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bilan kelishilmasdan tasmalar bilan bezatilgani ma’lum qilindi.
Mo‘ynoq tumani ekologiya inspeksiyasi hodimlari reyd paytida avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida inspektor Sh. Torejanov og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting