Jamiyat

5 noyabr 2020, 16:38

O‘zbekistonda faqat Xitoy vaksinasi sinovi o‘tkazilmaydi

Covid-19 ga qarshi vaksina nafaqat Xitoy, balki vaksina ishlab chiqilayotgan boshqa davlatlardan ham keltirilishi rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vaziri aholiga har qanday vaksinani olib kelish uchun bir necha vaksinalarning sinovini parallel ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

5 noyabr 2020, 16:08

Toshkentda kamerunlik shaxsni qiynoqqa solganlar 5 yilga qamaldi

Toshkentda kamerunlik fuqaroni to‘rt kun davomida tutqunlikda saqlab, unga turli tan jarohatlari yetkazgan jinoiy guruhga 5 yillik qamoq jazosi belgilandi.

5 noyabr 2020, 13:58

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Fiskal institut tashkil etish rejalashtirilmoqda. Institutda darslar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

5 noyabr 2020, 13:56

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan

O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.

5 noyabr 2020, 13:36

8 oy ichida 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 5,5 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.

5 noyabr 2020, 12:18

Toshkentda yoshlar festivali oyligi boshlanadi: tadbirlar ro‘yxati

Poytaxtda «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar, viktorinalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

4 noyabr 2020, 18:12

Test sinovlari uchun sarflangan mablag‘lar haqida ma’lumot berildi

Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini oshkor qildi. Avvalroq abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushgani xabar qilingan edi.

4 noyabr 2020, 17:28

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisadan jarohat olgan yoki vafot etganlar yo‘q.

4 noyabr 2020, 14:34

«Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun 237 ta uy buzildi

Olmazor tumanida «Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun hududdagi 241 ta xonadon buzilishga tushgan. Ularning 237 tasi buzib bo‘lindi, qolgan 5 ta xonadon egalariga uy-joy ajratish ishlari olib borilmoqda.

4 noyabr 2020, 13:01

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari uchun kelganlar orasida tiqilinch yuzaga keldi

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tayotgan madaniyat saroyida fuqarolar sonining ortib ketishi katta tiqilinchga olib keldi. Yarmarka boshqa hududga ko‘chirildi.

4 noyabr 2020, 11:48

Toshkentdagi 11ta DXMda surdo-online planshetlari ishga tushirildi

Toshkentdagi 11 ta tuman Davlat xizmatlari markazlarida tajriba tariqasida surdo-online planshetlari ishga tushirildi. Endilikda gapirish va eshitish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan shaxslar surdo tarjimonsiz istalgan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

4 noyabr 2020, 11:17

O‘zAda sayt va logotip yangilandi, fotobank ishga tushdi

O‘zbekiston milliy axborot agentligi o‘z veb-sayti va logotipini yangiladi. Xususan, fotobank ishga tushirilib, sayt dizayni matnlarni oson o‘qishga moslashtirildi.

3 noyabr 2020, 19:17

GTL zavodi quruvchilari «pogrom» davomida 480 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi

Qashqadaryoda qurilayotgan Uzneftegaz GTL zavodi ishchilari 21 oktyabr kuni norozilik uyushtirib, qurilish kompaniyalari mol-mulkini talon-toroj qilishgandi. Viloyat IIB tomonidan tergov o‘tkazilib, yetkazilgan zarar o‘rganildi va noroziliklar ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

3 noyabr 2020, 18:13

Ayrim vakolatlarni sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklifi rad etildi

Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.

3 noyabr 2020, 15:25

Past oylik va kadrlar yetishmovchiligi — O‘zgidrometda vaziyat keskinlashmoqda

Gidrometeorologiya xizmati tizimning isloh qilinmayotgani, darhol hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjudligi, xususan, oyliklar pastligi sababli oliy ma’lumotli va ko‘p yillik tajribaga ega xodimlarning boshqa sohalarga o‘tib ketayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zgidrometning vazifasi faqatgina ob-havo ma’lumotlarini berishdan iborat emasligi aytib o‘tildi.

3 noyabr 2020, 12:03

Islomshunos olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi.

3 noyabr 2020, 10:27

Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish yil oxiriga qadar davom etadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to‘xtatilgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilib, izoh berdi.

3 noyabr 2020, 09:23

Davlat va huquq instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beradi.

2 noyabr 2020, 22:52

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi

Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.

2 noyabr 2020, 19:55

Farg‘ona vodiysi yo‘llarida fotovideofiksatsiya qurilmalari (kameralar) ishga tushdi

2 noyabrdan Farg‘ona viloyatida haydovchilarning qoidabuzarligini onlayn tarzda foto va video kameralar orqali aniqlash boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting