Jamiyat

9 noyabr 2020, 13:05

Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilamizmi?

Maktab ta’limiga yangiliklar kiritish taklif etilmoqda: maktab direktorlarini mahalliy deputatlar kengashi roziligi bilan ishga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, universitetga kirishda o‘quvchining maktab davridagi o‘rtacha baholarini hisobga olish fikri ilgari surilmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tahlil qiladi.

9 noyabr 2020, 12:06

Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

Klinik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vaksina maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Rejaga asosan ular 5000 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkaziladi.

9 noyabr 2020, 11:21

Pillachilik qo‘mitasi bir qancha avtomobil, jumladan Chevrolet Tahoe va Malibu xarid qildi

Yangi tashkil etilgan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi davlat xaridlari doirasida 1,5 mlrd so‘mga Chevrolet Tahoe, ikkita Malibu va Lacetti sotib oldi.

9 noyabr 2020, 10:20

Orol dengizining abadiy tarixi — Azamat Matkarimov suratlarida

Azamat Matkarimov Mo‘ynoqqa va qisqarib borayotgan Orol sohillariga ko‘p tashrif buyuradi. U har doim o‘zi bilan kamerani olib, inson va tabiat o‘rtasidagi abadiy munosabatlarni suratga oladi.

8 noyabr 2020, 18:33

Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi.

8 noyabr 2020, 16:33

Qashqadaryoda pandemiya davrida vafot etgan tibbiyot xodimlari shaxsi oshkor qilindi

Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.

7 noyabr 2020, 20:23

Qoraqalpog‘istonda shahar va ikkita tumanga hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim vazifasini bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev, Qorao‘zak tumani hokimi etib Uzaqbergen Utambetov va Chimboy tumani hokimi lavozimiga Aybek Tajetdinov tayinlandi.

7 noyabr 2020, 16:01

Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Dang‘ara tumani soliq inspektori 22 ta soxta firma ochgan

Bosh prokuror Dang‘ara tumani davlat soliq inspektori 22 ta soxta firma ochib, 268 mlrd so‘mni naqdlashtirganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 nafar soliq xodimi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

7 noyabr 2020, 13:42

Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ortiq mablag‘ topildi

Bosh prokuror «Ark Buloq» bojxona postining sobiq rahbari hibsga olinganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, mansabdorning uyida tintuv o‘tkazilganda, 311 ming dollar naqd pul topilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, u «Tashkent City» da ikkita uy va noturar joy, Captiva sotib olib, uy qurgan.

7 noyabr 2020, 13:18

Bosh prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi bir qator korrupsiya jinoyatlarida, shu jumladan AQSHda yashirinayotgan shaxs bilan til biriktirishda ayblanmoqda. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida turli banklarning 166 mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.

7 noyabr 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: foydali nonushtalar

Har kimning ta’biga mos keladigan foydali va mazali nonushtalar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

6 noyabr 2020, 17:49

O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga 161 ta televizor to‘g‘ri keladi

Oxirgi 10 yil ichida aholining televizorlar bilan ta’minganligi deyarli 1,2 baravarga, yengil avtomobillar bilan ta’minlanganligi 2 baravardan ko‘proqqa oshgan. Yanvar-sentyabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga 161 ta televizor, 48 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

6 noyabr 2020, 17:17

Elektroskuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy bo‘ldi

Hukumat qaroriga binoan, tezligi soatiga 40 va undan yuqori bo‘lgan elektromobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxatga elektromototsikllar va elektroskuterlar ham kiritilgan.

6 noyabr 2020, 16:21

Yunusobod tumanidagi YTH natijasida 16 yoshli bola vafot etdi

Toshkent shahrida «Nexia-3» va «Spark» mashinalarining to‘qnashuvi natijasida voyaga yetmagan 16 yoshli mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

6 noyabr 2020, 16:09

9 oy davomida kuzatilgan o‘lim holatlari statistikasi e’lon qilinmadi

So‘nggi yillarda birinchi marta Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotga o‘lim holatlari statistikasini kiritmadi. Qo‘mita Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bermaganligi haqida ma’lum qildi. Avvalroq «Gazeta.uz» koronavirus pandemiyasi sababli vafot etganlar soni iyul oyida mamlakatda 26,4 foizga, Toshkentda esa 2,6 martaga oshganini yozgan edi.

6 noyabr 2020, 14:06

«Onlayn maktab» doirasida amerikalik mutaxassis ingliz tilidan dars o‘tadi

«Onlayn maktab» doirasidagi yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini o‘tishga AQSHlik mutaxassis jalb etildi. XTVning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, xorijdan yana boshqa o‘qituvchilar ham jalb etilishi kutilmoqda.

6 noyabr 2020, 14:03

Yakshanba kuni havo salqinlashadi

Noyabr oyining birinchi haftasidagi iliq harorat hafta so‘ngida havoning salqinlashishi bilan yakunlanadi. Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda va harorat pasayishni boshlaydi. Keyingi haftaning boshida kunduzi havo harorati 10−15 daraja bo‘ladi.

6 noyabr 2020, 13:03

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishi sezildi

Epimarkazi Qirg‘iziston bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Zilzila kuchi Farg‘onada 5 ballni, Toshkentda 2 ballni tashkil etdi.

6 noyabr 2020, 12:42

Haydovchilar istalgan harf kombinatsiyalari bilan «chiroyli» raqamlarni sotib olishi mumkin

Avtomobil raqamlarining 1−3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin. Bunday raqamlarning boshlang‘ich narxi Toshkent shahrida 300 dan 900 BHMgacha, boshqa hududlarda 200 dan 500 BHMgacha bo‘ladi. 6 oy ichida sotilmagan «chiroyli» raqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi.

6 noyabr 2020, 11:53

«Milliy gvardiya» harbiy kiyimini kiyib, zo‘ravonlik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida bir guruh fuqarolar «Milliy gvardiya» harbiy kiyimini kiyib, qurollangan holda yo‘lda ketayotgan shaxsga zo‘rlik ishlatgan. Bosqinchilik qilgan shaxslar voqea joyida qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting