Jamiyat

29 dekabr 2019, 09:00

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi va unga Samarqanddagi 8- notarial idora notariusi Dilshod Ashurov rais etib saylandi.

29 dekabr 2019, 01:23

Nafosat Ollashukurova ozod qilindi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Nafosat Ollashukurova ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilganini ma’lum qildi. AOKA ushbu xabarni tasdiqladi.

28 dekabr 2019, 20:43

Kamerunliklarga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi

340 ming dollar miqdoridagi firibgarlik va soxta pullarni sotganlikda gumonlanayotgan besh nafar Kamerun fuqarosiga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi.

28 dekabr 2019, 20:17

Sog‘liqni saqlash vazirligi: 2020-yil tizimda korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘ladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilni tizimda korrupsiyaga qarshi kurash yili, deya e’lon qildi. So‘nggi ikki yilda tizimda 500 nafardan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ularning 114 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan.

28 dekabr 2019, 09:39

Yangi yilda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q

Ortda qolayotgan yilning so‘nggi kunlarida havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi, biroq bayramda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q.

27 dekabr 2019, 15:51

Qo‘qonda avtobus ag‘darilib qoldi

Farg‘ona viloyatida avtobus ishtirokida yana bir YTH sodir bo‘ldi. Unda 20 kishi bo‘lgan, 10 kishi tibbiy yordamga murojaat qildi, qurbonlar yo‘q.

27 dekabr 2019, 11:17

MTV yil sarhisobni qildi

Yil oxiriga kelib bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 52 foizga, o‘qituvchilar soni esa 90 ming nafarga yetdi.

27 dekabr 2019, 10:20

Farg‘ona viloyatidagi avtoavariyada 4 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida ikkita Nexia avtomobili Isuzi avtobusi bilan to‘qnashdi, yengil avtomobillardan birining to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

26 dekabr 2019, 17:03

«Sardor» filmining 4-fasli suratga olinadi

Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati!» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida axborot berildi.

26 dekabr 2019, 16:50

Toshkentda Abdulla Qodiriy muzeyi ochildi

Prezident Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldida ijod maktabi va muzeyga tashrif buyurdi. Boqqa kiraverishda haykal o‘rnatildi.

26 dekabr 2019, 15:37

«Yandeks» Toshkentda yil davomida tirbandliklar qanday o‘zgarganini ma’lum qildi

«Yandeks» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi tirbandliklarning o‘rtacha bali yil davomida avgustdagi 4,5 dan aprelda 5,8 gacha atrofida bo‘ldi. Noyabr oyi oxiridagi ertalabki yaxmalak 9 ballik tirbandlikni keltirib chiqardi.

26 dekabr 2019, 15:19

Shifokorlar tibbiy gips o‘rniga qurilish gipsidan foydalangani ma’lum qilindi

Ikki yil davomida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy gips o‘rniga 351 tonna qurilish gipsi ishlatilgan, dedi bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

26 dekabr 2019, 11:56

Prezident grant mablag‘larini jalb qilish sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat mexanizmlarini yo‘qligini tanqid qilib, ular samaradorligini baholashning yangi tizimini yaratish vazifasini qo‘ydi.

25 dekabr 2019, 12:51

Toshkentda Yangi yil tadbirlari qayerlarda bo‘lib o‘tadi?

Yangi yil munosabati bilan Toshkentning 14 joyida bayram sayllari o‘tkaziladi.

25 dekabr 2019, 12:13

Yunusobod metro yo‘nalishi «jadvalga muvofiq» foydalanishga topshiriladi

Yunusobod metrosining ikkinchi bosqichi yil oxirigacha emas, balki «loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq» foydalanishga topshiriladi.

25 dekabr 2019, 11:45

Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik talabalarning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

25 dekabr 2019, 10:57

BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi

BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik vizasiz rejim belgilandi.

24 dekabr 2019, 23:05

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning Toshkentdagi konserti yuzasidan izoh berdi

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning Toshkentdagi konsertida raqqosalarning kiyinishi yuzasidan izoh berdi.

24 dekabr 2019, 20:04

Mudofaa vazirligi harbiylari murakkab tog‘li hududlarda amaliy mashqlarni o‘tkazishdi

Harbiy xizmatchilar «Forish» tog‘ dala-o‘quv maydonida murakkab va harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda jangovor vazifani bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

24 dekabr 2019, 19:59

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi — 3-qism

Elektron mehnat daftarchasi, avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lash tizimi, «yagona milliy mehnat tizimi», bekor qilinayotgan talablar va boshqalar. 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting