Jamiyat

4 sentabr 2020, 13:01

So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi

«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.

4 sentabr 2020, 11:35

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Prezident sud hokimiyati organlarining faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqladi. Yil oxiriga qadar sud majlislarida qatnashish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021 yildan boshlab barcha sudlardagi majlislarni audioyozuvga yozib olish mumkin bo‘ladi.

4 sentabr 2020, 11:03

Haydovchining rulda uxlab qolishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatida Matiz rusumli avtomobil haydovchisining boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarshisida kelayotgan Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi voqea joyida vafot etdi.

4 sentabr 2020, 10:43

Nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi

O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat beriladi. Bundan tashqari, FHDYO xodimlari oylik ish haqlari o‘rta hisobda 3 baravarga oshishi kutilmoqda.

3 sentabr 2020, 20:34

Bir yoshli chaqalog‘ini sotayotgan ona qo‘lga olindi

Farg‘onada bir yoshli farzandini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.

3 sentabr 2020, 19:01

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha aniq statistika yuritiladi

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida gender statistik ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bunday ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.

3 sentabr 2020, 16:43

Namanganda ota va qiz YTHda halok bo‘lishdi

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida erkak va uning uch yashar qizi voqea joyida vafot etishdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

3 sentabr 2020, 14:41

Bolalarda «Kavasaki sindromi» kuzatilayotgani haqida ma’lumot berildi

Rivojlangan davlatlar, shuningdek, Rossiya va Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu kasallik belgilari kuzatilgani inkor etilmadi.

3 sentabr 2020, 13:11

AQSH O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi

AQSH O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,6 mln dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi. Ular mintaqaviy iqlimni hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.

3 sentabr 2020, 11:20

Andijonda olib qochilgan Nexia ariqdan topildi

Andijonda uy oldidan olib qochilgan Nexia ariqdan topildi. Mazkur jinoyatni 26 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

3 sentabr 2020, 10:54

Imtihonlarning birinchi kunida isitmasi bor 4 abituriyent testga kiritilmadi

OTMlarga qabul uchun imtihonlarning birinchi kuni 4 nafar abituriyent isitmasi borligi uchun testga kiritilmadi. 59 nafar talabalikka nomzod esa noqonuniy harakatlari uchun test sinovidan chetlashtirildi.

2 sentabr 2020, 23:55

Bloger Haydarjon Bobohaydarov ozod qilindi

Bosh prokuratura So‘x tumanidagi tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan Haydarjon Bobohaydarovning (bloger Dadaxon Haydarov) ozod qilingani haqida xabar berdi. U bilan yana bir gumonlanuvchi — Dilmurod Mahbubov ham ozod qilingan.

2 sentabr 2020, 22:40

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi

Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.

2 sentabr 2020, 19:44

Hafta oxiriga borib havo salqinlashadi

Hafta oxiriga borib salqinroq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25…+30 darajani tashkil etadi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

2 sentabr 2020, 19:29

Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan boshlanadi

OTMlarning birinchi bosqich talabalari uchun mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi. Ta’lim shakli haqida hozircha xabar qilinmadi.

2 sentabr 2020, 17:40

Maktablarga dezinfeksiya vositalarini hokimliklar yetkazib beradi, o‘qituvchilar emas — XTV

O‘qituvchilar maktablar uchun dezinfeksiya vositalarini sotib olmasliklari kerak, ular mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi.

2 sentabr 2020, 16:26

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin

Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

2 sentabr 2020, 11:41

Magistraturaga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Respublika OTMlarining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.

2 sentabr 2020, 11:28

Kattaqo‘rg‘on prokurori koronavirusdan vafot etdi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.

1 sentabr 2020, 20:09

O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya ikkinchi, Belarus harbiylari esa uchinchi o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting