Jamiyat

12 sentabr 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: kotlet va garnirlar

Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

11 sentabr 2020, 22:57

Yoshlar an’anaviy giyohvand moddalar o‘rniga psixotrop tabletkalarni iste’mol qilishga o‘tmoqda

O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.

11 sentabr 2020, 19:19

Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi erkaklar va amaldorlarga qaraganda tezkor va shiddatliroq — Saida Mirziyoyeva

“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.

11 sentabr 2020, 18:02

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar tiklandi

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

11 sentabr 2020, 17:22

Mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berildi

Bosh prokuratura mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berdi. Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilandi.

11 sentabr 2020, 13:56

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

11 sentabr 2020, 13:35

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27−32 daraja atrofida bo‘ladi.

11 sentabr 2020, 12:49

Torg‘oq qushlari yana O‘zbekistonga uchib keldi

Sentyabr oyining boshidan beri Qashqadaryodagi Talimarjon suv ombori hududida har kuni 2000 dan ortiq torg‘oq qushlarini kuzatish mumkin. Ular — butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan dunyodagi eng noyob qushlardandir. O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati mavsumiy qushlar qo‘riqxonasini yaratish zarurligini ta’kidlamoqda.

11 sentabr 2020, 11:41

San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat komissiyasi yaponiyalik arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasini tasdiqladi. Muzeyga ajratilgan qo‘shimcha hududda yangi ko‘rgazma galereyasi quriladi. Mavjud binoning tomida esa yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy — yashil terrasa barpo etiladi.

11 sentabr 2020, 11:17

Bolalar bog‘chalari 14 sentyabrdan ochiladi

Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.

10 sentabr 2020, 23:27

Eri tomonidan tahqirlangan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi ikki xonali uy ajratadi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, «pampers» yedirilgan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratiladi. Shuningdek, ayol salomatligini tiklab olganidan so‘ng ishga joylashtiriladi.

10 sentabr 2020, 21:11

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva 250 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-toroj qilish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash ayblari bilan qamoqqa olindi. U Chirchiqdagi go‘zallik salonida qo‘lga olindi. Avgustda u shifoxona uchun uskunalar hamda tibbiy xodimlar uchun mukofot pullari berilmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

10 sentabr 2020, 18:28

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi

«Jinoyat qilgan odamning dinga bo‘lgan munosabati har qanday holatda ham oldingi sahnaga olib chiqilmaslik kerak» — Musulmonlar idorasi Qur’oni karim ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqdagi xabarlarda tilga olingan «imom-xatib», «mulla» so‘zlari «shaxs», deb qayta tahrir qilindi.

10 sentabr 2020, 15:31

Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko uchrashuvida Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

10 sentabr 2020, 15:01

Ikki erkakni do‘pposlagan namanganlik qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytdi

Namangan viloyatida ikki erkakni do‘pposlagan qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytmoqda. Qizning ma’lum qilishicha, erkaklar uni masxaralab, onasini so‘kkan.

10 sentabr 2020, 09:34

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.

9 sentabr 2020, 23:44

UZIMEI tizimidan noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh fosh etildi

Bojxonachilar mobil qurilmalarni UZIMEI tizimidan noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhni fosh etishdi. Guruh a’zolaridan biri qo‘shni respublikada fuqarolarning pasportlarini telefon yordamida rasmga tushirib, har bir pasport uchun 5 dollardan haq olgan.

9 sentabr 2020, 18:00

Yangi metro bekatlariga fotonigoh: navigatsiya va shahar bilan bog‘lanish

19 yil ichida birinchi marta Toshkentda to‘qqizta yangi metro bekati foydalanishga topshirildi. Ular shahar bilan qay darajada bog‘liq, o‘tish yo‘laklarida qanday qilib adashmaslik mumkin, nima uchun yerosti metrosi liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun noqulayligicha qoldi va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qiladi — «Gazeta.uz» fototahlilida.

9 sentabr 2020, 17:48

Farg‘onada 6 yashar qiz yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etdi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Gaz-53» rusumli yuk avtomobili 6 yashar qizni urib yubordi. Qiz tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.

9 sentabr 2020, 16:26

Toshkentda sovuq suv o‘chirilishi kutilmoqda

14 sentyabrdan boshlab Toshkent suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi sabab sovuq suv o‘chirilishi va suv quvurlari tizimida bosimning kamayishi kuzatiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting