Jamiyat

27 yanvar 2020, 19:48

Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda

Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.

27 yanvar 2020, 15:58

«Tanho qayiq» Orol fojiasidan ham ortiq muammolar haqida ishlangan film — «O‘zbekkino»

Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa qayiqsoz va uning dengiz fojiasi haqida film suratga olindi. Unga Nozim To‘laxo‘jayev rejissyorlik qilgan.

27 yanvar 2020, 15:30

Toshkentda bir kun ichida fuqarolardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi

Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi.

27 yanvar 2020, 14:40

Hafta o‘rtasiga borib havo ancha iliydi

Hafta davomida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havoning ancha ilishi kutilmoqda, kechasi sovuq tushadi, kunduzi esa harorat +7… +12 darajani tashkil etadi.

27 yanvar 2020, 14:32

O‘zbekiston aholisi bir yil ichida 650,3 ming kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2019 yil davomida 650,3 ming kishi yoki 2 foizga ko‘payib, 33,9 million kishiga yetdi.

27 yanvar 2020, 13:03

Sog‘liqni saqlash vaziri chet elga chiqmaslikni tavsiya qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus infeksiyasi sababli Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi.

27 yanvar 2020, 12:21

Harbiy okrug qo‘shinlarida jangovor shaylik to‘satdan tekshirildi

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligida qo‘shinlar jangovar shayligi to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazildi.

27 yanvar 2020, 12:10

Elektron mehnat daftarchalari joriy etilishi boshlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi mehnat shartnomalarini YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi boshlandi.

27 yanvar 2020, 12:07

Chiroqchida IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs tergov payti vafot etdi. Prokuratura IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

26 yanvar 2020, 22:41

«Hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan haydovchi ishdan bo‘shatildi

«Hokim topshirig‘i bilan yurgan» hamda jurnalistga o‘shqirgan shaxs ishdan bo‘shatildi. Mutasaddilar masalaga oydinlik kiritdi.

26 yanvar 2020, 21:05

Jizzax viloyatida uch aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzax viloyatida 8, 12 va 14 yoshdagi uch aka-uka is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi, ularning onalari kasalxonaga yotqizildi.

26 yanvar 2020, 14:51

Tomskda halok bo‘lgan 10 kishining jasadi O‘zbekistonga yetkazildi

Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga yetkazildi. Marhumlar ishlagan «Grinvud» o‘rmon kesish kompaniyasi direktori esa qo‘lga olindi.

25 yanvar 2020, 14:31

Foto: Milliy bog‘ qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Milliy bog‘ hududida attraksionlar, Misr piramidalari ko‘rinishidagi kinoteatr va 20 metr tunnelli okeanariumni o‘z ichiga olgan Magic City oilaviy bog‘ qurilmoqda. Ochilish sentyabrga mo‘ljallangan. «Gazeta.uz» muxbiri loyiha taqdimotida ishtirok etdi.

25 yanvar 2020, 13:35

Institut yotoqxonasini jihozlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Navoiy davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,7 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi.

24 yanvar 2020, 22:07

Toshkentdagi uchta gavjum ko‘cha rekonstruksiya qilinadi

Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li, Ahmad Donish va Yangi Sirg‘ali ko‘chalari bu yil rekonstruksiya qilinadi. Birinchi ikkita ko‘chada velosiped va piyodalar yo‘laklari barpo etiladi.

24 yanvar 2020, 21:45

Oliy ta’limda 3 yil o‘qish joriy etiladigan yo‘nalishlar ma’lum

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishi o‘qish davri kamayishini aytgandi. Ushbu yangilik qaysi yo‘nalishlarga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.

24 yanvar 2020, 21:41

Institut xonasida zilzila paytida shift tushib ketdi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv xonalaridan birida zilzila paytida shift tushib ketgan. Qurilish vazirligi holat yuzasidan axborot berdi.

24 yanvar 2020, 21:34

Navoiy bepul Wi-Fi bilan qoplanadi

Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.

24 yanvar 2020, 19:12

Xayrulla Sa’diyev yangi lavozimga tayinlandi

Aktyor Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. U «5-studiya» bilan mehnat faoliyatini davom ettiradi.

24 yanvar 2020, 17:42

Buxoro va Xiva o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi qayta tiklanadi

Mart oyidan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi. Safar besh soat davom etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting