Jamiyat

17 avgust 2019, 17:59

«KUN.UZ» xodimlari va hokim o‘rinbosari o‘rtasida yuz bergan holat prokuratura tomonidan tekshirilmoqda

Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari A.Vahabov hamda «KUN.UZ» nashri xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

17 avgust 2019, 11:54

O‘zbekiston SSV bosh toksikologi va gematologi Samaraga uchib ketdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh toksikologi va bosh gematologi iyulda zaharlangan 48 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatish uchun Samaraga uchib ketdi.

17 avgust 2019, 09:06

Davolanish bepul bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Tibbiy yordam davlat byudjeti hisobidan ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatiga 131 turdagi xastaliklar kiritildi.

17 avgust 2019, 08:37

Vazirlar Mahkamasi xodimi murojaatchi bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatildi

Vazirlar Mahkamasi xodimi o‘zini tadbirkor sifatida tanishtirgan murojaatchi bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatildi.

16 avgust 2019, 21:37

Oqqo‘rg‘on markaziy dehqon bozorida yoymachi ayollar bilan yuzaga kelgan vaziyatga izoh berildi

Oqqo‘rg‘on tumani markaziy dehqon bozorida yoymachi ayollar savdo majmuasi qurilishiga qarshilik ko‘rsatib, yangi qurilgan devorni buzib tashladi. Toshkent viloyati hokimligi mazkur vaziyatga izoh berdi.

16 avgust 2019, 20:40

To‘rt nafar zaharlangan o‘zbekistonlik Samaradan Moskvaga olib kelindi

Og‘ir holatdagi to‘rt nafar zaharlangan o‘zbekistonlik gematologik markazida davolanishni davom ettirish uchun Rossiya FVVning maxsus samolyotida Samaradan Moskvaga olib kelindi.

16 avgust 2019, 18:04

Davlat xizmatchilari uchun majburiy kasb etikasi kurslarini joriy etish taklif qilinmoqda

Boshqaruv lavozimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat xizmatchilari uchun majburiy kasb etikasi kursini joriy etish taklif qilinmoqda.

16 avgust 2019, 18:00

Armi-2019. O‘zbekistonlik harbiylar Hindistonda o‘tkazilgan musobaqada yettita nominatsiyada g‘olib bo‘ldi

Hindistonning Jaysalmer shahri markaziy stadionida «Armi-2019» xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar sovrindor bo‘ldi.

16 avgust 2019, 17:34

68 000 AQSH dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

Xitoydan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib, 68000 AQSH dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.

16 avgust 2019, 16:05

O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Elbursni, harbiy razvedkachilar esa Tar cho‘lini zabt etdi

O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisini zabt etdi, qo‘shin razvedkachilari esa Hindistonningda o‘tkazilgan tanlovda ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

16 avgust 2019, 13:13

IIV mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirar ekan, ish vaqtida mahkumlardan birining qochib ketganini ma’lum qildi.

16 avgust 2019, 12:41

AQSHda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi IDga yordam berganini tan oldi

AQSHda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Rahmatov «Islom davlati"ga moddiy yordam ko‘rsatishda aybdor ekanini tan oldi.

16 avgust 2019, 12:28

Samarqand viloyati IIB YHXB oqdaryolik deputatning radarlar buzib olib ketilgani borasidagi murojaatiga javob berdi

Deputat To‘lqin Homidovning «Oqdaryoda radarlarni YHX xodimlari nega buzib olib ketishdi?» mavzusida maqolasiga Samarqand viloyati IIB YHXB javob berdi.

16 avgust 2019, 12:24

Sirdaryoda turistik axborot markazlari ochilmoqda

Guliston shahridagi «Bookcafe"da Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan axborot markazlari tashkil etildi.

16 avgust 2019, 11:21

Mirobod tumanida qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar yuzasidan IIV rasmiy xabar berdi

Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali ko‘ringan bir necha qog‘oz qutilari bo‘sh ekanligi ma’lum bo‘ldi.

16 avgust 2019, 11:05

Mustaqillik bayrami arafasida chegaralar yopilmaydi, poytaxtga kirish cheklanmaydi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev mustaqillik bayrami arafasida ham, bayram kunlari ham poytaxtga keluvchilarga nisbatan cheklov bo‘lmasligini bildirdi.

15 avgust 2019, 23:41

Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurishga noqonuniy ravishda yer ajratildi

Sherobod tuman hokimi qo‘riqxona hududida mehmonxona qurishi uchun tadbirkorga noqonuniy ravishda yer ajratdi.

15 avgust 2019, 19:47

Dizel yoqilg‘isi saqlanadigan bochkani payvandlamoqchi bo‘lgan shaxs vafot etdi

Quvasoy shahrida yashagan F.M. ustaxonada dizel yoqilg‘isi saqlash uchun mo‘ljallangan bochkani payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgani oqibatida halok bo‘ldi.

15 avgust 2019, 19:17

O‘zbekiston «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritdi

«ArMI-2019» doirasida o‘tkazilgan «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro tanlovi yakunlandi. Unda O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi.

15 avgust 2019, 17:38

Samara viloyatida zaharlangan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi

Samara viloyatida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolaridan biri hayotdan ko‘z yumdi, shifoxonada qolayotgan 48 kishining ahvoli og‘ir.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting