Keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda hukumatning kunduzi “faralar"ni yoqib yurish talabini bekor qilishga oid qarori qabul qilindi. Bunda faqat, oltita holatda — avtobus va yo‘nalishli transportlar, bolalarni tashkiliy tashish, mototsikl, mopedlar va boshqa hollarda “faralar"ni yoqib yurish talab etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy ekani va asoratlari kuzatilmaganini aytdi. “Yakuniy hulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to‘liq, ommaviy emlash yo‘lga qo‘yiladi”, — deya ta’kidladi Inoyatov.
Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Shunga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 30-oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Dam olish kunlari Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi oqibatida Respublikaning shimolida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Barcha joylarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.
17 dekabr kuni jamoat ishiga jalb qilingan va oyligini ololmagan fuqarolar Nukus shahri markaziga chiqqan edi. Mehnat vazirligi ushbu vaziyat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi va mablag‘lar 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab berilishi haqida ma’lum qildi.
19−2 dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, qalin tuman tushishi va ko‘rish masofasining 50 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 ta dializ klinikasi barpo etiladi. Shifoxonalar Hindistonning Nephroplus kompaniyasi tomonidan quriladi.
«Toshkent savdo markazi» (sobiq «Abu Saxiy») majmuasida uka o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi. Ularning har ikkisi ham sudlangan va ishsiz. Uka qidirilmoqda.
Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida — 17-dekabrdan 10-yanvargacha kirish uchun pul to‘lanadi. Kattalar uchun chipta narxi — 10 ming so‘m, bolalar uchun — 5 ming so‘m, yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m etib belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 500 ming to‘plam gidroksixloroxin sotib oldi. Avvalroq JSST ushbu preparatning koronavirusga qarshi kurashda samarasiz ekanini ma’lum qilgan edi.
Ilk bor 1968 yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi. Rossiyalik teleboshlovchi va prodyuser Valdis Pelsh va rejissyor Djanik Fayziyev bilan xalqaro memorandum imzolandi.
Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati u Farrux Rustamovning o‘limida umuman aloqasi yo‘qligini aytganini ma’lum qildi. Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida uning ko‘rsatmasi tinglandi.
Toshkent viloyatida eriga achchiq qilib bolalarini cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan ayol videotasviri bo‘yicha munosabat bildirildi. Ayolni ekologlar to‘xtatib qolgan.
Nukusda yozda, karantin vaqtida jamoat ishlariga jalb qilingan ayollar ish haqlarini ololmagani uchun shahar markazidagi ko‘chani to‘sib qo‘ydi.
YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.
Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.
O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.
Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti kiritildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting